Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Terminallarda transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/75
Sana18.12.2022
Hajmi0,68 Mb.
#890799
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
logistika

Terminallarda transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish
Terminallar namunaviy (tiplashgan) yoki individual loyihalar bo‘yicha,
shuningdek amaldagi yuk avtostansiyalari va boshqa omborxona binolarini
rekonstruksiya qilish yo‘li bilan yaratiladi. Terminal o‘zida ishlab chiqarish-
omborxona korpusi, ko‘prikli kranga ega bo‘lgan konteyner maydonchasi, katta
gabaritli yuklar uchun mo‘ljallangan maydoncha, tirkamalarni tirkash uchun
mo‘ljallangan maydoncha, avtopoezdlarning turish joylari, avtomobil tarozisi,
ma’muriy-maishiy korpusni o‘z ichiga oladigan muhandislik-texnik inshootlar
majmuasini taqdim qiladi. Terminalga xizmat ko‘rsatuvchi harakatlanuvchi
sostavga texnik xxizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash, konteynerlarni mayda
ta’mirlash uchun ishlab chiqarish-omborxona korpusida mos keluvchi
uchastkalarni jihozlash tavsiya qilinadi. Magistral tashishlarni amalga oshiradigan
haydovchilar uchun terminal qoshida ovqatlanish punkti va mehmonxona bo‘lishi
tavsiya qilinadi.
Terminal tomonidan bir yilda ishlov beriladigan yuklar miqdori
terminalning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. YUk terminalining quvvati,
uning ixtisoslashganligi va foydalaniladigan texnik vositalarning ro‘yxati
tashishlar hajmi, tashiladigan yuklarning nomenklaturasi, bajariladigan
operatsiyalar va yuklarni etkazib berishni ta’minlash bo‘yicha transport-
ekspeditorlik xizmatlarining ro‘yxati bilan belgilanadi. Yirik terminallarda
omborxonalarni yaratish va ekspluatatsiya qilishda ularni rivojlantirishning
quyidagi texnik tendensiyalari hisobga olinadi:

yuklarni ko‘p yarusli (qavatli) joylashtirish;

saqlash zonasini maxsus shtabellovchi mashinalar (avtomatik stellajlar va
ko‘prikli kran-shtabelerlar) bilan jihozlash;


107

yuklarni omborxona ichida ko‘chirish uchun mo‘ljallangan, avtomatik
adreslashtirishga ega bo‘lgan uzluksiz transport vositalarini yuklarni taqsimlash,
to‘plash va saralash uchastkalarini tashkil qilish bilan qo‘llash;

omborxonalarni yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar (paket shakllantiruvchi
mashinalar, upakovka qilish, qayta yuklash, tortish, yuklarni sanash, yuk
o‘rinlarining gabaritlarini nazorat qilish qurilmalari va hokazolar) bilan jihozlash.
Kichik partiyali yuklarni etkazib berish uchun terminalda omborxonalar
to‘rtta zonaga – yuklarni qabul qilish zonasi, saralash zonasi, jo‘natish zonasi va
shuningdek eksport-import yuklarni qayta ishlash zonasiga bo‘linadi. Omborxona
maydonidan ratsional foydalanish va yuklarni qayta ishlash uchun omborxona
stellajlar, ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, tagliklar, takelajlar, yuklarni
markirovkalash (tamg‘a bosish) vositalari bilan jihozlanadi.
Omborxonalar harakatlanuvchi sostavni yuklash-tushirish uchun
mo‘ljallangan postlarning zaruriy soniga ega bo‘lishi lozim. Omborxonalarning
eshiklari ikki tomonga siljib ochiladigan bo‘lishi, yong‘inga qarshi qurilmalar va
signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim. Kichik partiyali yuklar uchun mo‘ljallangan
omborxonalar yuklash-tushirish mashinalarining (pogruzchiklar) turli
avtomobillarning kuzovlariga kirib-chiqishi uchun mo‘ljallangan muvozanatlovchi
maydonchalar va tashqi rampalar (past to‘siqlar) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Omborxonalar, rampalar, maydonchalarning pollari, yuklash-tushirish postlariga
kelish-ketish yo‘llari qattiq, tekis bo‘lishi, iloji boricha asfalt-beton yoki sement-
beton qoplamaga ega bo‘lishi lozim.
Terminal omborxona binolarining ichi va butun territoriyaning yoritilishiga
ega bo‘lishi lozim, bu sutkaning qorong‘i paytlarida ham ishlarni bajarish imkonini
beradi. Terminalda kichik jo‘natmalarni yuklash va ularni qabul qilib oluvchilarga
tarqatishni kunning birinchi yarmida, yuklarni yig‘ish va terminalga olib kirishni –
kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish tavsiya qilinadi. Jo‘natmalarni saralash
va yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashtirishni, xalqaro bog‘lanishlarda qatnaydigan
avtopoezdlarni kechqurun va tungi vaqtda yuklash tavsiya qilinadi. SHunga ko‘ra
terminalning 2-3 smenali ish rejmmida ishlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.


108
Terminallarda tashishlarni operativ rejalashtirish, tashishlarni informatsion
ta’minlash, yuklarni hisobga olish, yuklarni omborxona ichida qayta ishlashni
nazorat qilish va tahlil qilish masalalarini hal qilish uchun shaxsiy elektron-
hisoblash mashinalariga, shuningdek zamonaviy aloqa vositalariga ega bo‘lish
zarur bo‘ladi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish