5.T.Ruzveltning ichki siyosati .
Amerika kapitalizmi tez rivojlanganligi uchun ham imperializm davrida
AQSHda kapitalizmning tekinxo`rligi va chirishi Shunday bir tarzda ifodalandiki,
gigant trestlar o`zlari belgilagan narxlarni saqlab qolish uchun kurashib, ko`pincha
yangi kashfiyotlar va ixtirolar qildilar. Amerika kapitalizmining tekinxo`rligi va
chirishi, sanoat va qishloq xo`jaligining notekis rivojlanishida, sanoatning ayrim
tarmoqlari va mamlakat ayrim rayonlarining notekis rivojlanishida, kapitalizmning
doimiy yo`ldoshi bo`lgan krizislarning va ishlab chiqarish anarxiasining kuchayib
ketishida, mustamlakalar va yarim mustamlakalardagi xalqlarni ezish kuchayib
borayotganligida - mana shularning hammasida namoyon bo`laverdi.
XIX asrning oxirida Ispaniya - Amerika urushi boshlanib ketdi. Bu urushning
boshlanishga tashqi bahona shu bo`ldiki, Ispaniya Kubada o`z vatanining mustaqilligi
uchun kurashayotgan qo`zg’alonchilarga qarshi urush olib bormoqda edi.
AQSH Kubadagi va Ispaniyaning boshqa mamlakatlardagi - Filippin
orollaridagi milliy ozodlik harakatidan o`z maqsadi yo`lida foydalanib kelmoqchi
bo`ldi.
AQSH Kubani bosib olish rejalarini bir necha o`n yildan beri tayyorlab
kelmoqda edi. Bu orolning boyligi, unda bir qancha portlar borligi va orolning strategik
mavqei AQSH davlat doiralarining e`tiborini jalb qilmasligi mumkin emas
edi. Ispaniya bilan urush boshlashmasdan oldin Amerika kapitalistlari Kubadagi
plantatsiyalarga konlar va temir yo`llarga 50 million dollarga yaqin mablag’ sarflab
qo`ygan edilar.
AQSH Kubadagi voqealarni juda sinchiklab kuzatib turdilar. Qo`zg’alonchilarga
xayrixoh bo`lgan progressiv elementlar, AQSH Kubaning inqlobiy hukumatini tanidi
va
bu
hukumatga
ma`naviy
hamda
moliyaviy
yordam
beradi, deb umidvor bo`lgan edilar. Amerikaning progressiv tashkilotlari qo`zg’olon
ko`targan kubaliklarning vakillari bilan aloqa bog’lab, ularning AQSH dan qurol yaroq
va oziq-ovqat sotib olishlariga yordamlashishga ko`p harakat qildilar.
Biroq AQSH hukumati Kubadagi qo`zg’olonchilarning «g’alaba qilishidan
qo`rqqan moliyaviy guruhlar bilan inoq bo`lganligi sababli qo`zg’olonchilarni
urushuvchi tomon deb tanishdan bosh tortdi. Xerst va Pulitser boshchiligidagi sotqin
matbuotchilar movinistik propaganda avj oldirishga intilib, Kubadagi AQSH fuqarolari
ko`p talofot bermoqda deb shovqin-suron ko`tardi. AQSH fuqarolaridan turmalarda va
qamoq lagerlarida qamalib yotgan kishilarni munofiqlik bilan himoya qildi. AQSH
hukumati ispanlarning Kubada qilayotgan zulm va vahshiyliklariga qarshi bir necha
marta norozilik notalari yubordi. Hammasi bo`lib uch oy davom etgan urush Ispaniya
monarxiyasining zaifligini va ichdan chiriganligini yaqqol ko`rsatdi. Ispaniya floti
eskirgan kemalardan iborat bo`lib, yaxshi qurollanmagan va intizomsiz edi.
1
Ispanlarning Kubadagi 200 ming kishilik armiyasi kuchsizlanib qolgan edi,
Kuba partizanlarining qahramonlarcha ko`rsatayotgan qarshiligi bu armiyaning qo`lini
band qilib qo`ygan edi. Shuning uchun ham Amerika qo`shinlari Santyagoga
yaqinlashib kelganlarida ispanlar ularga qarshi faqat 12 ming soldatni ro`para qila
oldilar. Amerika davlati Manil ko`rfazida ispanlarning eskadrasini tor-mor keltirdi.
Ispanlarning Santyago portidan qutulib chiqqan ikkinchi eskadrasini ham
Amerika floti tor-mor qildi. 15-iyulda Amerika qo`shinlari Kuba qo`zg’olonchilarining
aktiv yordami bilan Santyagoni ishg’ol qildilar.
Ispaniya mag’lubiyatga uchradi va sulh tuzishga majbur bo`ldi. 1898 yil 10
dekabrda Parijda tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq AQSH Filippin orollarini,
Puerto-Riko va Guam orollarini oldi. AQSH Ispaniyaga Filippin uchun 20 million
dollor pul berdi. Bundan tashqari, Ispaniya Kuba oroliga bo`lgan o`zining hamma
da`volaridan voz kechdi.
1.
Центрально-Восточная Европа во второй половине XX века, т.2. М., 2001.
Qog’ozdagina mustaqillik olgan Kuba respublika bo`lib qoldi va AQSH protektorati
ostiga o`tdi.
Gavay orollari batamom anneksiya qilib olinganligi Ispaniya bilan bo`lgan urush
natijalaridan biri bo`ldi. 1898-yil 12-avgustda kongress birlashgan rezolyutsiya qabul
qildi. Bu rezolyutsiyada Gavay orollari "AQSH hududining bir qismi" tariqasida
anneksiya qilinganligi, bojlar bekor qilinganligi va Gavay orollaridagi Xitoylarning
AQSHga kelishi taqiqlanganligi aytilgan edi.
Ispaniya-Amerika urushi Samoa masalasini hal qilishni ham tezlashtirdi. 1899-
yil dekabrida tuzilgan shartnoma uch davlatning birgalikdagi protektoratiga xotima
berdi.
Ikkinchi marta saylangan Mak-Kinli 1901-yil 4-martda prezidentlik vazifasini
bajarishga
kirishdi.
Mak-Kinli
6-sentyabrda
Bufaloga
borib
panomerika
vistavkasini ko`rayotgan vaqtida bir anarxist unga suiqasd qildi va 14-setyabrda Mak-
Kinli o`ldi. Konstitutsiyaga muvofiq vitseprezident Teodor Ruzvelt yangi saylovlar
o`tkazilguncha prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Ashaddiy eskpansiyachi
Ruzvelt aktiv tashqi siyosat o`tkazishga, AQSH ning qurolli kuchlarini ko`paytirishga,
ayniqsa katta harbiy dengiz floti qurishga kirishdi. Ruzvelt AQSH agressiv
doiralarining vakili edi va faqat G’arbiy yarim sharda AQSH ning gegemonligini
o`rnatishgina orzu qilib qolmasdan, shu bilan birga AQSH ning butun dunyoga
hukmron bo`lishini ham orzu qilardi. Davlat apparatining hamma bug’inlarida avj olib
ketgan korrupsiya, poraxo`rlik va buzilish hamda monopoliyalarning zulmi mayda va
o`rta burjuaziya saflarida norozilikni vujudga keltirdi. "Axlat tozaluvchilar" deb nom
berilgan bir guruh yozuvchilar va publitsistlar mamlakatning siyosiy va iqtisodiy
hayotida avj olib ketgan korruptsiyani fosh qilib tashladi. Chunonchi, Ida Tarbell bir
qancha maqolalar e`lon qilib, "standart oyl" trestining o`z raqiblarini yo`qotish,
mamlakatning tabiiy boyliklarini bosib olish va sud organlarini sotib olish uchun
qo`llanayotgan korrupsiya metodlarini fosh qilib tashladi. Progressiv siyosiy
arboblarining bir guruhi burjua islohotlari o`tkazishi uchun agitatsiya olib bordi. Bu
guruh markazdagi va joylardagi hukumat apparatini demokratlashtirishni, senatorlarni
to`ppa-to`g’ri saylashni, xotinlar va bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilishni
cheklaydigan qonunlar qabul qilishni, temir yo`llarni, banklarni va moliyani davlat
qo`liga o`tkazishni talab qildilar.
Teodor Ruzvelt o`zining ichki siyosatida mana shularning hammasini hisobga
olmasligi mumkin emas edi. Monopoliyalarning zulmi natijasida vujudga kelayotgan
qiyinchiliklardan ommaning e`tiborini chalg’itishga urinayotgan Ruzvelt trestlarning
"yomon jihatlarini" cheklaydigan tadbirlar o`tkazishni taklif qildi. Trestlarga qarshi
juda ko`p sud yig’ilishlari o`tkazildi. Trestlarning ba`zi rahbarlari sud javobgarligiga
tortildi. Biroq, ana shunday har qancha "kurash" olib borilgan bo`lsa ham, natijada
trestlar oz-moz shtraf to`lash bilan qutilib qolaverdilar. Trestlarning o`sishi davom etdi
va ular mustahkamlanaverdi.
1904-yil oxirida T.Ruzvelt yana prezidentlikka saylandi. T.Ruzvelt o`zining bu
saylanishini o`zi o`tkazayotgan siyosatning ma`qullanishi va bu siyosatni davom
ettirishga rag’batlantirish deb bildi. Moliya oligarxiyasi uning faoliyatini haqiqatdan
ma`qullamoqda
edi.Po`lat trestining boshlig’i Morgan Ruzvelt foydasiga
o`tkazilgan saylov kompaniyasiga 150 ming dollar sarfladi.
Mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish masalasi o`sha vaqtda katta
ahamiyatga ega bo`lib qoldi. Ayrim shaxslar pora berib sotib olayotgan hukumat
ma`murlarining yordami bilan yerlarni va boshqa tabiiy boyliklarini yirtqichlarga
ekspluatatsiya qilish natijasida mamlakatning tabiiy boyliklari juda ko`p miqdorda
nobud bo`lmoqda edi. Progressiv elementlar bu masalaga hukumatning aralashuvini
talab qildilar. T.Ruzvelt sotilmagan 150 million akr yerni, shuningdek Alyaskadagi va
Shimoliy - g’arbdagi 85 million akr yerni daxlsiz davlat fondi deb e`lon qildi, shu
yerlardagi mineral va suv resurslarini o`rganishni AQSH ning geologiya
departamentiga topshirdi. Mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish milliy
komissiyasi tuzildi. 1908-yil oxirida Vilyam Govard Taft prezidentlikka saylandi.
Korporatsiyalar ishi bilan shug’ullanuvchi katta yurist bo`lgan Taft Filippin
komissiyasiga boshchilik qilgan edi, so`ngra esa orollar gubernatori bo`lib turgan
vaqtda Filippin xalqining milliy ozodlik kurashini bostirgan edi. U Filippindagi mana
shu "muvaffaqiyatlari" tufayli Ruzvelt hukumatida harbiy ministr bo`lib olgan edi.
Taft Ruzveltning hamda Rokfeller boshchiligidagi yirik sanoatchilar va
monopoliyachilarning yordami bilan prezidentlikka saylandi.
Taft yirik trestlarning tipik advokati, nihoyat darajada konservator bo`lib,
mamlakatdagi moliya oligarxiyasining talablarini hech so`zsiz bajarardi. Morgan
tipidagi yirik magnatlar bilan o`zining aloqalarini niqoblashga mohir bo`lgan
Ruzveltdan Taftning farqi shu ediki, Taft trestlar bilan o`zining munosabatlarini
yashirishni lozim topmas edi. Ruzveltning demogogiyadan iborat harakatlari mayda
burjua oppozitsiyasini trest kapitali bilan murosaga olib kelishga va ishchilar
harakatining rivojlanishiga to`sqinlik qilishga qaratilgan edi. Ruzvelt respublikachilar
partiyasidagi bir-biriga zid unsurlarni juda ustalik bilan murosaa qildirardi. O`zining
oshkora reaksionligi bilan Ruzvel’dan farq qilgan Taft burjua partiyasiga rahbarlik
qilish uchun zarur bo`lgan qobiliyatlardan mahrum edi. 1912 yildan keyin Ruzvelt
Taftga baho berib, "u yaxshi leytenant bo`lsa ham lekin, yomon kapitan edi" deganligi
bejiz emas edi.
Taft siyosatidan norozilik mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish
masalasida ayniqsa keskin namoyon bo`ldi. Ichki ishlar ministri Ballinjer yerlarni olib,
davlat fondiga topshirish to`g’risidagi ba`zi buyruqlarni, bu buyruqlar go`yo yetarli
ravishda rasmiylashtirilmagan degan vaj bilan bekor qildi. Oradan sal vaqt o`tmay
o`rmonlar boshqarmasining boshlig’i Jifford Pinchot va ichki ishlar ministrligining
xizmatchisi Glevis Ballinjerni davlatga qarashli yerlarni asosan Alyaska yerlarini
Morgan Gugenxeym sindikatiga juda arzon narx bilan sotib yubordi, deb
aybladilar. Taft Ballinjerni yoqlab chiqdi. Pinchon iste`fo berishga majbur bo`ldi.
Taft "trestlarni ta`kid etishdi" o`z o`tmishdoshiga taqlid qilib, yirik trestlarga
qarshi sudda 45 ta ish qo`zg’atdi, bu trestlar orasida o`zi tashkil topgan kundan boshlab
dastlabki 10 yil ichida hech kim daxl qilmagan AQSH po`lat tresti ham bor edi. Po`lat
trestiga qarshi ish qo`zg’atilganligidan Ruzvelt norozi bo`lib, Taft mening kabinetim
a`zosi bo`lib turgan vaqtida Po`lat trestining tashkil etilishiga qarshi e`tiroz
bildirmagan edi, degan edi.
Shuni aytib o`tish kerakki, Taft ma`muriyati tomonidan trestlarga qarshi sudda
ishlar qo`zg’atilganligi oqibat natijada ularga, ya`ni trestlarga hech qanday zarar
yetkazmadi. Trestlar sud instantsiyalarining yangi talablariga moslashib rivojlana va
mustahkamlanaverdi.
Ispaniya - Amerika urushidan keyin AQSH ning yirik burjuaziyasi yangi bosib
olingan hududlardagi o`z hukmronligini mustahkamlashni tashqi siyosatdagi eng
muhim vazifa deb hisobladi. Yirik burjuaziya Kuba va Filippinda o`z hukmronligini
o`rnatmoqchiligi uchun AQSH ning ispanlar ustidan g’alaba qozonishga yordam
bergan milliy ozodlik harakatini tugatish zarur bo`lib qoldi.
1901-yilda Kuba Konstitutsiya qabul qildi. Lekin, bu konstitutsiya AQSH
kongressini qanoatlantirmadi. Kuba "bir qator tuzatishlarni" qabul qilishga majbur
bo`ldi. Bu tuzatish AQSH ga go`yo Kubaning mustaqilligini himoya qilish maqsadida
interventsiya qilish huquqini berdi, Kubaning o`z teritoriyasini harbiy va dengiz
bazalari qurish uchun chet davlatlarga berish to`g’risida shartnomalar tuzishini taqiqlab
qo`ydi hamda AQSHning Kubada ko`mir va dengiz bazalari qurish huquqini berdi.
AQSH Xitoyda "ochiq eshik" siyosatini e`lon qilganligi "Tinch mamlakatlari"
bilan savdo-sotiq kuchayib ketganligi hamda Gavay va Filippin orollarini bosib
olganligi sababli, ikki okeanni birlashtiruvchi kanal qurish masalasi alohida ahmiyatga
ega bo`lib qoldi.
AQSH ning hukumron doiralari kanal qurishni nazoratlari ostiga olishga qaror
qildilar. Buning uchun Angliya bilan tuzilgan Kleyton Bulver shartnomasini bekor
qilish kerak edi. 1901-yilda AQSH Angliyani yangi shartnoma tuzishga majbur qildi,
shu shartnomaga muvofiq AQSH kanal qurish, undan foydalanish va uni boshqarish
huquqiga to`la-to`kis ega bo`lib qoldi. Panama kanalini qurayotgan va bankrotga
uchragan fransuz aksionerlik jamiyatining hamma aktsiyalarini AQSH arzon-garovga
sotib oldi. Shundan so`ng AQSH hukumati Kolumbiya bilan shartnoma tuzib,
Panamada kanal qurish va bu kanaldan foydalanish huquqiga to`la ravishda ega bo`ldi.
Biroq Kolumbiya senati bu shartnomani bir ovozdan rad qildi. Shundan so`ng 1903-yil
3-noyabrda AQSH Kolumbiyaga qarshi Panamada isyon tashkil qildi va isyonchilarga
yordam berish uchun (bostirish uchun) Panama sohiliga kreyser yubordi.
Amerika kreyseri isyonchilarni bostirish uchun yuborilgan Kolumbiya
qo`shinlarining yo`lini to`sib qo`ydi. Panama "mustaqil" respublika deb e`lon qilindi.
AQSH darhol Panama respublikasining "mustaqilligini" tan oldi, Panama hukumati
AQSH bilan shartnoma tuzib, kanal qurish temir yo`llar qurish va kanal bo`yida
istehkomlar bino qilish huquqini batamom AQSH ga topshirdi. Buning evaziga 250
ming dollar renta olib turadigan bo`ldi. AQSH Panama kanalini qurishga kirishdi. Bu
qurilish 10 yil davom qildi. Panama kanalining AQSH uchun juda katta harbiy
strategik va iqtisodiy ahamiyati bor edi.
AQSH uzoq sharqda Xitoy, Koreya va Sibirga nisbatan keng ekspansiya
planlarini amalga oshirish maqsadini ko`zlab ish olib bordi. AQSH va Angliya juda
katta yordam berib turganligi tufayli Yaponiya rus-yapon urushida g’alaba qozonishga
muvaffaq bo`ldi. AQSH va Angliya Yaponiyaga pul berib, urush olib borish uchun
zarur bo`lgan narsalarning hammasi bilan uni ta`minlab turdilar. Rossiya bilan
Yaponiya o`rtasida Teodor Ruzveltning vositachiligida Portsmut sulh: shartnomasi
tuzildi, bu shartnomaga muvofiq, Rossiya Yaponiyaning Koreyada hukmronlik
qilishini tan olishga, Sharqiy Xitoy temir yo`lining janubiy tarmog’ini Yaponiyaga
berishga, Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirishga hamda Lyaodun yarim
orolini va undagi Port-Arturni ijaraga olish huquqini Yaponiyaga topshirishga majbur
bo`ldi.
AQSH urushdan keyin Manjuriyada ta`sir doirasini Yaponiya bilan bo`lishib
olishga umid qilgan edi. Biroq Yaponiya o`zi qo`liga kiritgan o`ljalarni AQSH bilan
qurishga sira ham istamas edi. Yaponiya janubiy Manjuriyada o`rnatgan rejim Angliya
va Amerika kapitalistlarining faoliyatini juda qiyinlashtirib qo`ydi. "Erkin" yurtlar
haqiqatda yopiq bo`lib qoldi. Yapon tovarlari uchun belgilangan imtiyozli tariflar
boshqa mamlakatlarning tovarlariga yo`lni bekitib qo`ydi. Yaponiya bilan Amerika
o`rtasidagi ziddiyatlar keskinlashgan bo`lsa ham, ammo AQSH Yapon imperalistlarini
rag’batlantirish va ulardan o`z manfaatlari yo`lida foydalanish siyosatidan voz
kechmadi. 1910yilda Yaponiya AQSH ning yordami bilan Koreyani bosib oldi va bu
mamlakatda juda qattiq, mustamlakachilik tartibini o`rnatdi. AQSH Koreyada
Yaponiyaga keng imkoniyatlar berib qo`yib, keyin Koreyada va Xitoyda o`zining
ekspansiya rejalarini amalga oshirmoq uchun o`zining iqtisodiy quvvatidan
foydalanishga umid qildi.
AQSH Monjuriyada muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Markaziy Xitoyda o`zining
iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirishga intildi. Angliya, Fransiya va Germaniya
Xitoyga qarz berish to`g’risida va temir yo`llar qurish uchun birgalikda konsessiya
olish to`g’risida 1909-yilda Xitoy bilan bir bitimga kelganlaridan keyin AQSH Xitoyga
beriladigan bu qarzda Amerika banklarini qatnashtirishni talab qildi. AQSH ning
diplomatik tazyiqi natijasida Yevropa davlatlari bu ishda Amerika banklarining
ishtirok qilishiga rozilik berdilar.
1911-yil 20-mayda imzolagan bitimga muvofiq, Xitoyni ekspluatatsiya qilmoq
uchun to`rt davlat banklarining konsortsiumi tashkil qilindi. 1912- yildagi prezident
saylovlari sinfiy kurash keskinlashgan vaziyatda o`tdi. Monopolistik kapital zulmidan
norozilik kuchayib ketdi. Respublikachilar partiyasida ham, demokratik partiyada ham
o`zini "progressiv" deb atagan oppozitsiya paydo bo`ldi. Ishchilar sinfining iqtisodiy
va siyosiy kurashi g’oyat keskinlashdi.
Sinfiy kurash keskinlashgan mana shunday sharoitda burjua arboblarining bir
qismi demokratik islohotlar o`tkazishni va`da qilib, mehnatkashlar ommasini mustaqil
siyosiy harakatlar yo`liga tushishdan qaytarishga qaror qildi. Burjua arboblarining bu
qismi hatto respublikachilar partiyasi safini buzishdan ham qaytmay, bu partiyaning
so`l elementlaridan "progressiv partiya" tashkil qildi. Ruzvelt islohotlarning keng
dasturini ko`tarib chiqdi. U demagoglik qilib o`zini "yirtqich boyga qarshi
kurashuvchi" kishi deb atadi.
Ruzvelt islohotlarining keng dasturini ko`tarib chiqdi.Respublikachilar partiyasi
prezidentlikka yana Taft nomzodini ko`rsatdi. Demokratik partiya Prinston
universitetining ko`p yillardan beri rektori bo`lib ishlab kelgan tarix va huquq
professori Vudro Vilsonni prezidentlikka nomzod qilib ko`rsatdi. Demokratik
partiyada Vilson "progressiv" kishi deb hisoblanardi. 1910-yilda u Nyu-Jersi shtatining
gubernatorligiga saylangan, bu shtatda ba`zi islohotlarni o`tkazgan edi. Morgan
boshchiligidagi yirik magnatlar Vilson nomzodini quvvatlab chiqdilar.
Prezident Vilson o`zining shiorlari, mohirona demagogiyasi va bir qancha
burjua islohotlari o`tkazish bilan moliya oligarxiyasining rejalarini ustalik bilan
niqobladi.
1914 yilda kongress Kleytonning trestlarga qarshi qonunini qabul qildi. Yangi
qonun Sherman qonunining asosiy moddalarini shu bilan birga "kasaba uyushma
moddalarini o`z kuchida qoldirib, shu bilan birga fermerlarning tashkilotlari erkin
savdoni cheklashga qaratilgan bitim deb hisoblanmasligi lozim" deb maxsus pisanda
qilib qo`ydi.
Ayrim islohotlar o`tkazish siyosati Vilsonning ish tashlagan ishchilardan juda
shafqatsizlik bilan o`ch olishga xalaqit bermadi. 1913-yil kuzida Koloradoda katta ish
tashlash boshlanib ketdi. Kolorado konchilari yarim qul holida yashar va ishlar edilar.
Rokfeller boshchiligidagi Kolorado kompaniyasi uy-joylarga, cherkovlarga,
maktablar va magazinlarga, hech bir nazoratsiz xo`jayinlik qilardi. eng yomon
kulbalardan iborat bo`lgan ishchi posyolkalarda eng oddiy sanitariya sharoiti ham yo`q
Konchilar mana shu chidab bo`lmaydigan o`zboshimchalik sistemasiga qarshi
chiqdilar. Ular kasaba soyuz tashkil etish huquqini tan olishni 8 soatlik ish kuni joriy
etishni, ish xaqini 10% oshirishni, ish soatidan ortiq ishlangan ishga haq to`lashni va
shu kabilarni talab qilib ish tashlash e`lon qildilar.
O`zlarining uy-joylarini tashlab, lager qurib yashashga majbur bo`lgan 19
ming konchiga va ularning oilalariga qarshi kurashmoq uchun qo`shinlar shtat
politsiyalari hamda miltiqlar va pulemyotlar bilan qurollangan gangstyerlar va
ig’vogarlarning maxsus shaykalari yuborildi. Ular ish tashlovchilarning lagyerlarini
o`qqa tutaverdilar, o`t qo`yib yondiraverdilar. Natijada ishchilardan ko`p kishi
tutundan bo`g’ilib o`ldi va tiriklayin yonib ketdi. Terror, ochlik kuchayganligi va
o`nlab kishilar o`ldirilganligiga qaramay, konchilar bir yarim yil qahramonlarcha
kurashdilar. Aholining progressiv tabaqalari orasida g’azablanish kuchayib ketdi
va xalqning tazyig’i ostida prezident Vilson bu mojaroga aralashishga majbur bo`ldi.
Lekin uning xo`jayinlar foydasini ko`zlab qilgan takliflari ish tashlovchilarni
qanoatlantirmadi, ular to`la g’alaba qozonguncha kurashishga qaror qildilar.
Kurashaverib tinkasi qurigan ishchilar, kompaniya zo`rlab taklif qilgan shartlarga rozi
bo`lib ishga qaytishga majbur bo`ldilar.
Vilson o`tkazgan chora va tadbirlarning hammasi jumladan islohotlar
o`tkazilganligi va ishchilar sinfining harakati zo`rlik bilan bostirilganligi AQSH
moliya oligarxiyasining iqtisodiy va siyosiy quvvatini yanada kuchaytirishga yordam
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |