O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


 Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

25.6. Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati 
Qatlam bosimini saqlab turish uchun katta hajmdagi suvdan foydalaniladi. 
Bunday muammolarni hal qilish uchun ishonchli va suvga boy bo’lgan manbalarni 
izlash suvning sifatini asoslash va uni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish talab 
qilinadi. Haydaladigan suvning sarfi ishlatish bosqichlarini aniqlaydi[29] (25.8-rasm). 
Qatlamga haydaladigan suvning manbalari har xil bo’ladi. Hozirgi vaqtda har xil 
manbalardagi suvlardan foydalaniladi: ochiq suv havzalari (daryo, ko’llar, suv 
omborlari, dengizlar); gruntlarni (o’zan tagi va artezian); chuqurlikdagi (quyi va yuqori 
chuqurlikdagi suvlik qatlamlari); oqova suvlardan. 
25.8-rasm. Suyuqlikning olishni nisbiy dinamikasi, suvni haydash, suvning iste’moli V 
va t vaqt bo’yicha neft beraoluvchanlik: 


198 
1, 1 -erigan gaz rejimida neft qazib olish va neft beraoluvchanlik; 2, 2, 3 -mos ravishda 
suv haydashda neft qazib olish, neft beraoluvchanlik va suyuqlikni olish; 4-oqova suvlar 
to’liq qayta berilganda suvga talab; 5-haydaladigan suv sarfi;
Shtrixlar: tik – suv haydab neft qazib olish samarasi; qiya shtrix tejalgan suvlar. 
Grunt suvlari kimyoviy tarkibining har xilligi bilan tavsiflanadi (minerallashishi 
100-200 mg/l), ko’p bo’lmagan miqdorda muallaq zarrachalar ham mavjud bo’ladi. 
Ochiq suv havzalaridagi suvlarning tarkibining sifati bir oz to’g’ri kelmaydi, 
chunki uning tarkibida ko’p miqdorda mexanik aralashmalar (loylar yoki qumlar), 
ayniqsa jala va toshqin, qor erish davrida mexanik aralashmalar ko’payib ketadi va 
loylarni bo’kish xususiyatini kuchaytiradi. 
Chuqur 
joylashgan 
suvlilik 
gorizontlarining 
tarkibi 
yuqori 
darajada 
minerallashgan, shuning uchun qo’shimcha tozalash ishlari amalga oshiriladi. 
Oqova suvlar asosan qatlam suvlaridir. Neft bilan birgalikda qazib olingan, 
chuchuk, neftni tayyorlash qurilmasiga uzatilgan va jala suvlaridan tashkil topgan. Ular 
minerallashgan (15-3000 g/l) va yaxshi neftni siquvchanlik xossasiga ega. Shu bilan 
birgalikda ko’p miqdordagi neft emultsiyasi, mexanik aralashmalar hamda uglerod 
oksidi (SO
2
) va oltingugurt (S) bo’ladi. 
Suv manbalari asosan suvni tayyorlashning texnologiyasini hisobga olib texnik 
iqtisodiy ma’lumotlar tahlil qilib tanlanadi. 
Xuddi shunday texnologiya asosida “Muborakneftgaz” UShKga qarashli 
Ko’kdumaloq, Kruk va hakozo konlariga haydaladigan suvlar “Devxona” ko’lidan olib 
beriladi va tozalash jarayoni amalga oshiriladi. 
Qatlamga haydaladigan suvlarga qo’yilgan talablar va ularni almashtirish: 
1)
mahsuldor qatlamning xossasi; 
2)
uning tuzilishi va har xil jinsliligi;
3)
haydaladigan suvning turi; 
4)
konda amalga oshiriladigan masalaning xususiyati. 
Mahsuldor qatlamga haydaladigan suvga qo’yilgan klassik talablar quyidagilar: 
1)
mexanik zarrachalarning tarkibini ko’p bo’lmasligi; 
2)
emulsiyali neftning miqdorini ko’p bo’lmasligi;
3)
naporli va taqsimlovchi quvur uzatmalarga, nasoslarga haydovchi quduqning 
jihozlariga nisbatan korrozion inertlilik. 
4)
suvda oltingugurt, uglerod ikki oksidi, suvdagi jonli organizmlar, jihozlarni 
korroziyasini jadallashtiruvchi mikroorganizmlarni va haydovchi quduqlarni 
qabul qiluvchanligini pasaytirgichilarning mavjud bo’lmasligi. 
Suvda erigan kislorod metallni korroziyalanishini jadallashtiradi va qatlamda 
aerobli bakteriyalarni faol rivojlanishini keltirib chiqaradi. Uglerod ikki oksidi (CO
2

suvning pH ko’rsatgichini pasaytiradi va metalldagi himoyaviy oksidlarning pardalarini 
parchalanishga olib keladi hamda jihozlarni korroziyasini tezlashtiradi. 
Oltingugurt temir bilan reaktsiyalanib, suv bilan chiqib ketadigan qattiq temir 
sulfidni, ikslorod mavjud bo’lganda esa–oltingugurt kislotasini hosil qiladi. U suvda 
kaltsiy sulfat uglevodorodlarini neftning tarkibida uglerod ikki oksidini ajralib tiklanishi 
natijasida va kaltsiy karbonat ko’rinishida paydo bo’ladi. Neft qazib oluvchi 


199 
quduqlarning mahsulotini tarkibida uning mavjud bo’lishi neft qazib oluvchi 
jihozlarning korroziyalanishini kuchaytiradi. 
Qatlamga “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suv haydalgandi tuzning miqdoriga va 
uning tarkibiga jiddiy e’tibor beriladi. Haydaladigan suvning kimyoviy tarkibi qatlam 
sharoitidagi suyuqlikning tarkibi bilan mos kelishi o’zaro taqqoslanadi. Suvdagi mineral 
suvlarning tarkibi va miqdori olti komponentli tahlil asosidagi metodika bo’yicha 
baholanadi: kaltsiy ionlari (Ca
2+
), magniy ionlari (Mg
2+
), natriy ionlarining (Na
2+

ijobiyligi (musbatligi) va salbiy xlor (C
l
2-
), sulfat (

2
4
SO
) va 

3
HSO
ionlari. Ionli tahlil 
suvning zichligini pN va ko’rsatkichlarini aniqlaydi. Bu ionlarning chegaraviy 
qiymatlari har bir ob’ektni ishlash ko’rsatkichlaridan kelib chiqib individual aniqlanadi. 


Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish