Ma’ruza №2.
Mavzu: Puxtalik xaqidagi asosiy ma`lumotlar
Reja:
2.1. Puxtalik haqidagi asosiy ma’lumotlar
.
2.2. Tuzuklik. Nosozlik. Ishlash qobiliyati
tushunchalari.
2.1.Puxtalik haqidagi asosiy ma’lumotlar
.
Puxtalik nazariyasi hamma fanlar qatori bir qator tushuncha va ta’riflarga
tayangan bо‘ladi. Puxtalikning asosiy terminologiyasi 13377-75 davlat standarti
bо‘yicha aniqlangan.
Puxtalikning barcha terminlari umumiy tushunchalari bilan birgalikda tо‘rtta
gruppaga bо‘lish mumkin:
- obyektlar;
- hodisa va holatlar;
- xususiyatlar;
- sonli kо‘rsatkichlar.
Obyektlar deganda, belgilangan amaliyotni bajarishga mо‘ljallangan texnik
sitemalarga, mashina va mexanizmlarga va ularning elementlari tushuniladi.
Texnik sistema deganda – belgilangan amaliyotni mustaqil bajarishga
yо‘naltirilgan, о‘zaro birgalikda harakatlanuvchi elementlar tо‘plami tushuniladi.
Element esa – texnik sistemaning bir qismi bо‘lib (detal, uzel, agregat)
muayyan bir amaliyotni bajaradi.
Texnologik mashinalarning puxtaligini о‘rganish jarayonida, mashina va
mexanizmlarni texnik sistema tarzida kо‘rilib, bir qator uzel, agregat va
elementlardan tashkil topganligiga amin bо‘lish mumkin.
Mahsulot deganda – texnik sistema yoki uning elementlari tushuniladi. Har
bir sanoat korxonasi ishlab chiqargan narsa mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun
puxtalik nazariyasi va amaliyotini о‘rganish jarayonining asosiy obyekti bо‘lib
sanoat mahsuloti hisoblanadi.
Mahsulot turlariga qarab kо‘pgina puxtalik kо‘rsatkichlari va darajalari,
ya’ni ta’mirbopligi yoki ta’mirbop emasligi aniqlanadi.
Ta’mirlab bо‘lmaydigan mahsulotlar birinchi bor ishdan chiqqunga qadar
ishlaydi va uni qayta tiklab bо‘lmaydi (lampochka, saqlagich va h.k.).
Ta’mirbop mahsulotlar esa bir necha bor ishdan chiqishiga qaramay
ta’mirlangandan keyin о‘z ish faoliyatini davom ettirish xususiyatiga ega bо‘ladi
(tishli g‘ildiraklar, tirsakli vallar va h.k.).
Hodisa va holatlar. Ushbu gruppadagi tushuncha uch turdagi ta’rifni
ifodalaydi: ishga yaroqlilik, nosozlik (nuqsonlik), ishga yaroqsiz.
Ishga yaroqlilik – bu obyektni shunday holatiki, unda qо‘yilgan hamma
talablari tо‘liq bajargan holda belgilangan topshiriqni normativ-texnik hujjatlarda
kо‘rsatilgan talab darajasida bajarilishi ta’minlanadi.
Texnologik mashina va jixozlarning ishga yaroqliligini baholashda,
ekspluatatsiya jarayonidagi aniq ish sharoitini hisobga olish lozim:
tashqi muhitdagi holat (harorat, namlik, chang-tо‘zon va h.k.);
tezlik rejimi va mashinani smenada ishlash tartibi;
boshqaruvchi personalning kvalifikatsiyasi;
ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ularning sifati.
Texnologik mashinalarning asosiy kо‘rsatkichlari, mehnat unumdorligi va
bajargan ishning sifati orqali belgilanadi.
Buzilmasdan ishlashlikni asosiy kо‘rsatkichi, belgilangan muddatda
kо‘rsatilgan ish hajmini bajarish jarayonida ishdan chiqmaslik ehtimolligini
aniqlaydi;
P(t)q
1
-N
0
/N,
bu yerda N- partiyadagi mashinalar soni; N
0
– t vaqt ichida buzilgan (ishdan
chiqqan) mashinalar soni.
Mashina nuqsonli bо‘lishliligi bilan birga ishga yaroqliligini yо‘qotmasligi
mumkin, lekin transport holatida ishlatilishi mumkin.
Ishga yaroqsizlik holati. Ishga yaroqsizlik holatidagi buzilishlikoqibatida
sodir bо‘ladigan jarayonga aytiladi.
Puxtalik nazariyasining asosiy vazifalaridan biri ishga yaroqsizlik holatlarini
о‘rganish va sabablarini aniqlashdan iborat. Bunday holatlarni tez-tez takrorlanib
turish sabablari ishlash jarayonida kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida
detallarning о‘zgarishi, ekspluataiya rejimini о‘rganish mashinalarni olati va
hokazolar mashinalar puxtaligini va uzoqqa chidamliligini kо‘rsatuvchi omillar
bо‘lib hisoblanadi.
Xususiyat – ushbu holat quyidagi tushunchalarni о‘z ichiga oladi: puxtalik,
chidamlilik, ta’mirboplik va saqlanuvchanlik.
Puxtalik – mashina va mexanizmlar tomonidan berilgan topshiriqni texnik
hujjatlarda kо‘rsatilgan talablar darajasida bajarilishini ta’minlash, texnik xizmat
kо‘rsatish, foydalanish sharoiti, ta’mirlash mumkinligi, saqlanuvchanligi va teran
sportirovka qilishlik mumkinligi va hokazolar orqali belgilanadi.
Puxtalik xususiyati faqat mashinalarni ishlatilish jarayoni orqali aniqlanadi
va texnik xizmat kо‘rsatiladi.
Puxtalik xususiyatlarini aniqlashning fanda quyidagi turlari ma’lum:
puxtalikni hisoblash usuli, mahsulotni loyihalash jarayonida olib
boriladigan hisob-kitob ishlari va sinov ishlari;
texnik puxtalik – berilgan rejimda mahsulotni sinash orqali aniqlanadi;
operativ puxtalik – ta’mirlash ishlariga sarflangan vaqt orqali aniqlanadi;
buzilmasdan ishlashlik deganda mahsulot ishlash qobiliyatini tinimsiz
ma’lum muddatgacha davom ettirilishi yoki ma’lum soatgacha ishlashligi
tushuniladi.
Buzilmasdan ishlashlik tushunchasi mahsulot (mashina va mexanizmlar)
kо‘rsatilgan muddat davomida yoki belgilangan soat davomida buzilmasligi kerak.
Chidamlilik deganda – mashina va mexanizmlarga о‘z vaqtida texnik xizmat
kо‘rsatilishi va ta’mirlanishi talab darajasida olib borilganda ishlash qobiliyatini
oxirgi holatigacha yо‘qotmasligi tushuniladi. Mashina va mexanizmlarning oxirgi
holati normativ-texnik hujjatlarida qayd etilgan bо‘ladi.
Ta’mirboplik – mashina va mexanizmlarni ta’mirbopligi xususiyati
shulardan iboratki , buzilish oqibatlarini oldindan ogohlantirish va buzilish
sabablarini aniqlash bilan birgalikda ularga о‘z vaqtida texnik xizmat kо‘rsatish va
ta’mirlash orqali amalga oshiriladi.
Mashina va mexanizmlarni ta’mirbopligi ekspluatatsion xarakteristikasini
muhim kо‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Mashina va mexanizmlarning ta’mirbopligi
qancha yuqori bо‘lsa, unga sarflanadiganxarajat va vaqt shuncha tejaladi hamda
mashina va mexanizmlarni ishga layoqatsizlik holati shuncha kam bо‘ladi.
Mashina va mexanizmlarni ta’mirbopligi buzilmasdan ishlashlik va
chidamlilik xususiyailari bilan chambarchas bo’liq bо‘lib, qancha kam buzilsa,
shuncha kam sarf xarajat va mehnat qilinadi hamda ishlab chiqarishda uzoq
muddat foydalaniladi.
Sonli kо‘rsatkichlar deganda, mashina va mexanizmlarni bajargan ishlar
hajmi bilan о‘lchanib, ular soatlar va hokazolar bilan aniqlanadi.
Sonli kо‘rsatichlarni hisoblash va nomenklaturasini aniqlash esa mashina va
mexanizmlarni turlari va bajargan ishlari orqali olib boriladi.
Tehnikaning ekspluatatsiya joyida ta’mirlash imkoniyati va iqtisodiy
tomondan maqsadga muvofiqligiga qarab ta’mirlanadigan va ta’mirlanmaydigan
turlarga bo’linadi. Rejali ta’mirlanuvchi qurilmalar ishlash qobilyatining
yo’qotilishi jarayoniga qarab:
1)
Yeyilish va metallning toliqishi natijasida eskiruvchi;
2)
Korroziya natijasida eskiruvchi;
3)
Kombinatsiyali eskiruvchilarga bo’linadi.
Detallarning holati tuzuk (soz), nosoz, ishga yaroqli va ishga yaroqsiz
bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |