Zaharlarni aniqlash usullari.
Kimyoviy usullar
Mikrokristalloskopik tekshiruv
Xromatografik usullar (YuQX, GSX, GelX,
YuSSX, GX-MS, YuSSX-MS)
Mikrodiffuziya usuli
Fotometrik usullar (FEK, UB- va IQ-SF)
Fluorestsentsiya usuli
Biologik usullar
Imunotahlil usullari
Elektrokimyoviy usullar va boshq.
Toksikologik kimyo tahlilida zaharli moddalarni
sinflanishi
Toksikologik tahlilda zaharli va kuchli ta'sir qiluvchi
moddalar kimyo-toksikologik ob'ektdan ajratish
usullariga qarab ayrim guruxlarga bo'linadi.
1. Bioob'ektdan suv bug'i yordamida haydab ajratib
olinadigan zaharli moddalar yoki "uchuvchi zaharlar"
Bu guruxga sianid, sirka kislota, zaharli galogen
birikmalar, spirt, alьdegid, fenollar kiradi.
2. Biob'ektdan nordonlashtirilgan suv va
nordonlashtirilgan spirt usulida (polyarli erituvchilar
yordamida ekstraktsiya qilib) ajratiladigan zaharlar:
Bu guruxga barbituratlar, alkaloidlar va ularni
analoglari va azot saqlovchi sintetik birikmalar kiradi.
3. Biologik ob'ektdan mineralizatsiyalab (ob'ektni
kuydirib) ajratib olinadigan zaharli moddalar. Bu
guruxga og'ir metalllar, margimush va boshqalar
kiradi.
4. Biologik ob'ektga suv qo'yib bo'ktirish yo'li bilan
yoki dializ usulida ajratib olinadigan zaharli
moddalar (mineral kislotalar, ishqorlar, ishqoriy
metall tuzlari).
5. Biologik ob'ektdan organik erituvchilar quyib
qo'yish yo'li bilan ajratiladigan zaharli moddalar
(pestitsidlar, yurak glyukozidlari va boshqalar).
6. O'ziga xos usullar yordamida ajratib olinadigan
moddalar, masalan: to'rt etil qo'rg'oshin (TEQ
fosfidi, rux, ftoridlar).
Kimyo toksikologik tekshiruvda dastlabki tekshiruv olib borish
Hozirgi vaqtda zaharlanishga sabab bo'ladigan moddalar soni
nihoyatda ko'p bo'lganligi tufayli sud kimyosi laboratoriyasiga
tushgan har bir ob'ektni har bir zaharli moddalarga tekshirish juda
ko'p vaqt talab qilgan bo'lar edi. Shuning uchun yuborilgan ob'ektni
iqtisod qilib ishlatish, hamda vaqtni tejash maqsadida sud
kimyogari aniq reja tuzib olishi lozim. Shu maqsad uchun ob'ektni
dastlabki tekshirish katta ahamiyatga molik bo'ladi.
Dastlabki tekshiruv asosida ko'pincha kimyo toksikologik
tekshiruv rejasidagi ko'p zaharli moddalarni inkor qilish yoki
qanday zaharli modda bo'lishi mumkinligiga taxmin qilish mumkin.
Masalan: dastlabki tekshiruv asosida biror xulosaga kelish mumkin
emas, agarda taxminiy tekshiruv musbat natija bersa, shu taxmin
qilingan zaharli moddalarga lozim bo'lgan asosiy tekshirish olib
borish shart. Ilgari dastlabki tekshiruv faqat biologik ob'ekt,
poroshok, nastoyka va boshqa zaharlanishga sabab bo'lgan ob'ektlarni
tekshirib, tekshiriluvchi modda organik yoki noorganik moddaga
taalluqliligini va metall zaharlarni va kislota ishqorlarni aniqlashga
asoslangan edi.
Kimyo toksikologik tekshiruv rejasi
Sud kimyosi tekshiruvi asosan ashyoviy dalilni tekshirishdir.
Ashyoviy dalil esa ko'p hollarda qaytarib bo'lmaydigan
ob'ekt,shuning uchun sud kimegaridan tekshiruvni
extiyotkorlik,tejamkorlik bilan olib borish talab qilinadi. Sud
kimegari ashyoviy dalilni olgandan so'ng aniq bir reja tuzib, u
reja asosida tekshiruv olib borishi lozim.
Reja tuzishda quyidagilarga asoslaniladi:
1. Sud organlari tomonidan yuborilgan yo'llanmalarni, o'lim
sodir bo'lish sabablarini to'liq o'rganib chiqish.
2. O'lgan kishini zaharlangan vaqtdagi kasallik tarixi.
3. Sud tibbiyot ekspertizasi akti.
4. Tekshiriluvchi ob'ektni tashqi ko'rinishi, (rN, hidi, rangi)
va unda ba'zi yot moddalar bo'lishi.
5. Dastlabki taxminiy tekshiruv natijalarini o'rganish.
26
Suv bug'i yordamida ajratib olinadigan
zaharli moddalar guruxi.
Biologik ob'ekt tarkibidan suv bug'i yordamida ajratish
mumkin bo'lgan zaharli moddalar guruhiga oson uchuvchi,
ochiq havoda tez bug'lanuvchi turli moddalar kiradi.
Shuning uchun ular o'z kimyoviy tuzilishiga ko'ra bir necha
sinflarga mansubdirlar. Biologik ob'ekt tarkibidan suv bug'i
yordamida haydab ajratib olish mumkin bo'lgan kimyoviy
birikmalar ichida ma'lum darajada toksikologik ahamiyatga
ega bo'lganlari quyidagilar:
.
27
1. Kislotalar: sianid va sirka kislotalari.
2. Alьdegid va ketonlar: formalьdegid va atseton.
3.Spirtlar: metil, etil, propil, butil, amil spirtlari va etilenglikolь.
4. Galogen saqlovchi organik birikmalar: xloroform, xloralgidrat,
uglerod (IV) -xlorid, dixloretan va geksaxloran.
5. Aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, ksilollar.
6. Aromatik uglevodorodlar hosilalari: fenol, krezollar, anilin,
nitrobenzol, salitsil kislotasi.
7. Oltingugurt saqlovchi moddalar: uglerod sulьfidi.
8. Metallorganik birikmalar: tetraetilqo'rg'oshin.
9. Anorganik moddalar: fosfor va uning boshlang'ich oksidlanish
mahsulotlari: gipofosfit va fosfit kislotalari, vodorod fosfidi.
10. Alkaloidlar: nikotin, anabazin, koniin va hokazolar
28
Do'stlaringiz bilan baham: |