382
Suvning chuqurligi, to‘lqinning o‘rtacha balandligiga va qirg‘oqdan bo‘lgan
oraliq masofasi quduqning to‘rini va burg‘ilash konstruksiyasining asosini aniqlaydi.
Sayoz bo‘lgan konlarni ishlashda – qoziqli asoslardan foydalaniladi: tubiga
qoziqlar qoqiladi, platforma tushaladi, uning ustiga burg‘ilash qurilmalari o‘rnatiladi,
bino joylashtiriladi va h.k.
Dengiz tirkamalari yordamida quduq burg‘ilanadigan
joyga olib kelinadi,
pontonlar asta – sekin suv bilan to‘ldiriladi va 90
0
ga firma buriladi va tubga nisbatan
tik holatga keladi. Undan keyin pontonlar asosdan ajratiladi, undagi suv haydab
chiqariladi, ular suzadi va qirg‘oqqa olib kelinadi.
Burg‘ilash qurilmasining asoslari temir qoziqlar yordamida qo‘shimcha holatda
mustahkamlanadi. Bunday burg‘ilash qurilmasining umumiy balandligi 165
metrgacha
bo‘ladi. Uni to‘lqinlarning balandligi 28 metrgacha va shtormali shamollarning tezligi
210 km/soat bo‘lganda ham ishlatish mumkin.
Xuddi shunday po‘lat asosli burg‘ilash qurilmalari kabi betonli asoslar ham
qo‘llaniladi, tik turuvchi yarim silindrlardan yig‘iladi va oldindan zo‘riqtirilgan
(kuchaytirilgan) betonlardan tayyorlanadi.
Bunday massiv inshootda dengiz tubidagi qoziqlar qo‘llanilganda ham ishonchli
tura oladi. Bunday asosning balandligi 234 metrgacha, massasi esa 250 ming
tonnagacha bo‘ladi. Asosning ichidagi bo‘sh konstruksiyadan
neft omborlari sifatida
foydalanish mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan asosning konstruksiyasi razvedkaviy burg‘ilash
qurilmalari uchun yaroqsizdir, chunki dengizda neftni izlash erkin holatda olib boriladi.
Shuning uchun bunday maqsadlar uchun qo‘zg‘aladigan tayanchli platformalar
yaratilgan. Bunday konstruksiyalar Azarboyjon Respublikasida qo‘llanilgan bo‘lib,
ularga “Apsheron” 1800/15, “Azorboyjon” 3000/20, “Boku” 600/60 kiradi.
“Boku” burg‘ilash qurilmasi yordamida quduqlarni 6000 metrgacha burg‘ilash
mumkin. U to‘rtta tayanchga ega bo‘lib, har birining balandligi 104 m, 60 metr
chuqurga ketadi, platformaning maydoni 2700 m
2
, dengiz sathidan 10-12 metr yuqoriga
ko‘tariladi, elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 4 MVT li 4 ta dizel – generatoriga
ega. Qurilmada burg‘ilash minorasining balandligi 54 metr, ikkita 12,5 tonnadan yuk
ko‘taruvchi kranga ega, ekipajda 50 ta odam xizmat qiladi. (17.5-rasm, b) .
Suv tagida chuqur joylashgan uglevodorodli konlarni istiqbolli o‘zlashtirish
(chuqurligi 600÷900 metr) tayanchlarga tortiladigan platformalar bilan bog‘liq bo‘lib,
dengizning tubiga qoqilgan qoziqlarga quvurlarni bog‘lami yordamida (zanjirlar yoki
troslar) mahkamlanadi hamda boshqa suzub tashuvchi neft kon jihozlariga ham
biriktiriladi. Bunday holatlarda barqaror gidrotexnik inshootlardan farqi dengiz
konlarini jihozlashning bahosi dengizning chuqurligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bunda
inshootning seysmik mustahkamligi oshadi hamda dengizdagi neftgaz koni qisqa
muddatda ishlatishga topshiriladi, QSOT (quduqlarni suv ostida tugallash) fondi
oldindan burg‘ilash platformasi yordamida burg‘ilangan bo‘lishi mumkin; kon
jihozlarini tezlik bilan almashtirib favvora usulidan gazlift usulida qazib olishga o‘tish
mumkin; tayanch tortilgan platformani dengizda boshqa chuqurlikda joylashgan bir
kondan boshqasiga ko‘chirish mumkin; noqulay gidrometrologik
sharoitda joylashgan
rayondan qulay rayonga ko‘chirish mumkin; favqulotdagi vaziyatlar paydo bo‘lganda
o‘z vaqtidan oldin ko‘chirish mumkin. Dengiz konlaridan gaz qazib olishda
383
suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqara oladigan suzuvchi zavodlardan foydalanish
istiqbolli hisoblanadi.
Suv tagida chuqur joylashgan uglevodorodli konlarni istiqbolli o‘zlashtirish
(chuqurligi 600÷900 metr) tayanchlarga tortiladigan platformalar bilan bog‘liq bo‘lib,
dengizning tubiga qoqilgan qoziqlarga quvurlarni bog‘lami yordamida (zanjirlar yoki
troslar) mahkamlanadi hamda boshqa suzub tashuvchi neft kon jihozlariga ham
biriktiriladi.
Bunday holatlarda barqaror gidrotexnik inshootlardan farqi dengiz konlarini
jihozlashning bahosi dengizning chuqurligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bunda inshootning
seysmik mustahkamligi oshadi hamda dengizdagi neftgaz koni qisqa muddatda
ishlatishga topshiriladi, QSOT (quduqlarni suv ostida tugallash) fondi oldindan
burg‘ilash platformasi yordamida burg‘ilangan bo‘lishi mumkin; kon jihozlarini tezlik
bilan almashtirib favvora usulidan gazlift usulida qazib olishga o‘tish mumkin; tayanch
tortilgan platformani dengizda boshqa chuqurlikda joylashgan
bir kondan boshqasiga
ko‘chirish mumkin; noqulay gidrometrologik sharoitda joylashgan rayondan qulay
rayonga ko‘chirish mumkin; favqulotdagi vaziyatlar paydo bo‘lganda o‘z vaqtidan oldin
ko‘chirish mumkin. Dengiz konlaridan gaz qazib olishda suyultirilgan tabiiy gaz ishlab
chiqara oladigan suzuvchi zavodlardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: