O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
 


196 
25.5. Suv haydash yo’li bilan QBST tizimini qo’llanilish texnika va texnologiyasi 
 
Neft va gaz qazib olish tizimida QBSTni amalga oshirish uchun har xil 
texnologik suyuqliklardan (TS) foydalaniladi, qaysiki qatlamga haydash quyidagi 
maqsadlarda kengroq qo’llaniladi: 
1.
neftgaz beraoluvchanlikni kuchaytirish (NGBK); 
2.
quduqlarda yer osti ta’mirlashni olib borishda (QEOT); 
3.
quduqlarni kapital ta’mirlashda (QKT); 
4.
oqimni kelishini jadallashtirishda (OKJ) qatlamda quduqning tubiga ishlov 
berish va suv oqimini chegaralashda (SOCh); 
5.
asfalt smola parafinli yotqiziqlarni chiqarishda (ASPYoCh); 
6.
mineral aralashmalarning yotqiziqlarini parchalashda (MA). 
Texnologik suyuqliklarni ko’p shaklli oblastlarda qo’llanilishining asosiy 
yo’nalishi qatlam bosimini saqlab turish va neftgazberuvchanligini oshirish uchun 
texnologik vositalardan foydalanish hisoblanadi. Bu soha texnologik suyuqliklardan 
foydalanish hajmi bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Neft konlarida texnologik 
suyuqliklardan foydalanishning umumiy hajmi 85-95 % ni tashkil qiladi. 
Yangi neft konlariga samarali suv haydalganda birinchi navbatda neft va gaz 
olishning belgilangan dinamikasini ta’minlaydi, eski konlarda esa bosimni pasayish 
darajasini sekinlashtiradi. 
Qatlam bosimini saqlab turish va neftoluvchanlikni kuchaytirish uchun 
texnologik suyuqliklarni tayyorlash va haydash yirik neftgaz tarmog’ida shakllantiriladi. 
Haydaladigan texnologik suyuqliklarning hajmi qazib olinadigan neftning hajmidagi bir 
necha marta yuqori bo’ladi. 
Texnologik suyuqliklar 
Neft qatlamidagi bosimni saqlab turish maqsadida haydash uchun va neftgaz
beraoluvchanlikni kuchaytirishda har xil moddalarning eritmalari, kompozitsion 
moddalar, ikkilamchi mahsulotlar ko’rinishidagi yoki neft qazib olish jarayonlaridagi 
yirik tonnajli tashlanmalar, neftkimyosi yoki boshqa ishlab chiqarishni individual 
muhitlaridan foydalaniladi. 
Qatlamga haydaladigan hamma texnologik muhitlar ikkita yirik guruhlarga 
bo’linadi, tashishda va haydash sharoitidagi termobarik o’zgarishdagi fazoviy holatning 
almashuvini tavsiflaydi. 
Texnologik barqarorlashgan muhit har qanday sharoitda bir fazolikni saqlaydi, 
rejimsiz holatlarga aralashib ketmaydi. 
Texnologik nobarqaror muhitlar manbadan to qatlamgacha harakatlanganda 
aralashish jarayonida o’zining fazoviy holatini almashtiradi. 
Texnologik barqaror fazolarni qo’llash: 
- yer usti yoki yer osti chuchuk yoki minerallashgan suv manbalaridagi (daryo, 
dengiz, ko’l, qatlam) suvlar shartli ravishda “birlamchi” suv zaxirasiga mansubdir; 
- oqova suvlar (neftdan ajratib olingan suv va qayta haydaladigan); 
- “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suvdagi polimerlarning eritmasi; 
- “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suvdagi SFMlarning eritmasi; 


197 
- suvdagi har xil eritmalar. 
Termobarik va mexanik sharoitlarni ta’sir qilishiga qarab texnologik barqaror 
muhit (TBM)ning guruhi har xil fizik-kimyoviy barqarorlikka ega bo’ladi. Polimerli 
eritmalarning qovushqoqligi tashqi omillarning ta’sirida ko’pincha pasayadi. Ular 
qatlamni egallab olish n
egal
koeffitsientini kuchaytirishdagi asosiy texnologik 
xususiyatlarini yo’qotadi. Eritma tuzilmasini tashqi omillarning ta’sirida parchalanishi 
polimerli eritmalarni hoshiyalardan neftni siquvchanlik sifatini pasaytirishga olib keladi. 
Bunday TBMni qo’llashning yuqori samaradorligiga erishish uchun salbiy omillarni 
o’rnini to’ldiruvchi maxsus choralar oldindan qo’llaniladi. 
Qatlam suvlarining tarkibidagi asosiy tashuvchilarni uchta asosiy komponentlarga 
bo’lish mumkin: 
1)
og’ir uglevodorodlar – OU; 
2)
mexanik aralashmalar – MA; 
3)
temir sulfidi – FeS – zichlikni oshiruvchi asosiy komponent hisoblanadi. 
Texnologik nobarqaror muhitlar neft koni amaliyotida ko’proq SO
2
– uglerod ikki 
oksidi ko’rinishida uchraydi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish