arzon sanoat mahsulotlarini sotib
olishdan manfaatdor edilar, shuning uchun ular
Napolconning davomli ravishda bosqinchilik urushlarini olib borishdan norozi edilar.
Yirik burjuaziya va yer egalarining manfaati masalasi imperiya davrida ishlab chiqilgan huquq
normalari va kodekslarda ham o'z aksini topgan. Bularning orasida eng muhimi "Fuqarolik
kodeksi" yoki keyinchalik "Napoleon kodeksi'" deb nom olgan kodeks edi. Unda asosan
burjuaziyaning xususiy mulkchiligini .mustahkamlashga asosiy e'tibor qaratilgan. Unga ko'ra
xususiy tadbirkorlik erkinligi, mulklarni vasiyat etib qoldirish crkinhgi prinsiplari
mustahkamlangan. Xotinning mulki to'liq erining mulki hisoblangan.
xotinlar va bolalar
mulkka egalik huhuqidan mahrum qilingan. Nikohsiz tug'ilgan bolalar hech qanday huquqqa
ega bo'lmaganlar. Fuqarolik kodeksi 1807 yilda, "Tijorat" va "Jinoyat" kodckslari 1808 yilda
kuchga kirgan. "Jinoyat kodeksi" xususiy mulkka qilingan kichkina tajovuzni ham juda
shafqatsiz ravishda jazolagan.
1803 yil Fransiyada "ishchi daflarlari" joriy qilingan. Unda korxona egalari ishchilarini huquqi
va ishdan bo'shatilishi sabablari haqida ina'lumotlar yozilgan. Tijorat yoki savdo kodeksi
ishchilarni
ishga
yollash
tartibini
qonuniylashtirgan,
ishehilarni
huquqsizligini
mustahkamlagan.
179] yilda joriy qilingan "Le Shapele" qonuni ga ko'ra ishchilarning namoyishlari, ish
tashlashlari va ittifoqlarga birlashishi ta'qiqlangan.
1806 yil 1 yanvardan boshlab imperator Napoleon inqilob kalendarini bekor qilib, Grigorian
kalendarini tikladi.
Fransiyaga tobe ettirilgan respublikalar qirolliklarga aylantirilgan. 1805 yildayoq Napoleon
o'zini Italiya qiroli, deb e'lon qildi. Imperator boshchiligidagi tajovuzkor frantsuz burjuaziyasi
va harbiy doiralari Fransiyani yangi Rim imperiyasiga aylantirishga harakat qildilar. Yevropa
va mustamlakalarni bosib olishlaridan asosiy maqsadi ham shu edi.
1805 yil avgustida Napoleon imperiyasiga qarshi Angliya, Rossiya, Avstriya va Ikki Sisiliya
qirolliklridan iborat 3-koalisiya tuzildi. Ittifoqchilaming maqsadi Germaniya, Ilaliya,
Shvesariya va Gollandiya hududidan fransuz qo'shinlarini haydab chiqarish va bu
mamlakatlarda eskl tartiblarni tiklashdan iborat edi. Dengizda frantsuz va ispan floti 1805 yil
oktyabridanoq admiral Nelson qo'mondonligidagi ingliz floti tomonidan Trafalgar burni
yaqinida tor-mor etildi. Napoleonning Angliyaga desant tushirish rejasi barbod bo'ldi.
Bulondagi frantsuz harbiy lageri Reyn ortiga yo'nallirildi. Noyabr oyida frantsyz qo'shini
Venani egalladi. 1805 yil 2 dekabrda Avstriya va rus qo'shlari birgalikda Austerlisda frantsuz
qo'shini bilan jangga kirdi va ittifoqchilar tor-mor etildi. Austerlis mag'lubiyatidan , so'ng
Avstriya urushdan chiqib, Fransiya bilan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Unga
ko'ra Fransiya Germaniya va Italiyada erkin haiakat qilishni qo'lga kiritdi. Benetsiya, Istriya
va Dalmatsiya Ilaliya qirolligiga qo'shib olindi. 1806
yil Napoleon janubiy german
davlatlaridan o'zining protektoratligi ostidagi Reyn ittifoqini tuzdi. Italiyadagi frantsuz
qo'shinlari Neapolni egalladilar va Napoleonning akasi Jozef Bonapart Neapolitaniya taxliga
o'tirdi. Batova respublikasini Napoleon Gollandiya qirolligiga aylantirib, uning taxtiga ukasi
Lyudovikni o'tqazdi.
Avstriyani tor-mor etgan Fransiya Pmssiya bilan hisoblashmay qo'ydi. Gannovcrni Prussiyaga
berib, keyinroq uni tortib olishga qaror qildi va o'z qo'shinlarini Prussiya hududiga kiritdi.
Yaqinlashayotgan xavfni sezgan Prussiya hukumati Rossiya va Angliya bilan ittifoq tuzdi.
1806 yil sentyabrida mazkur davlatlar va Shvesiya 4-koalisiyani tashkil qildilar.
Raqib kuchlarni birlashtirrnasdan tor-mor etish qoidasiga amal qilgan Napoleon osongina
Prussiya qo'shinlarini tor-mor etib, Berlinni egalladi. 1806 yil 21 noyabrda Napoleon
"Kontinental blokada" haqida Berlin dekretini imzoladi. Bu dekret Fransiyaga bo'ysundirilgan
davlatlarning Angliya bilan savdo qilishini ta'qiqladi. Angliyani qo'shin
bilan olish umidi
puchga chiqqan Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bo'g'ib qo'yishga qaror qildi. 1807 yilda
Napoleon Angliya portlariga va mustamlakalariga kirgan betaraf mamlakalarning kemalarini
tutib ola boshladi;
Berlinda kontinental blokada e'lon qilgan Napoleon, endi qo'shinlarini Sharqiy Prussiyadagi
rus qo'shinlari ustiga yo'naltirdi. 1807 yilning 14 iyunida Fridlandda rus qo'shini tor-mor etildi.
Rossiya 1804 yildan buyon Eron bilan, 1806 yildan esa Turkiya bilan urush olib borayotgan
bo'lib, qiyin ahvolga tushib qoldi va Napoleon balan bitim tuzishga kirishdi. 1807 yil 7 iyulda
Tilzitda Aleksandr 1 va Napoleon sulh, ittifoqchilik to'g'risida shartnoma im/oladilar. Unga
ko'ra Fransiya G'arbiy Hvropada erkin harakat qilish huquqini qo'lga kiritdi. Polsha yerlari
(Sileziyadan tashqari) Prussiyadan tortib olinib. Fransiyaga tobe bo'lgan Varshava gersogligi
tuzildi. Rossiya kontinental blokadaga qo'shilish majburiyatini oldi.
Napoleon Turkiyaning
Yevropadagi provinsiyalarini va Shvelsiyani egallashida Aleksandr f ga qarshi emasligini
ma'lum qildi.
1807
yil Napoleon Portugaliyani kontinental blokadaga qo'shilishini so'radi, biroq,
bunga rad javobini oldi. Shunda u Ispaniya orqali frantsuz qo'shinlarini Portugaliyaga
kiritdi. Angliyaning yordami bilan portugallar frantsuz qo'shinini tor-mor etdilar. Shundan
so'ng katta miqdordagi fransuz qo'shinlari Ispaniyaga kiritildi va Jezef Bonapart Ispaniya
taxtiga o'tirdi. Ispaniyada fransyzlarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanib ketdi.
Fransiya hududidan Ispaniyaga yangidan harbiy kuchlar keltirildi.