Birinchisi,
“Psixodiagnostika” – amaliyotda turli psixodiagnostik usullardan foydalanish mumkin
bo’lgan psixologik bilimlar doirasini ifodalab, u o’z ichiga tashxis jarayonini amalga oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadigan quyidagi qator masalalarni qamrab oladi:
•
Psixologik xususiyatlar tabiati va ularni ilmiy baholash imkoniyatlarining mavjudligi qanday?
•
Psixologik xususiyatlarni aniqlash jarayonida va miqdoriy baholash vaqtdagi umumiy bo’lgan
ilmiy asoslar holati qay tarzda?
•
Hozirgi vaqtda qo’llanila-yotgan psixodiagnostik usul-lar qabul qilingan umum-ilmiy,
metodologik talab-larga qanchalik mos keladi?
•
Psixodiagnostikaning turli usullarigaqo’yiladigan me todologik talablar nimalardan iborat?
•
Amaliy psixodiagnostika, jumladan, tashxis jarayon-larini amalga oshirish sha-roitlariga
qo’yiladigan ta-lablar, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish usullarining ishonchlilik
darajasini asosligi qanday?
•
Psixodagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish va ularni yaratish jarayonlari qanday amalga
oshadi?
Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy
masalalari
•
Ikkinchisi,
“Psixodiagnostika” – psixologik tashxisning amaliy jihati bilan bog’liq
bo’lgan psixologning maxsus faoliyat doirasini o’z ichiga qamrab oladi.
•
Bunda, nafaqat ilmiy, nazariy balki, psixodiagnostikani tashkillashtirish va uni
amalga oshirish jarayoniga aloqador amaliy masalalar yoritiladi. Uning tarkibini:
•
Psixodiagnost sifatida psixolog uchun qo’yiladigan maxsus talablarni aniqlash:
•
O’z faoliyatini malakali tashkil etishda kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalar tartibini
joriy qilish;
•
Psixologning psixodiagnostik metodlarni muvaffaqiyatli va malakali
o’zlashtirilishidagi ayrim amaliy shart-sharoitlarni yaratish hamda ularga rioya
qilish zarurati;
•
Psixodiagnostik doirada faoliyat ko’rsatadigan psixologni amaliy jihatdan
tayyorlash hamda uning kompetentligini baholashda dastur, metod va usullarni
ishlab chiqish masalalari tashkil etadi.
Amaliy psixologiya va uning sohalari
Amaliy psixologiyaning asosiy aspektlari va yo’nalishlari bir-biridan
tubdan farqlanadi va unga quyidagi:
•
psixologik diagnostika;
•
psixologik maslahatlar;
•
psixokorreksiya (psixologik yordam ko’rsatish) bilan bog’liq
texnologiyalarni qo’llashlar kiradi.
Amaliy psixologiya va uning sohalari
Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari:
•
Sanoat va ishlab chiqarish sohasi
. Sanoat va mahsulot ishlab chiqarish
sohasidagi tadbiqiy ishlar mavjud tashkilotda xodimlar zahirasini
to’g’ri va oqilona tashkillashtirishdan tortib, xodimlar ish sharoitlari
hamda mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy
ravishda o’rganishga qaratilgan harakatlar majmuidan iboratdir.
Amaliy psixologiya va uning sohalari
•
Xodimlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi
. Bu a’zolarni ishga jalb
etish jarayonida bilish zarur bo’lgan qobiliyatlar va shaxsiy
fazilatlardan tortib, ularni to’g’ri yo’naltirish, o’z joyiga qo’yish,
tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, ma’lumotlarni o’z vaqtida
yetkazish bilan bog’liq xodimlar siyosatini olib borishga aloqador
xizmatdir. Psixolog bu o’rinda, asosan, maslahatchi – konsultant va
ekspert sifatida rol o’ynaydi.
Amaliy psixologiya va uning sohalari
•
Do'stlaringiz bilan baham: |