O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


 Bir vaqtda suvni alohida haydovchi jihozlarning sxemasi



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

25.2. Bir vaqtda suvni alohida haydovchi jihozlarning sxemasi 
 
Kо‘p qatlamli neft konlarini ishlashda asosiy masalalardan biri qatlamga suv 
haydab qatlamning differensial bosimi saqlab turiladi. Kuchsiz о‘tkazuvchan 
qatlamlarni ishlatishga jalb qilish uchun har bir qatlamda bosimlar farqini alohida 
boshqarish talab qilinadi. 
Qatlam bosimini saqlab turish tajribalari shuni kо‘rsatadiki, ixtiyoriy tartibda 
qatlamlar har xil о‘tkazuvchanlik sharoitiga ega bо‘lganda, har xil bosimda suv 
haydalganda jihozlarning talab qilingan rejimni ta’minlashi kerak; unga haydaladigan
suyuqlikning bosimi bir necha marta farq qiladi, quduqni ta’mirlash NKQni kо‘tarib 
olmasdan amalga oshiriladi, jihozlarning metall sarfi kichik bо‘lishi kerak; quduq 
ichidagi jihozlarni katta bosimda siqishni amalga oshirish hamda har bir qatlamda 
alohida tadqiqot olib borish ta’minlanadi. 
25.1-rasm. 
Ikkita 
qatlamdan 
о‘zgaruvchan 
suyuqlikni 
GPN 
(gidravlik porshenli nasos) yordamida 
olish jihozlarining sxemasi: 
1-ishlangan va qazib olingan suyuqlikni 
otma chizig‘i; 2-gidravlik domkrat; 3-
gazni qisishi; 4-ishchi suyuqlikni uzatish; 
5-GPN ; 6-paker; 7-dum; 8-zonalar 
oralig‘idagi klapan. 
25.2. 
Ikkita 
qatlamga 
bir 
ajratuvchi 
ORZ-2P-5 
turidagi 
ajratuvchi paker yordamida alohida 
suv haydash sxemasi:
1- nasos quvurlari ; 2- kesishishuvchi 
mufta ; 3- paker ; 4- suv quvurlar 
oralig‘idagi kanal ; 5-mustahkamlash 
kolonnasi ; 6- chorbarmoq ; 7- teshik ; 8- 
salnik; 9-yuvuvchi klapan ; 10- uzgartma; 
11- boshmoq . 


189 
Bir quduq orqali ikki qatlamga alohida suv haydash jihozlarida ikki mustaqil 
kanal yordamida har xil bosimda haydash imkoniyatlari kо‘rib chiqiladi. Bosimni 
differensatsiyalash ikkita suv yetkazgichlarni tarmoqli nasos stansiyasiga yaqin 
joylashtirib har xil bosimda (har xil nasoslar) yoki umumiy suv uzatma orqali bosimni 
drossellab quduqning usti qismidan shtuser orqali tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri haydaladi.
Ko’p holatda umumiy suv uzatmadagi bosim yomon о‘tkazuvchan qatlamnikiga 
teng yoki undan katta bо‘ladik. Bosimni drossellash energiyani yо‘qotish bilan bog‘liq 
va energetik tomondan foydasiz. Ikki qatlamga 146 mm.li (ORZ-2P-5) (25.2-rasm) va 
kolonna 168 mm.li (ORZ-2P-6) alohida haydaydigan yer osti jihozlarini 
konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Nasos quvurlari (1) birikmasiga quduqqa maxsus 
konstruksiyali shlips paker (3) tushiriladi. Oddiy tugunlarga qо‘shish uchun pakerda (3) 
chorbarmoq oqimli mufta (4) mavjud, prujinali yuvuvchi klapan (9) va markaziy 
quvurcha (6) va eng pastki uchi salnik orqali (8) о‘tkazilgan. Suvni alohida haydash 
jihozlarda suv yutuvchi qatlamlarning filtrlarini tiklanishi yoki qabul qiluvchanligi 
kuchaytirish uchun davriy ravishda yuviladi. Sxema bо‘yicha yuqorida joylashgan suv 
yutuvchi qatlamga quvurlar oralig‘idagi fazo orqali suv haydaladi, markaziy quvur 
orqali pastki suv yutuvchi qatlamga haydaladi.
Kesishishuvchi muftani (2) kanali orqali yuqori qatlamga haydaladigan suvning 
bosimi, keyin kalta quvur bо‘ylab (6) va paker (3) orqali prujinali likopchali yuvuvchi 
klapanga (9) uzatiladi va yopiladi, suvni quduqning ichi orqali pastki qatlamga oqib 
ketishini oldi olinadi. NKQ orqali haydaladigan suv quvurlar oralig‘i kanali (4) 
markaziy kalta quvur va pakerning asosiy quvuri orqali, undan keyin esa teshik orqali 
(7) pastki qatlamga beriladi. Yuvuvchi kanal orqali yuvuvchi suv NKQga haydaladi. 
Bunday holatda suv NKQ, quvurlar oralig‘i kanali (4) va teshik (7) orqali о‘tadi, pastki 
qatlamning filtrini yuvadi va keyin boshmoq orqali (11) yuvuvchi kanalning (9) tagiga 
tushadi. Agar bosim kanalning (9 ) tagida ustidagiga nisbatan yuqori bо‘lganda, u 
ochiladi va yuvuvchi suvni yuvuvchi kanalga (6) tushishiga yо‘l beradi va keyin 
kesishuvchi muftaning (2) kanallari orqali mustahkamlash kanaliga beriladi. 
Bunda bir vaqtning о‘zida yuqori qatlam qismining filtrini yuvish sodir bо‘ladi. 
Yuvuvchi suv yerning ustiga quvurlar oralig‘idagi kanal orqali chiqariladi. Yuvuvchi 
klapanni ochish uchun mustahkamlash kolonnasining halqali kesimi suv uzatmasidan 
ajratiladi va bosim tushadi. Normal ishlatishda yuvuvchi kanalni yopiq bо‘lishi uchun 
yuqori qatlamga quvurlar oralig‘idagi fazo orqali yuqori bosimda suv haydaladi. 
Bunday holatda klapanning (9) ustidagi bosim uning tagidagi bosimdan yuqori bо‘ladi 
va klapan yopiladi. Agar suv yuqori bosim bilan yuqori qatlamga emas balki pastki 
qatlamga haydalganda quduqqa jihozlarni tushirishdan oldin yuvuvchi klapanning (9) 
korpus buriladi va u uzgartmaga (10) birlashtiriladi. Bunday jamlanmada quduq 
stvolining jihozlari va ikkala qatlamdagi filtrlar quvurlar oralig‘idagi fazo orqali suv 
haydab yuviladi. Ikkala qatlam uchun sarflanadigan suvning miqdori yer ustida 
о‘lchanadi. 
Agar 146 mm.li mustahkamlash kolonna suvni qatlamga haydashda hosil 
bо‘ladigan bosimga qarshi mustahkamlikni ta’minlaganda, 168 mm.li kolonnaning 
parchalanishga mustahkamligi kichik bо‘lganda, haydash faqat past bosimda olib 
boriladi. Diametri 168 mm bо‘lgan mustahkamlash kolonnasini suvning bosimidan 
himoya qilish uchun ikkita ajratuvchi pakerli ORZ-2P-6 konstruksiyasi ishlangan va 


190 
karnaysimon og‘zi pastga qaratilgan. Quduqqa jihozlarni tushirishda manjetlarni 
himoyalash uchun unga oldindan saqlovchi metall kojux kiydiriladi, quduqda jihozlar 
opressovka qilinganda undagi bosim pasaytiriladi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish