AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN OPTIK ULAGICHLAR, OPTIK
ATTENYUATORLARNING XARAKTERISTIKASINI TADQIQ ETISH
6.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Optik tolani optik ulagich bilan ulashda kiritiladigan so‘nish qiymatini
aniqlash va optik attenyuator tomonidan kiritiladigan so‘nishni shakllantirish.
6.3. Nazorat savollari:
6.3.1. Optik ulagichlarning qanday turlarini bilasiz?
Optik ulagich optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini ulash uchun
mo'ljallangan qurilma bo‘lib, undan uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron
modullarni optik kabel tolalari bilan, shuningdek, kabelning qurilish
uzunliklarini bir-biri ulash uchun foydalaniladi. Optik ulagichlarning ikki —
ajralmaydigan
va
ajraladigan
turlari mavjud.
6.3.2. Qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar qaysi
hollarda qo‘llaniladi?
Ajralmaydigan optik ulagichlar kabel tizimlarini doimiy montaj qilish
joylarida qo'llaniladi va bu turdagi ulash optik tolalarni o‘Zaro payvandlash
usuli bilan amalga oshiriladi. Ajraladigan optik ulagichlar (ularni ko'pincha
konnektor
deb ham ataladi) optik aloqa liniyalari komponentalarini ko‘p
martalab ulash/ajratish uchun ishlatiladi.
6.3.3. Shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishini tavsiflang.
7.3-rasmda shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishi ko'rsatilgan. Bu
ulagich foydalanish chog'ida bir-biri bilan ulanadigan ikki — uya va shtir
qismlaridan tarkib topadi. Bu qismlar ulanishdan so‘ng o'zaro gayka
bilan
mustahkamlanadi (rasmda optik ulagich uyali qism ining yuzasidagi rezba va
gayka ko'rsatilmagan).
6.3.4. Optik tolalarni ajralmaydigan ulashning qanday usullarini bilasiz?
Ajralmaydigan optik ulashning keng tarqalgan usullaridan biri shishadan
tayyorlangan nay yordamida ulash hisoblanadi (7.4- rasm). Chizmadan
ko‘rinadiki, ulashning bu usulida ulanadigan optic tolalalar
shisha nay ichiga
ko'ndalang kesimlari hir-biriga zichlashtirilgan holda joylashtirilib, nay va
tolalar o'rtasidagi oraliq kompaund qatlam bilan to‘ldiriladi. Bu turdagi
ulagichlarda kiritiluvchi yo‘qotishlarning qiymati
0,29 dB ni tashkil etadi.
Optik tolalarni silindrsimon ariqchali plastina yordamida ulash usulidan ham
foydalaniladi (7.5-rasm). Bu usulda tayyorlangan ulagichlarda
optik tolalar
uchlarining ko'ndalang kesimlari aniq markazlashtirilib, so‘ng yopishtiriladi
yoki payvandlanadi. Bu turdagi ulagichlarda kiritiluvchi yo'qotishlar sathi 0,5
dB ni tashkil etadi.
6.3.5. Optik attenyuatorlar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
Ayrim hollarda, o'zgarmas sathli yoki raqamli yoxud analog signal
ko‘rinishda mujassamlashgan nurlanish quwatini birmuncha susaytirish
zarurati tug‘iladi. Chunonchi, katta sathh raqamli optik signal qabul qiluvchi
optoelektron modulning asosiy eiementi bo’lgan fotoqabulqilgichning
to‘yinish rejimiga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Analog ko‘rinishli optik
signallarni uzatish chog'ida quvvat sathining haddan tashqari ortib ketishi
fotoqabulqilgich chiqishidagi elektr signali shaklining nochiziqli buzilishlari
va tasvirning yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Ana shunday hollarda optik
nurlanish yoki optik signal quwatini susaytiruvchi passiv elementlar —
attenyuatorlardan foydalaniladi.
6.3.6. Optik attenyuatorlarning qanday turlarini bilasiz?
Ishlash prinsipiga ko‘ra attenyuatorlar so'nish qiymati bo‘yicha o'zgaruvchan
va so‘nish qiymati qayd etilgan (o'zgarmas boMgan) turlarga bo’linadi.
O‘zgaruvchan attenyuatorlar so‘nish qiymatini 0 — 20 dB oraliqgacha
o‘zgartirish imkonini beradi. O ‘zgarmas attenyuatorlarda so‘nish qiymati
ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Bu qiymat 0, 5, 10, 15 yoki 20 dB
ni tashkil etishi mumkin.
6.3.7. Optik attenyuatorlar qanday parametrlar bilan tavsiflanadi?
Attenyuatorlar tomonidan kiritiladigan so‘nish qiymati ±15 foizdan, optik aks
etish sathi esa —40 dB dan ortmasligi kerak. Attenyuatorlarning ishchi
toMqin uzunliklari diapazoni eng ko‘pi bilan 1360 nm dan 1580 nm gachani
va eng kami bilan 1200 nm dan 1480 nm gachani tashkil etishi kerak.
Ularning odatiy ishchi to‘lqin uzunligi 1310 — 1580 nm oraliqda yotadi.
Attenyuatorlarda QMDga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar 0,3 dB
dan yuqori
bo‘lmasligi kerak.