Kimyo-toksikologik tahlil usullari ham
ob'ekt turi va zaharli modda xarakteriga
qarab turlicha bo'ladi. Masalan: alkaloidlarni
murda a'zolaridan ajratib olish o'z uslublari
jihatidan shu moddalarni peshob va qondan
hamda o'simlik ob'ektlaridan ajratib olish
mutlaqo bir-biridan farq qiladi.
Ko'pincha zaharli moddalar biologik ob'ekt
tarkibida juda kam miqdorda uchraydi.
Shuning uchun zaharli moddani avval ob'ekt
tarkibidan ajratib olinadi va so'ngra tegishli
reaktsiyalar yordamida aniqlanadi.
Ob'ektlardan zaharli moddalarni ajratib olish usullari
1. Ekstraktsiya. Biologik suyuqliklardan (qon, peshob,
chayindi suvlar) zaharli moddalarni ajratib olishning
asosiy usuli ekstraktsiyalashdir. Bu usul asosan suvda
erigan moddalarni suv bilan aralashmaydigan organik
erituvchilar yordamida ajratib olishdan iborat.
Ekstraktsiya – bir erituvchida erigan moddani, o'zaro
aralashmaydigan ikki suyuqlikda qayta taqsimlanishidir.
Bulardan biri suv va ikkinchisi suvda aralashmaydigan
organik erituvchilardir.
Ekstraktsiya – toksikologik ahamiyatli moddalarni
ob'ektdan ajratib olish va tozalash uchun kimyo-
toksikologik tahlilda ishlatiladigan asosiy usullardan
biridir.
Moddalarning bir erituvchidan ikkinchisiga
o'tishi,
shu
moddaning
ayrim
olingan
erituvchilarda
eruvchanligi
bilan
bog'liqdir.
Moddalarni erituvchilarda taqsimlanishi modda
kontsentratsiyasi
har
ikkala
erituvchida
tenglashguncha davom etadi. Moddani ajratib
olinayotgan erituvchida yot moddalar, oqsil, yog',
pigmentlarning erimasligi katta ahamiyatga ega.
Moddaning eruvchanligiga erituvchining tabiati,
pH muhit, elektrolitlar katta ta'sir ko'rsatadi.
2. Suv bug'i yordamida moddalarni haydab ajratish.
Ayrim zaharli moddalar (tsianid kislotasi, spirtlar,
formaldegid, geksaxloran, nikotin) suv bug'i yordamida
haydaladi. Moddalarning bu xususiyatidan ularni biologik
ob'ektdan ajratib olishda foydalaniladi.
3. Moddalarni vakuumda haydash. Past havo bosimida
moddalar past haroratda ham haydaladi va ob'ektdan ajraladi.
Bu usul yuqori issiqlik ta'siridan parchalanuvchi moddalarni
ajratib olishda qo'llaniladi. Masalan, TEQ
(tetraetilqo'rg'oshin).
4. Metall zaharlarni ho'l yoki quruq mineralizatsiyalash
(parchalash) yoki destruktsiya usullari bilan ajratib olinadi.
Ajratib olingan moddalarni tozalashda quyidagi
usullardan foydalaniladi:
1. Gidrolizlash. Bu usul gidrolizga chidamli
birikmalar uchun qo'llaniladi. Masalan: xlororganik
birikmalarni yog'dan tozalashda, yog'ni gidrolizlash
mumkin. Gidrolizdan so'ng asosiy modda
ekstraktsiyalanadi, bunda organik erituvchida
erigan moddani taqsimlanishi koeffitsiyenti birdan
katta, suvda erigan moddaniki esa birdan kichik
bo'lishi zarur.
С
оrg eritma
К = ----------------
С
suv
2.Qayta ekstraktsiyalash (reekstraktsiya).
Bu usul modda erigan suvli eritma rN - sharoitini
o'zgartirilishi bilan moddaning eruvchanligi
o'zgarishiga asoslangan. Masalan: kislota xossasiga
ega bo'lgan moddalarni eruvchanligi ishqoriy
sharoitda suvda yaxshi boradi, yoki alkaloidlarda
aksincha. Ishqoriy sharoitda organik erituvchida,
kislotali sharoitda suvda yaxshi eriydi.
3.Sulfirlash, yog' va lipidlarga boy ekstraktlardagi
kontsentrlangan sulfat kislotaga chidamli moddalarni
(masalan: barbituratlar) ajratib olish.
4.Xromatografik usullardan yupqa qavatli va gaz-
suyuqlik xromatografiyasi zaharli moddalarni tozalash
va kimyoviy-toksikologik aniqlashda keng qo'llaniladi.
5.Yog' va mumsimon moddalarni cho'ktirish. Bu usul
yog' va mumsimon moddalarni sovuq sharoitda
atsetonda, atsetonitril va shu kabi erituvchilarda
eruvchanligini kamayishiga asoslangan. – 700C gacha
sovitilganda atsetonli eritmada erigan yog' va
mumsimon moddalar qalqib chiqadi va ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |