O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 Mexanik aralashmalarning ta’siri 
Haydaladigan mahsulotning tarkibida mexanik aralashmalar mavjud bo‘lsa, 
quduq shtangali nasos qurilmasining ishini jiddiy murakkablashtiradi. Bunda qazib 
olinadigan mahsulotlar chuqurlik nasoslariga tushadi, “silindr-plunjer” bir ikki marta 
harakatlanishida eyilishga olib keladi. Bundan tashqari mahsulotning tarkibida qum 
ko‘p miqdorda bo‘lganda, qumning bir qismi quduqning tubiga o‘tiradi hamda qumli 
tiqinlarni hosil qiladi va mahsuldorlikni pasaytirib yuboradi. Quduqqa qumning 
to‘planishini oldini olish uchun quduqning tubiga maxsus jihoz o‘rnatiladi hamda 
quduqning tubi zonasi maxsus aralashma bilan mustahkamlanadi, qotgandan keyin 
quduqning tubi zonasida mustahkam g‘ovakli va o‘tkazmaydigan muhit paydo bo‘ladi 
hamda quduqqa qumni kirib kelishining oldi olinadi. Quduqning tubi zonasiga ishlov 
berishda qo‘llaniladigan bunday usullar amaliyotda ko‘p qo‘llanilmoqda.
Qum paydo bo‘ladigan quduqlarni ishlatishda qum tutqichli yakorlarni qo‘llash 
orqali amaliyotda ijobiy natijaga erishish mumkin. Qumli yakor chuqurlik nasosining 
suruvchi klapanini tagiga o‘rnatiladi. Harakatlanish tartibi bo‘yicha qum tutqichli yakor 
gravitatsiyali ajratgichlarning turiga mansub bo‘lib, tartibli sxemasi 20.9-rasmda 
keltirilgan. Yakor shartli ravishda to‘g‘ri bo‘lib, quduq mahsuloti korpus (1) va quvur 
(3) oraliq halqasi orqali kirib keladi, suyuqlik fazasi quvur orqali (3) nasosning 
surukchi klapaniga to‘planadi (20.9-rasm, a). 20.9-rasm, b-dagi yakor mahsulot 
tomonga qaratilgan teskari bo‘lib, quduqning mahsuloti quvurga (3) to‘planadi, 
suyuqlik fazasi esa halqali oraliqdan korpus (1) va quvur (3) oralig‘i orqali nasosning 
suruvchi klapaniga (5) to‘planadi. To‘g‘ri turdagi yakorga kiruvchi suyuqlik fazasining 
va quvurga kiruvchi oqimning tezligi qum zarrachalarining cho‘kish tezligidan kichik 
bo‘lishi kerak. Teskari yakorda esa quvurga kiruvchi va halqali fazodagi chiquvchi 
oqimlarning tezligi qumni cho‘kish tezligidan kichik bo‘lishi kerak. Cho‘kuvchi qumlar 
yakorning yig‘uvchi korpusida to‘planganda u yer osti kapital ta’mirlashda quduqning 
ustiga ko‘tarilgandan keyin tozalanadi. Qum tutqichli yakorlar qo‘llanilganda 
quduqning tubi zonasida qum tiqinlarini paydo bo‘lish ehtimolligi kamayadi. Amalda 
qo‘llanilgan qum tutqichli yakorlarning ishi tahlil qilinganda teskari yakorlarning ish 
samaradorligi to‘g‘ri yakorlarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan. 
Quduqning 
tubida qum tiqinlarini paydo bo‘lishini oldini olishning 
texnologiyalaridan biri qazib olinadigan mahsulotning bir qismini quvurning orqa 
halqasi orqali qum paydo bo‘luvchi quduqqa qo‘yiladi. Bunda chuqurlik nasosi 
quduqning tubigacha tushiriladi, “quduq tubi-nasosga kirish” oralig‘ida etarlicha katta 


165 
kirish oqimining katta tezligini hosil qiladi va qum zarrachalarining cho‘kishini oldi 
olinadi. 
Shuni ham belgilash kerakki, quduqni yuvish orqali qum tiqinlarini yuvish 
etarlicha qiyin va qimmat turuvchi jarayon hisoblanadi, qumning zarrachalari neft bilan 
va boshqa qismi parafin bilan qoplangan bo‘ladi hamda quduqni ishlatish davrida to‘liq 
bekitib qo‘yadi va mustahkam tiqinni hosil qiladi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish