21 b/g 24-17 Raxmonov N.N.
Propanni ajratib olish jarayoni
Suyuq uglevodorodlar (S
3
N
8
, S
4
N
10
, S
5
+yuqori fraksiya) ning ikki fazali oqimi
K-3 deetanizatorning kubidan (etan xom ashyosini ajratib olish bloki) 113 °S dan
yuqori bo’lmagan temperaturada, ta’minlash suyuqligi sifatida K-3 depropanizatorga
(propanni ajratib olish bloki) beriladi.
K-3 depropanizator 52 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo
tarkibida butan 0,33 % mol dan kam bo’lgan, apparatning yuqorisidan olinadigan
propan (S
3
N
8
) va tarkibida propan 0,32 % mol dan kam bo’lgan kub mahsulotini
(S
4
N
10
, S
5
+yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi.
Kolonnaning nazorat likopchasidagi ishchi temperatura 88÷90 °S darajasida
ushlab turiladi.
Inert, kondensatlanmagan gazlarning yig’ilib qolishi va kub reboylerining bug’
tizimi ishining buzilishini oldini olish maqsadida, uning yuqori qismidan, 23 kg/h
miqdorida yuqoridan olinadigan mahsulotni doimiy tashlash amalga oshiriladi.
Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi,
120÷122°S temperaturada, kub qismining yig’ish seksiyasiga beriladi. Gaz fazasi
yig’ish seksiyasidan, haydash seksiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa
almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko’tariladi.
120÷122 °S temperaturadagi suyuq faza (S
4
N
10
, S
5
+yuqori) kolonna kubining
yig’ish seksiyasidan, ta’minlash mahsuloti sifatida, butanni ajratib olish blokiga
beriladi.
Butanlarni ajratib olish jarayoni
Suyuq uglevodorodlar (S
4
N
10
, S
5
+yuqori fraksiya) ning ikki fazali oqimi K-3
depropanizatorning kubidan (propanni ajratib olish bloki) 120÷122 °S temperaturada,
ta’minlash suyuqligi sifatida K-4 debutanizatorga (butanni ajratib olish bloki)
beriladi.
K-4 debutanizator 36 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo
tarkibida (S
5
+yuqori) 1,31 % mol dan kam bo’lgan, apparatning yuqorisidan
olinadigan butan (S
4
N
10
) va tarkibida butan 0,98 % mol dan kam bo’lgan kub
mahsulotini (S
5
+yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi.
22 b/g 24-17 Raxmonov N.N.
Gaz fazasi ta’minlovchi suyuqlik beriladigan nuqtadan kolonnaning yuqori
qismiga harakatlanadi, bunda pastga oqib tushayotgan suyuqlik bilan uzluksiz massa
almashish jarayoni borishi hisobiga butanlar bilan to’yinadi.
Butan saqlovchi klapanlardan “ho’l” mash’ala tashlamalarini yig’ish
kollektoriga tashlanadi. 29–36
0
S temperaturadagi suyuq butan “ho’llash” suyuqligi
sig’imidan N-4 nasoslarning so’rish qismiga beriladi.
Aralashtirilgan propan-butan fraksiyasi (PBF) oqimi saqlash va iste’molchilarga
jo’natish uchun tovar parkiga yuboriladi.
S
5
+yuqori uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan kub mahsuloti
kolonnnaning kub qismidagi haydash seksiyasiga beriladi. Uglevodorodlar
aralashmasi 105÷107 °S temperaturada haydash seksiyasidan, termosifon vositasida
R-4 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi. R-4 kub reboyleri vertikal
g’ilofquvurli issiqlik almashgichdir.
Suyuq faza reboylerda, past bosimdagi to’yingan bug’ bilan issiqlik almashish
hisobiga isiydi. Bug’ kub reboylerining quvurlararo hududiga 170°S temperaturada
va 500 kPa bosim ostida beriladi. Suyuq fazaning reboylerda isishi natijasida oson
uchuvchi uglevodorodlar bug’lanadi, buning natijasida issiqlik almashgichnig butun
balandligi bo’yicha uglevodorodlar aralashmasining zichligi kamayadi. Issiqlik
almashgichnig haydash seksiyasidagi va kub reboyleridagi mahsulotlarning
zichliklari orasidagi farq termosifon jarayonining harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi.
Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi,
110÷113 °S temperaturada, kub qismining yig’ish seksiyasiga beriladi. Gaz fazasi
yig’ish seksiyasidan, haydash seksiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa
almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko’tariladi.
110÷113 °S temperaturadagi suyuq faza – barqaror kondesat (S
5
+yuqori
uglevodorodlar) kolonna kubining yig’ish seksiyasidan, 410÷420 kPa bosim ostida,
sovutish uchun R-5 sovutgichning quvurlararo hududiga beriladi.
R-5 sovutkich gorizontal ikki yo’lli g’ilof quvurli issiqlik almashgichdir.
23 b/g 24-17 Raxmonov N.N.
Sovutkichda barqaror uglevodorod kondensati, aylanma suv bilan issiqlik
almashish hisobiga, sovuydi. Beriladigan aylanma suvning temperaturasi 24÷28 °S,
uning qaytuvchi oqimining temperaturasi 29÷33 °S ni tashkil etadi.
29÷36 °S temperaturadagi sovutkichdan chiqqan uglevodorod kondensati, tovar
mahsulot sifatida. tovar parkiga jo’natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |