O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
 
Gidro porshenli nasoslarning tuzimi yordamida ikki va undan kop qatlamlarni 
ishlatish 


179 
23.2-Rasm. Zolotnik bilan ikki harakatli gidroporshenli nasosning tartibli 
sxemasi: 1-NKQ; 2-otma chiziq; 3-porshen; 4-porshen (plunjer); 5-haydovchi; 6-
suruvchi; 7-fylanma suvli kanal. GPN ni ishini boshqaruvchi eng muhim elementi 
zolotnik qurilmasi (3) hisoblanadi. Uning ishlash harakati xuddi tо‘rt yurishli 
jо‘mrakning harakatiga 46 uxshaydi. Zolotnikning ichki qismi kanallar bilan birgalikda 
90° ga buriladi va ikki holatni egallaydi (rasmda 2.13, uzluksiz va uzlukli chiziqlar bilan 
tasvirlangan). Bunday harakatga qо‘shish (burish) dvigatelning shtoki yordamida 
avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Ishchi suyuqlik NKQ (1) uzatmasi orqali kuch 
nasosi yordamida yerning usti qismidan haydaladi va zolotnikning joylashuv holati 
dvigatel silindrining D yuqori bо‘shlig‘iga tushadi. Bir vaqtda dvigatelning D 
silindrining pastki bо‘shlig‘i zolotnik yordamida otma chiziq (2) bilan tutashtiriladi. 
Ishchi suyuqlikka bosim ta’sir qilganda dvigatel porshenini (3) pastga harakatlanishni 
tugallaydi. Suyuqlik porshenning tagidan zolotnik orqali otma quvur uzatmasiga (2- 
halqa fazosiga) chiqadi. Pastga yurishning oxirida tо‘rt yurishla kran (zolotnik) 
avtomatik ravishda 90° ga buriladi va uning kanallari rasm 2.13 da kо‘rsatilgan uzlukli 
holatni egallaydi. Quvur uzatmadagi (1-NKQ) ishchi suyuqlik zolotnikning yangi 
holatini hisobiga dvigatel D silindrining pastki bо‘shlig‘iga kirishga ruxsat oladi, 
silindrning yuqori bо‘shlig‘idagi qayta ishlanib bо‘lgan suyuqlik otma chiziqqa (2) 
tushadi. Pastki bо‘shliqqa tо‘plangan ishchi suyuqlikning bosimi ta’sirida porshen (3) 
yuqoriga yurishni tugallaydi. Yuqoriga yurishning oxirida dvigatel shtoki bilan 
bog‘langan zolotnik yana qaytadan 90°ga teskari tomonga buriladi va uning kanallari 
yangidan birinchi holatni egallaydi. Buning natijasida dvigatelning yuqori bо‘shlig‘iga 
ishchi suyuqlikni kirib kelishi ta’minlanadi va yurish pastga tomon bо‘ladi. Porshen 
dvigatelining siljish tezligi va uning yurishlar soni ishchi suyuqlikni haydash tezligiga 
bog‘liq bо‘ladi. Suyuqlik kichik tezlikda haydalganda dvigatel porshenining yurishlar 
soni kichik bо‘ladi va teskarisi. Bunda yurishlar soni chegarasiz oshishi mumkin emas. 
Agregatning porshenli guruhlarini inersiyasi, zolotnik va kanallardagi suyuqlik 
yurishlarni bir martaligi bilan limitlanadi va odatda ular 100 dan katta emas. Dvigatel 
shtoki quduq nasosining N (4) porsheni blan qattiq bog‘langan hamda ilgarilanma-
qaytma harakatni amalga oshiradi. Nasosning silindriga ikkala tomonidan bittadan 
haydovchi (5) va suruvchi klapan (6) о‘rnatilgan. Porshen (4) 47 pastga 
harakatlanganda nasos botirilgan chuqurlikdagi bosimi ta’sirida qatlam suyuqligi nasos 
silindrining yuqori bо‘shlig‘iga kirib keladi va aylanma kanal (7) orqali yuqoridagi 
suruvchi klapanga (6) о‘tadi. Qatlam suyuqligi silindrning pastki bо‘shlig‘idan porshen 
(4) pastga harakatlanganda pastki haydovchi (5) klapan orqali quvur uzatmaga (2) 
(halqa fazosiga) siqiladi, u yerda qayta ishlangan ishchi suyuqlik bilan aralashadi. 
Porshen (4) yuqoriga yurganda porshen tagidagi bо‘shliqda pastki suruvchi klapan (6) 
orqali qatlam suyuqligining surilishi sodir bо‘ladi, porshen ustidagi bо‘shliqda 
yuqoridagi haydovchi klapan (5) orqali qatlam suyuqligi quvur uzatmasiga (2) ya’ni 
halqa fazosiga haydaladi. Zolotnik konstruktiv fasonli vtulka kо‘rinishda yasalgan va 
dvigatel shtokiga о‘tiradi, о‘zining silindrida keltiruvchi va olib ketuvchi kanallar orqali 
siljishi mumkin.
Dvigatel shtokining pastki va yuqori qismlarida qisqa oraliq-kanallari mavjud, u 
orqali ishchi suyuqlik silindr zolotnikga tushadi va dvigatel silindri bо‘shlig‘ini quvur 
uzatmalar (1 va 2) bilan tutashtirish uchun fasonli vtulkada aralashadi. Nasosning 


180 
uzatishini ikki karrali harakati tufayli birlamchi harakatli plunjer nasosning uzatishiga 
nisbatan ikki marta kо‘p uzatadi. GPNning bir tomonlama harakatlanuvchi yoki 
differensial turlari mavjud, qatlam suvini nasos yordamida uzatish faqat yuqoriga 
harakat tufayli amalga oshiriladi (rasm 2.14). Ishchi suyuqlik dvigatel porsheni tagidagi 
bо‘shliqqa kanal (6) orqali uzatiladi, keyin esa yopiladigan boshqaruv klapani (5) va 
porshendagi maxsus kanal (7) orqali porshen ustidagi (4) bо‘shliqqa tushadi (rasm 2.14, 
a). Porshenning yuqori (4) qismidagi yuzasi pastki qismidagi yuzasiga nisbatan shtok 
kattaligi birligiga teng katta bо‘ladi. Shuning uchun ta’sir etuvchi kuch pastga nisbatan 
yuqorida katta bо‘lganligi uchun dvigatel porsheni (4) pastga harakatlanadi. U bilan 
birgalikda nasos silindridagi (1) plunjer pastga siljiydi. Plunjerdagi haydovchi klapan 
(2) ochiladi. Eng oxirgi holatida dvigatel porshenining boshqaruvchi klapan (5) ochilib-
yopiladi va kanal (7) yopiladi (rasm 2.14, b). Dvigatelning yuqori bо‘shlig‘i kanalning 
(8) va shtok tanasidagi ichki qismini parmalash orqali nasosning plunjeri ustidagi fazo 
va nasos quvurlaridagi 48 (9) aylanma kanal bо‘yicha tutashadi. Dvigatel porsheni 
tagidagi bosim porshen yuqori tomonga harakatlanmaguncha о‘sadi. Porshen yuqoriga 
harakatlanganda suruvchi klapan (3) ochiladi va nasosning silindri qatlam suyuqligiga 
tо‘ladi. Porshenning eng oxirgi holatida mexanik harakatlanuvchi boshqaruvchi klapan 
yangidan kanalni (7) ochadi va kanalni (8) yopadi. Yurish pastga tomon yо‘naladi. 
GPNning birlik harakatining ishida yer usti qismida ishchi suyuqlikning bosimini kuchli 
pulsatsiyasi kuzatiladi. О‘zi yozuvchi manometr yordamida ishchi suyuqlikning bosimi 
о‘lchanadi va GPNning ishini diagrammasi olinadi. Xuddi shunday amerika firmasi 
“Koub”ning gidroporshenli nasosi “Gidrolift” deyiladi. U 50 dan 137 mm.gacha 
nominal о‘lchamda, yurish uzunligi 1,53 m, haydash unumdorligi 24 dan 2400 m3 
/kun.gacha. GPN larda ishchi suyuqliklarni haydash NKQlar birikmasi orqali amalga 
oshiriladi va uning uchi qismiga GPN agregati joylashtiriladi. Ishlangan ishchi 
suyuqliklarni hamda nasos yordamida haydalgan qatlam suyuqliklarini yer ustiga 
chiqarish uchun birinchi va ikkinchi qatordagi NKQlarning oralig‘idagi halqali fazo 
xizmat qiladi. Shunday qilib GPNlarni ishini ta’minlash uchun ikki qatorli quvurlar 
tushiriladi va ikkita kanal hosil qilinadi. GPNlarni ishlatishda uchta kanalli tizimlari 
mavjud, ishchi suyuqlik kichik diametrli NKQlari orqali beriladi va qatlam suviga 
aralashmasdan ishlangan suyuqlik birinchi va ikkinchi qatorli NKQlarning oralig‘idagi 
halqa fazosi orqali yerning ustiga kо‘tariladi. Qatlam suyuqligi yerning usti qismiga 
ikkinchi va uchinchi qatordagi NKQning oralig‘idagi uchinchi kanal orqali kо‘tariladi. 
Kо‘rinib turibdiki, bunday sxema uch qatorli NKQlari yordamida ishlatiladi. Eng oxirgi 
holatda qatlam suyuqligini yer ustiga kо‘tarilishida ikkinchi qator-NKQning tashqi 
qatori va mustahkamlash kolonnasining oralig‘idagi halqa fazosi xizmat qiladi. Uch 
kanalli sxemaning ikki kanalli sxemaga nisbatan yutug‘i ishchi suyuqlik qatlam 
suvlariga aralashmaydi, u qaytadan tayyorlanmaydi va regeneratsiya qilinmaydi. Uch 
kanalli sxemada ajratish qurilmalari va ishchi suyuqlikni tayyorlash yerning ustida 
sodda sxemada olib boriladi. Uch kanalli sxemaning kamchiligi yopiq tizimdagi 
qurilmaga kо‘p metall sarflanadi va quduq 49 jihozlarining narxi qimmat turadi. 
GPNlarni quduqqa tushirish va о‘rnatish ikki yо‘l orqali amalga oshiriladi: GPNni 
tushirish va NKQga osish, GPNni tushirish va uni ishchi joyiga о‘tqazish uchun NKQ 
orqali suyuqlik bosim ostida (GPNni erkin holda tushirish deyiladi) haydaladi. rasm 
2.15, a va b da GPNni quduqqa о‘rnatish sxemalari keltirilgan. Kichik diametrli NKQga 


181 
(1) (ikkinchi qatordagi quvurlar) GPN (4) osiladi, uning pastki qismida zichlovchi 
element (7) mavjud va katta diametrdagi birinchi qatordagi NKQga (2) burab 
mahkamlangan konussimon о‘tirgichga о‘tqaziladi (rasm 23.1, a).
23.3-rasm. Differensial tipdagi GPN ning prinsipial sxemasi (bir tomonlama harakatli): 
a – yurish pastga, b – yurish yuqoriga. rasm 2.15. Gidroporshenli nasos bilan jihozlanan 
quduqning sxemasi: a – ikki qatorli kо‘targichda; b-bir qatorli kо‘targichda. Quduqqa 
birinchi katta diametrdagi NKQ (birinchi qatordagi quvurlar) tushiriladi, keyin kichik 
diametrdagi NKQga GPN tushiriladi. Ishchi suyuqlik kichik diametrdagi NKQ orqali 
haydaladi. Ishlangan suyuqlik qatlam suyuqligi bilan birgalikda halqa fazosi orqali 
kо‘tariladi.
Rasm 2.16, b da bir quvurli tizim kо‘rsatilgan. Quduqqa oldindan GPN uchun 
konussimon о‘tqazgich paker (6) bilan birgalikda tushiriladi va shlipslarga 50 
mahkamlanadi. Paker о‘rnatilgandan keyin NKQ chiqarib olinadi va pakerga о‘rnatish 
uchun GPN tushiriladi. Ishchi suyuqlik NKQ orqali haydaladi. Ishlangan va qatlam 
suyuqligi halqali fazo orqali qaytariladi. GPNni ta’mirlash uchun NKQga tushirishda 
quduqning ichidan hamma quvurlarni birikmasi chiqarib olinadi. Bu ishlar murakkab 
hisoblanadi va quduqda yer osti ta’mirlash ishlarini olib borishga tо‘g‘ri keladi. Shuning 
uchun hozirgi vaqtda GPNni quduqqa erkin tushirish jarayoini ishlab chiqilgan (rasm 
2.16). Quduqning usti qismiga tо‘rt yurishli kran о‘rnatiladi va NKT orqali suyuqlikni 
haydash, suyuqlikni halqa fazosi orqali chiqishini, halqa fazosi orqali suyuqlikni 
haydash va NKQ orqali chiqishga imkon beradigan-yuqori bosimli qо‘shgich 
о‘rnatiladi.Erkin holatdagi GPN bilan quduq jihozlanganda uning pastki qismiga NKQ 
о‘natiladi. NKQ neft bilan tо‘lgandan keyin tekari klapan ushlab turadi, GNP 
tashlanadi, NKQ orqali haydaladigan suyuq oqimi ta’sirida pastga itariladi. Buunda tо‘rt 
yurishli kran “tushirish-ish” holatiga о‘rnatiladi. Ikkinchi qatordagi NKQning pastki 
qismida kerakli kanalli va zichlovchi halqali maxsus stakan о‘rnatiladi va unga GPN 
о‘tqaziladi. Suyuqliklarni oqib chiqishi uchun GPNning korpusida zichlovchi rezina 
halqa va teshik о‘rnatiladi. GPNning yuqori qismida esa-elastik rezinali porshen-manjet 


182 
о‘rnatilgan, manjetning diametri NKQni ichki diametriga teng. Bundan tashqari 
konussimon tutqich kallak mavjud. NKQ orqali haydaladigan ishchi suyuqlikning 
bosimi ta’sirida GPN stakanga о‘tiradi. Korpusning pastki qismidagi GPNning qabul 
qismi stakanning zichlagichi orqali о‘tadi. GPN joyiga о‘rnatilgandan keyin ishchi 
suyuqlikning bosimi kuchayadi va nasos ishlashni boshlaydi. Nasosni quduqni ichidan 
chiqarib olish uchun tо‘rt g‘ildirakli kran “kо‘tarish” holatiga о‘rnatiladi. Ishchi 
suyuqlik halqali fazo va NKQning oralig‘iga kirib keladi va nasosning zichlovchi 
halqasining tagida bosim hosil qiladi. Aniq bosim ta’sirida GPN о‘tqazish stakanidan 
chiqadi va NKQ bо‘ylab yuqoriga kо‘tariladi (rasm 23.16, a). Nasos tutqich yordamida 
qamrab olingandan keyin (rasm 23.16, b) bir vaqtning о‘zida nasosning dvigatelini 
ajratadi, keyin quduqning usti qismi ochiladi va kо‘prikka chiqarib qо‘yiladi. Erkin 
GPN 51 tushirish va kо‘tarish tezligi ishchi suyuqlikning sarfiga, zichlovchi manjetning 
holatiga bog‘liq bо‘ladi va tushirish juda kichik bosim ostida olib boriladi. Nasosni 
о‘tqazish stakanidan siqib chiqarib olish katta bosim ostida amalga oshiriladi. Erkin 
GPN chuqurligi 2000 m bо‘lgan quduqqa bir kishi tomonidan 2-2,5soat davomida 
tushiriladi. Nasosni tutqich bilan birgalikda quduqdan chiqarib olish qо‘l dastakli chig‘ir 
va kichik tal tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bu kо‘rsatgich erkin GPNning 
afzalligi hisoblanadi. Erkin GPNning korpusini tashqi diametri hamma vaqt NKQning 
ichki diametridan kichik bо‘ladi. Shuning uchun erkin GPN orqali uzatish sarfi nasosga 
nisbatan kichik.
23.4-Rasm. Erkin GPNni quduqdan kо‘tarish sxemasi: a-nasosni kо‘tarish; b-yer 
ustidagi ushlagich bilan qamrash. Suyuqlik bosimi ta’sirida: I-ishchi bosim; II –quduq 
tubi bosimi; III-teskari klapan bilan hosil qilinadigan ortiqcha gidrostatik bosim. 52 
Quduqning usti qismiga nasos dvigatellari о‘rnatiladi, GPNning yuritmasiga va NKQga 
ishchi suyuqlikni haydab beradi. Ba’zida har bir quduqning usti qismiga kuch nasoslar 


183 
guruhli holda о‘rnatiladi. Ulardan eng kuchlisi bir nechta quduqlarga va GPNning 
jihozlariga xizmat qiladi. Amalda kuch beruvchi sifatida uch plunjerli yuqori bosimli tik 
va gorizontal elektr yuritmali-elektr dvigatelli yoki ichki yonuv gaz dvigatelli har xil 
quvvatli nasoslar о‘rnatiladi. Plunjerli nasoslar gilzalar va har xil diametrdagi plunjerlar 
bilan jihozlanadi. Buning yordamida ishchi suyuqlikni uzatishni pog‘onali oraliqda va 
uni bosimini о‘rnatilgan quvvat chegarasida boshqarish amalga oshiriladi. Yer usti 
inshootlarga ajratuvchi qurilmalar, ishchi suyuqlikni qumdan va suvdan tozalash 
jihozlari kiradi. Bunday murakkab agregatlarni ishlatish uchun va juda qisqa kanallar 
orqali haydashni ta’minlaydigan tozalangan ishchi suyuqliklar talab qilinadi. Bunday 
jarayonlarni amalga oshirishda qо‘llaniladigan texnikalarning narxini balandiligi va 
GPN bilan quduqlarni ishlatish amaliyoti murakkab hisoblanadi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish