210
o`zgartiramiz. Birinchi buttonni “Start” deb, ikkinchi buttonni “Clear” deb
nomlaymiz. Quyidagicha forma oynasi hosil bo`ladi:
Start tugmasining dasturlash qatoriga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender:
TObject); var i:integer; begin
for i:=1 to 100 do begin
gauge1.Progress:=gauge1.Progress+1;
sleep(100
); end;
end;
Clear tugmasining dasturlash qatoriga
quyidagi buyruqlarni
kiritamiz: procedure TForm1.Button2Click(Sender:
TObject); begin
gauge1.Progress:=0;
end;
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Start tugmasi
bosilsa, diagramma to`lib boradi. Clear tugmasi bosilsa esa, pozitsiya nolga tushadi.
Borland Delphi 7 dasturlash muhitida ColorGrid komponentasidan foydalanish.
Ushbu bo`limda ColorGrid komponentasi haqida ma’lumot beramiz. ColorGrid
komponentasi foydalanish mumkin bo`lgan 16 ta rangli jadvalni hosil qiladi.
211
Jadvalda ikki xil rangni FG - ForegroundColor (oldingi rang) va BG -
BackgroundColor (fon rangi) ni tanlash mumkin.
Misol. Forma oynasiga bitta Button, bitta ColorGrid, ikkita Memo komponentasini
joylashtiramiz. Buttonni “Rang” deb nomlaymiz.
Rang tugmasining dasturlash qatoriga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:
procedure
TForm1.Button1Click(Sender:
TObject); begin
Memo1.Color:=colorgrid1.ForegroundColo
r;
Memo2.Color:=colorgrid1.BackgroundCol
or; end;
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Rang
tugmasi bosilsa ColorGridning FG yacheykasidagi rang Memo1 ning rangiga, BG
yacheykasidagi rang Memo 2 ning rangiga o`zgaradi.
Borland Delphi 7 dasturlash muhitida SpinButton komponentasidan foydalanish.
Ushbu bo`limda SpinButton komponentasi haqida ma’lumot beramiz.
SpinButton komponentasi sanagichli tugma hosil qiladi. Komponentda
ikkita Up va
Down tugmalari mavjud.
Misol. Forma oynasiga bitta SpinButton komponentasini joylashtiramiz.
212
SpinButtonning Up tugmasi dasturlash qatoriga quyidagilarni
kiritamiz: procedure TForm1.SpinButton1UpClick(Sender:
TObject); begin
Form1.Height:=Form1.Height+5;
Form1.Width:=Form1.Width+5;
end;
SpinButtonning Down tugmasi dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
procedure
TForm1.SpinButton1DownClick(Sender:
TObject); begin
Form1.Height:=Form1.Height-
5;
Form1.Width:=Form1.Width-5;
end;
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Up tugmasi
bosilsa forma oynasi balandligi va kengligi ortadi.
Down tugmasi bosilsa, forma
oynasi balandligi va kengligi kamayadi.
Borland Delphi 7 dasturlash muhitida SpinEdit komponentasidan foydalanish.
Ushbu bo`limda SpinEdit komponentasi haqida ma’lumot beramiz. SpinEdit
komponentasi tahrirlash maydoni bo`lgan sanagichli tugma hosil qiladi.
Komponentda ikkita Up va Down tugmalari hamda Editga o`xshash maydoni
mavjud. SpenEdit komponentasini SpinButton va
Edit komponentalarining
birlashmasi deyish mumkin.
Komponentning asosiy xususiyatlari:
Do'stlaringiz bilan baham: