1-Mavzu: Psixodiagnostikaga kirish



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.12.2022
Hajmi1,04 Mb.
#893778
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.mavzu

Maorif sohasi
dagi amaliy ishlar boshqalariga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. 
Ayniqsa, O’zbekistonda Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi qabul qilingandan so’ng
tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari – akademik liseylar va kasb-hunar
kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati joriy etilgan. Shuningdek, Oliy va o’rta maxsus
ta’lim Vazirligining buyrug’iga asosan, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini, ma’naviy muhitni ilmiy-amaliy tadqiq qilish, 
yoshlar ijtimoiy faolligini sosiologik, psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash, 
muammolarni o’z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi, 
ilmiy-metodik yordam ko’rsatuvchi “Ta’lim-tarbiya jarayonini sosiologik, psixologik va
pedagogik qo’llab-quvvatlash xizmati” tashkil etildi. Ular aynan tadbiqiy muammolarni, 
ya’ni talabaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan
tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni
hal qilishga “aralashadi”.


Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi
maxsus soha sifatida

So’nggi yillarda mamlakatimizda psixologik xizmat faoliyatiga aloqador
qiziqishlar ko’lami ortib bormoqda. Shu bois ham yangi “Amaliy
psixologiya” ixtisosligi yuzaga keldi. Bu soha mutaxassislari maktab, 
bog’chalar, konsultasiya markazlari, ishlab chiqarish va tibbiyot
tashkilotlarida faoliyat ko’rsatishmoqda.


Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi
maxsus soha sifatida
Zamonaviy fan psixodiagnostik faoliyat natijalaridan amaliy foydalanishning bir
qator sohalarini ajratib ko’rsatishni taqazo etadi:

Psixodiagnostika ta’lim va tarbiya jarayonini samarali shakllantirish maqsadida
faol qo’llanilmoqda. Uning yordamida ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanadigan kasb
egalari oldida turuvchi mavjud bir necha masalalar hal etilishi mumkin. Masalan, 
bolaning maktabga bo’lgan tayyorgarligini, darsni o’zlashtira olmaslikning
dominant sabablarini aniqlash hamda professional yo’naltirilishdagi
(proforiyentasiya) xizmatlarni tashkil etish kabilar;


Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi
maxsus soha sifatida

Diagnostikaning qo’llanilishi konsultativ markazlarda ish olib boruvchi
mutaxassislarning professional tanlash, professional ta’lim, 
professional yo’naltirilish sohasidagi faoliyatining ajralmas qismi
hisoblanadi. Ushbu faoliyat har bir kishi uchun o’ziga mos
mutaxassislikni tanlashda, professional bilim va ko’nikmalarni egallash
jarayonidagi samarali usullarni topishda hamda yetuk mutaxassis
darajasiga ega bo’lishda muhim ahamiyat kasb etadi;


Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi
maxsus soha sifatida

Psixodiagnostik tadqiqotlar natijalari konsultativ-klinik va
psixoterapevtik faoliyatda qo’llaniladi. Mazkur holatda
psixodiagnostikaning asosiy vazifasi, shaxsdagi muhim
muammolarning yuzaga kelish sabablari (yaqin kishilari bilan
munosabat murakkabligi, qo’rquv hislari)ni aniqlash hamda ularni hal
etish mumkin bo’lgan usullarini izlashdan iborat bo’ladi;


Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi
maxsus soha sifatida

Sud amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlarda psixodiagnostik
jarayonlar qo’llanilishi bilan katta ahamiyatga egadir. Psixodiagnost
aniq va muayyan savollar asosida jabrlanganlar, guvohlar va shubhali
shaxslar ustida tadqiqot olib borib, shaxsning psixofiziologik, aqliy
rivojlanish xususiyatlarini turli sharoitlardagi namoyon bo’lish shakllari
xususida psixologik xulosalar chiqaradi;


Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi
maxsus soha sifatida

Psixodiagnostika har qanday ilmiy psixologik-pedagogik tadqiqotlarda
individual xususiyatlarning shakllanganligini malakali darajada
baholanishni amalga oshiradi. Ya’ni, tadqiqot farazlarida talqin qilinadigan
xususiyatlarning qonuniy o’zgarishlaridir. Masalan, ilmiy psixologik
tadqiqotning muammosi sifatida inson tafakkurini ayrim, ya’ni ba’zi
qonunlarga asosan mavjud bo’lgan va bo’ysunuvchan, yoki ma’lum bir
ravishda turli o’zgaruvchilarga bog’liq bo’ladigan xususiyatlari e’tirof
etilishi mumkin.


Psixodiagnostika va differensial psixologiya

Chet el adabiyotlarida ta’kidlanishicha individual farq nazariyasining muammosi, 
ya’ni maxsus soha tadqiqotlarini ustuvorligi – differensial psixologiyadir.

XIX–XX asrlarda mashhur nemis psixologi bu tushunchani “Psixik funksiya va
uning xossalaridagi mavjud farq” to’g’risidagi fikrni ifodalash uchun kiritgan. 
V.Shtern
davridan beri differensial psixologiya tushunchasida unchalik ko’p narsa
o’zgarmadi. U ayni paytda ham tarqoq holda inson (shaxs) ning psixik holati va
xossasini o’rganish bilan shug’ullanadi
.


Psixodiagnostika va differensial psixologiya

Differensial psixologiya predmetini tashkil etuvchi manbalar to’g’risida
so’z borganda, hamma tadqiqotchilar bir ovozdan test metodi
asoschilari
F.Galton, J.Kettell, A.Bine
va boshqa olimlarning dalillarini
qabul qilishdi. Psixodiagnostika va differensial psixologiya sohalarining
tadqiqotlar mavzusi bir-biriga o’xshash. Lekin soha vakillari ularni:

o’ziga xos farqlikni o’lchashga mo’ljallangan;

farqlashning kelib chiqish sabablarini anglab yetishga qaratilgan sifatida
bo’lib o’rganishadi.

Zamonaviy psixologiyada psixodiagnostikaga “fan va tajriba o’rtasidagi
ko’prik” misoli qaraladi.


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish