Yillarda aqsh dagi siyosiy vaziyat reja. I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 338,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.12.2022
Hajmi338,55 Kb.
#891034
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1918-1939 YILLARDA AQSH DAGI SIYOSIY VAZIYAT

2. Stabillashuv yillarida AQSH 
1922-1929 yillarda AQShda vaqtincha, qisman stabillashuv yillari bo‘ldi. 
AQShdagi stabillashuv Yevropa mamlakatlaridagi stabillashuvdan ilgariroq (1922 yil 
oxirida) boshlandi, hamda Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyadan 
oldinda bordi. 1923-1929 yillarda AQShdagi sanoat mahsulotining umumiy hajmi 20% 
oshdi, yollanma ishchilar soni esa 7,6% kamaydi. 1926-1929 yillarda AQSH sanoat 
mahsuloti yuqoridagi 5 ta mamlakat mahsulotidan 9% ortiq bo‘ldi. 1928-1929 yillarda 
AQSH iqtisodiyotining juda yuksalgan yillari bo‘ldi. Stabillashuv yillarida kapital tez 


konsentratsiyalashdi va markazlashdi. Juda ko‘p sanoat korxonalari birlashtirildi 
minglab kichik va o‘rta korxonalar tugatildi. Qishloq xo‘jaligida ham yirik fermer-
kapitalistlar xo‘jaligi mayda fermerlarning xonavayron bo‘lishi hisobiga kengaydi. 
O‘sish yangi texnikaviy asosda, eng yangi texnika uskunalari, konveyyer tizimi, 
standartlashtirish, modernlashtirish usullarini keng tadbiq etish yo‘li bilan amalga 
oshirildi. Ishlab chiqarishda yangi fan va texnika kashfiyotlari, seriyali ishlab chiqarish 
usuli keng qo‘llanila boshlandi. Ishlab chiqarishda aql bovar qilmas o‘sish ro‘y berdi. 
1927 yilga kelib AQShda yiliga 7 mln. avtomobil ishlab chiqarilardi. 
Avtomobilsozlikning o‘sishi keng shosse yo‘llarining barpo etilishiga turtki bo‘ldi, 
shahar va qishloq qurilishining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Ishlab chiqarishning 
o‘sishi Amerika monopoliyalariga ulkan daromadlar keltirib, ularning 
raqobatbardoshligini oshirdi.
Iqtisodiyotdagi jadal o‘sish o‘z qo‘llarida katta iqtisodiy va siyosiy hokimiyatni 
jamlagan ulkan ishlab chiqarish va moliya birlashmalarining tashkil topishiga olib 
keldi. Avtomobilsozlikda uch yirik kompaniya - «Ford», «Jeneral Motors» va 
«Kraysler» butun avtomobil sanoatini o‘ziga buysundirdi. Kimyo sanoatida «Dyupon» 
firmasi, po‘lat qo‘yish sanoatida «Po‘lat tresti» hukmronlik qildi. Banklarning 
hukmronligi ayniqsa beqiyos bo‘ldi. Morgan va Rokfeller nazorati ostidagi olti yirik 
bank mamlakatdagi jami sarmoyaning yarmidan ortig‘ini nazorat qildi. Amerikaning 
barcha yirik moliya va sanoat kompaniyalari birgalikda mamlakat ichki va tashqi 
siyosatini, Amerikadagi butun siyosiy tizimni nazorat qildilar. Ular Amerika davlat 
siyosatining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdilar.
20-yillarda mamlakat siyosiy hayotida yangi sharoitga moslashishga erishgan 
Respublikachilar partiyasi muhim rol o‘ynadi. 1920 yildagi prezidentlikka saylovlarda 
Demokratlar partiyasi mag‘lubiyatga uchradi va Oq uyni respublikachilar egalladilar. 
Ular Oq uy va Kongressda 1932 yilgacha hukmronlik qildilar. Bu davrda prezidentlik 
kursida U.Garding (1921-1923), K.Kulij (1923-1924 va 1925-1929) va G.Guver 
(1929-1932) o‘tirdi. Bu davr Amerika iqtisodiyotining gullab-yashnash (prosperiti) 
davri bo‘ldi. Unga U.Garding asos soldi. 1922 yilda u qo‘shimcha foyda solig‘ini, narx-


navo ustidan nazoratni bekor qildi va kompaniyalarga ishchilar bilan munosabatlarda 
to‘liq erkinlik berdi.
U.Garding ishini davom ettirgan K.Kulij 1925 yilda: «Amerikaning ishi – 
tijorat», deb e’lon qildi. Bu jumla Amerika hukmron doiralarining bosh tamoyiliga 
aylandi. Amerika iqtisodtchilari AQShning stabillashuvini, mamlakatning gullab 
yashnashi deb atadilar, Amerika kapitalizmini «alohida kapitalizm» deb maqtadilar, 
endi inqirozlar bo‘lmaydi deb jar soldilar. 1925 yili Deyton shahrida yosh biologiya 
o‘qituvchisi Jon Skops maktabda darvin evolyutsiya ta’limotini o‘qitganligi uchun 
qamoqqa olinib sud qilindi. bu sud «maymun sudi» degan hajviy nomni oldi Xukumat 
ishchilar harakatini bo‘g‘ish uchun hamma choralarni ko‘rdi. Fabrika kassirini 
o‘ldirishdi nohaq ayblangan Italiyalik inqilobchi ishchilardan Sakko va Vansetti 
turmada 7 yillik qamoqdan keyin, 1927 yili sud qilindi. Tuxmatlarni ochib tashlagan 
100 dan ortiq guvohlarning so‘zlarini azar e’tiborga olishmadi. Sudning adolatsiz 
hukmiga binoan, 1927 yil 23 avgustda Sakko va Vansetti elektr toki o‘tkazilgan stolda 
azoblab o‘ldirildi. Kulij hukumati jahon miqyosida agressiv siyosatini kuchaytirib 
yubordi. Amerika burjuaziyasi jahonda hukmronlik qilish uchun kurashning 
niqoblangan izolyatsionistik metodidan foydalanishini davom ettirdi. 1924 yilda 
Amerikalik bankir Charliz Daues tashabbusi bilan Germaniyadan olinadigan 
reparatsiya bahonasi bilan «Daues rejasi» degan maxsus reja tuzildi. Bundan maqsad 
Germaniya iqtisodiyotida AQShning moliyaviy pozitsiyasini kuchaytirish, katta foyda 
olish, Germaniya og‘ir sanoatini rivojlantirish edi. 1924-1929 yillarda AQSH, Angliya 
va boshqa mamlakatlarning Germaniyaga bergan qarzlari 23 mlrd. marka miqdorida 
bo‘lsa, shundan 70% AQSH bergan qarz edi. Shimoliy Amerika zo‘ravonlari «katta 
tayoq» siyosatiga amal qilib, butun Amerika qit’asida hukmron bo‘lib olish uchun 
kurashdilar. Markaziy Amerika mamlakatlariga (masalan, Gaiti, Gonduras, Kuba va 
boshqalarga) qarshi qurolli intrvensiya uyushtirildi. Panamadagi askarlar soni oshirildi, 
Panama AQShning harbiy strategik platsdormiga aylantirildi. Meksika neft boyligining 
73% AQSH monopolistlari qo‘liga o‘tdi. 1928 yilga kelib Lotin Amerikasidagi 20 ta 
mamlakatdan 14 tasi AQShga qaram bo‘lib qoldi. AQSH 1929 yilda Filippindagi 
milliy ozodlik harakatini qurol kuchi bilan yovuzlarcha bostirdi.


Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘arbiy Yevropadagi moliya tizimlarida ham 
yetakchi marralarni qo‘lga kiritib, bundan qit’a ustidan o‘z siyosiy hukmronligini 
o‘rnatish yo‘lida foydalandi. Daues rejasi (1924) ko‘magida moliya sarmoyasi G‘arbiy 
Yevropaga kiritildi va Germaniya harbiy-ishlab chiqarish qudrati hamda Germaniya 
militarizmining tiklanishiga ko‘maklashdi. Amerika kompaniyalarida, ayniqsa Polsha 
katta qiziqish uyg‘otdi, Amerika sarmoyasi bu yerda Polsha qazilma va metallurgiya 
sanoatining 50%i ustidan nazorat o‘rnatishga erishdi. 1928 yilgi prezident saylovlarida 
respublikachilar partiyasi prezidentlikka Gerbert Guver nomzodini ko‘rsatdi. Guver 
demokratlar partiyasining nomzodi Smitga nisbatan ko‘proq ovoz oldi va 
prezidentlikka saylandi.

Download 338,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish