42.5-rasm. Dengizda burg‘ilash asoslarining turlari
Qurilma ko‘tarilgan tayanchlari bilan birgalikda (39.5-rasm, v) tirkama
yordamida burg‘ilash joyiga olib kelinadi. Platformadan gidravlik ko‘targichlar
384
yordamida tayanchlar dengizning tubiga tushiriladi. Tayanchlar dengiz tubiga yetib
borgandan so‘ng, platforma suv ustidan kerakli balandlikgacha ko‘tariladi, eng baland
to‘lqinning shtormalarini suvi ham uni ko‘ma olmaydi.
Bunday
qurilmaning
inshootlari
90-100
metr
chuqurlikdagi
suvlarda
o‘rnatilganda tayanchning mustahkamligini va inshootning chidamligini ta’minlash
qiyin bo‘ladi.
Dengizdagi chuqurlik 300 metrgacha bo‘lganda o‘zi yuradigan va o‘zi
yurmaydigan kemalarga montaj qilingan suzuvchi burg‘ilash qurilmalari qo‘llaniladi.
(39.5-rasm, d).
Bunday burg‘ilash qurilmasi boshqa turlarga nisbatan arzon, mobilli lekin yon
tomonlari va yon tomondan tebranish kuchli ta’sir qiladi, keskin obi-havo sharoitida
burg‘ilash ishlarini olib borishning imkoniyati bo‘lmaydi.
Bu qurilmani quduqning ustida ushlab turish to‘rtta – oltita yakorlar yordamida
amalga oshiriladi. Dengizdagi suvning chuqurligi 200 metr bo‘lganda yakor zanjirining
uzunligi 1500 metrga yetadi va quduqning o‘rnatilganligini qayd qilish qiyin bo‘ladi.
Katta chuqurlikdagi yakorlarni qo‘llash samarasiz bo‘lganda dinamik
barqarorlashtiruvchi qurilmalar qo‘llaniladi va uning qo‘zg‘almaslik holati aniq bir
chegaralarda
egarli
vintlarning
tizimi
yordamida
ta’minlanadi.
Bunday
barqarorlashtiruvchi qurilmaga Fransiyaning “Pelikan” kemasi mansub bo‘lib, u
nisbatan tinch suvlarda burg‘ilash ishlarini olib borishga mo‘ljallangan.
Dinamik boshqarish tizimi oltita egarli vintlardan tashkil topgan: bosh egarli vint,
burunli qismida uchta buruvchi qurilmali va ikkita – kemaning cho‘ntakli qismida
yetarli vintlar kuzatuvchi tizimlar yordamida ishga qo‘shiladi, asboblar yordamida
yo‘naltiriladi va dengizning tubiga tushiriladi. Kemaning har qanday harakati
qo‘zg‘almaydigan yo‘nalishga nisbatan zudlik tizimda qayd qilinadi va dvigatelning
nasoslariga mos bo‘lgan signallarni uzatadi va uning yordamida joyiga qaytadi.
Yon tarafdan tebranishlarni kamaytirish uchun suyuqlik sirti erkin tebranish
uchun tinchlantiruvchi sisternalar o‘rnatiladi.
Shtormali kengliklar uchun yarim yuklangan “Diposemi” o‘zi yuradigan qurilma
qo‘llaniladi va dinamik barqarorlashtirilgan (39.5-rasm, f) u aylanali shaklga ega bo‘lib,
uchta pontonni tinch holatda ushlab turadi. Pontonlarga montaj qilingan elektr
dvigatellar maxsus nasadkalarga o‘rnatilgan egarli vintlarni aylantiradi va 360
0
gacha
burilishi mumkin.
Shamolning yo‘nalishini va kuchini hisobga olib vintlarning ishi EHM yordamida
kerakli tomonga boshqariladi. O‘rnatilish massasi 9 ming tonna, ko‘ndalangiga 122 m,
balandligi 46 m, to‘lqinning balandligi 10 metr bo‘lganda borti va yon tomondan
tebranishi 2
0
ni tashkil qiladi, tiklik bo‘yicha u 1,4 metrga siljiydi. Qurilmani
dengizning chuqurligi 1000 metrgacha bo‘lganda burg‘ilashda qo‘llash mumkin.
Burg‘ilash ishlari ananaviy usulda – burg‘ilashlarda, burg‘ilash birikmasi yordamida
olib boriladi. Dengizning tubigacha suvni bekituvchi mustahkamlash quvurining
birikmasi tushiriladi. Burg‘ilash qurilmasini to‘lqin, shamol, suv osti oqimlarining
ta’sirida burg‘ilash tizmasi bilan quduqni bir o‘qda yotishini va burg‘iga beriladigan
kerakli yukni ushlab turishda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi.
385
Do'stlaringiz bilan baham: |