29. MAVZU.Sportda individual faoliyat uslubi.
Reja:
1. Sportda individual faoliyat uslubi.
2. Sportchi shaxsining individual xususiyatlarini to‘g‘risida.
Sportda ham boshqa ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi insonning individualligi juda
katta ahamiyat kasb etadi. Sportchi shaxsining individual xususiyatlarini to‘g‘ri
hisobga olish va buning asosida uning faoliyati uchun maxsus texnik-taktik uslubni
shakllantirish orqaligina katta yutuqlarga erishish mumkin. Individual faoliyat
uslubi deyilganda asab tizimining tipologik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda,
faoliyat usullari va vositalari hamda ularni bajarishda muvaffaqiyatga erishish
imkoniyatini beruvchi reaksiya shakllarining birligi tushuniladi.
Individual faoliyat uslubini shakllantirish asosan temperament hamda asab
tizimi xususiyatlarini bartaraf etish yoki ulardagi salbiy tomonlarni tuzatish
evaziga emas, balki mazkur faoliyat uchun ularning ijobiy tomonlaridan samarali
foydalanish orqali amalga oshiriladi. Har xil sport turi vakillarida kechadigan
ushbu jarayonlar mobaynida bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan reaksiya shakllari,
faoliyatning uslub va usullari paydo bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, har qanday holatda ham, individual faoliyat
turining shakllantirilishi u yoki bu tarzda sportchining tabiiy xususiyatlari:
morfologik, funktsional va psixik xususiyatlari bilan bog‘liqdir.
Masalan, baland bo‘yli bokschilar odatda uzoq masofadan turib jang qilish
taktikasini qo‘llaydilar va qarshi hujum uslubidan keng foydalanadilar. Past bo‘yli
bokschilar esa aksariyat hollarda hujumkor usulni ma’qul ko‘radilar va yaqindan
jang olib borish taktikasini qo‘llaydilar.
Sport trenerlari sportchidagi morfologik va funktsional xususiyatlarni tezda
payqaydilar. Sport mashqlarini bajarish texnikasini o‘zlashtirish jarayonida va
musobaqaviy harakatlarning taktik sxemasini ishlab chiqishda ularni hisobga olish
unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Aksincha, sport tayyorgarligi jarayonida
sportchilarning individual psixologik xususiyatlarini aniqlash, qolaversa, ularni
ratsional tarzda hisobga olish juda qiyindir. Chunki buning uchun trenerlar maxsus
psixologik bilimlarni egallashlari zarur bo‘ladi.
Psixologlar tomonidan sportchilar faoliyatining bir qator dinamik xususiyatlari
ularning asab tizimi va temperamenti xususiyatlariga bog‘liq ekanligi isbotlangan.
Masalan, turli asab tizimi xususiyatlariga ega sportchilar aynan bir natijaga turli
yo‘llar bilan, ya’ni turli darajadagi kuch va energiyani sarflash orqali erishishlari
aniqlangan. Misol uchun, kuchsiz asab tizimiga ega akrobatlar katta hajmdagi ishni
kichik-kichik qismlarga bo‘lib bajarish orqali o‘zlarining juda katta jismoniy
ishchanlik qobiliyatlarini ko‘rsatadilar. Inert asab tizimi egalari esa, bir xil
maromdagi faoliyat jarayonida ish olib borsalar, harakatchan asab tizimi egalari
vazifalarni tez-tez o‘zgartirish vositasida yuqori ishchanlik faoliyatini namoyon
qiladilar (B. I.Yakubchik).
Muvozanatsiz va harakatchan asab tizimiga ega chang‘ichilar poygani har xil
tarzda bosib o‘tadilar, muvozanatli va inert chang‘ichilar esa poyga masofasini bir
xil tarzda muvozanatli o‘tadilar (B.A.Vyatkin, A.Ye.Kondakov, B.S.Valuev). Inert
asab tizimiga ega qilichbozlar sport jangining dastlabki bosqichida stereotiplarni
o‘zgartirishlari juda sust o‘tib boradi. Jang nihoyasiga borib esa, ular harakatchan
asab tizimiga ega sportchilardan ham ko‘ra tezroq harakat qilishga kirishadilar
(A.V.Rodionov).
Amaliy mashg‘ulot
Temperament lotincha “Temperamentom” degan so‘zdan olingan bo‘lib,
buning ma’nosi aralashma demakdir. I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha
ta’riflaydi – “Xar bir ayrim kishining eng umumiy xarakteristikasidir, xar bir
individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining
asosiy xarakteristikasidir”. Temperament, psixologiya jihatdan olganda, kishidagi
xissiyotning ko‘zg‘alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko‘rinadigan
individual xususiyatidir.
Talabalar quyidagi savollarni o‘zlashtirishi lozim. Temperamentning turlari.
Temperamentning psixologik xususiyatlari. Singvinnik, xolerik, flegmatik,
melanxolik temperament tiplarini xususiyatlari. Temperamentning fiziologik
asoslari. Sport bilan shug‘ullanishda temperament xususiyatlarini hisobga olinishi.
Muhokama uchun savollar.
1.Temperament xaqida tushuncha
2. Temperametning nerv-fiziologik asoslari
3. Temperament tiplariga xarakteristika
4. Temperament va sport
Anamnestik sxema yordamida temperamentni aniqlash
Ishning vazifasi: Nerv sistemasi hususiyatlari ko‘rsatkichlarining anamnestik
sxemasi yordamida nerv sistemasi kuchi, muvozanati, harakatchanligi tekshirish va
shu asosida o‘z-uzini temperament tipini aniqlash.
Anamnestik sxema 48 savoldan iborat bo‘lib uning yordamida
tekshiruvchining nerv sistemasining xususiyatlari: kuchi (1 savoldan 16 gacha),
muvozanati (17 -32), harakatchanligi (33-48) aniqlash mumkin.
Buning uchun nerv sistemasining baholash protokoli oldindan tayyorlanadi
Nerv sistemasi xususiyatlarini baholash protokoli
Tekshiruvchi sxemadagi har bir savolni diqqat bilan o‘qib chiqib o‘z-o‘zini
baholaydi. Anamnestik sxemasidagi har bir punktning bahosi baholash protokoliga
yoziladi.
Quyidagi nerv sistemasi xususiyatlarini
baholash shkalasi tavsiya qilinadi.
I. Nerv protsesslari (qo‘zg‘alish, tormozlanish) kuchining
ko‘rsatkichlari.
1. Xar bir mashg‘ulotning oxirida charchashni sezmayman, shuning uchun bu
materialni xatto qiziq bo‘lmasa ham dars boshlanganidagi kabi yaxshi
o‘zlashtiraman.
2. O‘quv kuni oxirida ham uning boshlanganidagi kabi aktiv va samarali
shug‘ullanaman.
3. Uzoq davom etadigan va tegishli kuch talab qilinadigan trenirovka
mashg‘ulotlarining oxirigacha ham ishchanlik qobiliyatimni yuqori darajada saqlay
olaman.
4. Zo‘r kuch talab etiladigan trenirovka va musobaqalardan keyin ham o‘z
kuchimni tez qayta tiklay olaman.
5. Xavfli vaziyatlarda ishonchsizlik, qo‘rqish va ortiqcha xayajonlanishni
yengil bartaraf qilib, qo‘rqmasdan harakat qilaman.
6. Xavf-xatarli jismoniy mashqlarni bajarganda tavakkal ish tutishga, o‘tkir
xis-xayajonlarga berilishga moyilman.
7. Yeg‘ilishlarda o‘z fikrimni dangal ayta olaman, o‘rtoqlarimning
kamchiliklarini yuziga ayta olaman.
8. Ma’suliyatli musobaqalarda qatnashishga harakat qilaman va
mo‘ljaldagidan muvaffaqiyatliroq natijaga erishaman.
9. Muvaffaqqiyatsiz urinishlar, vazifalarni bajarish, zachet topshirishda,
mashqlarni o‘rganishda va boshqalarda meni o‘z oldimga qo‘ygan maqsadga
erishishimga intilaman.
10. Musobaqalardan muvaffaqiyatsiz qatnashsam (yomon start, raundda
yutkazganimda va boshqalar) g‘oliblik va yuqori natija uchun kurashni davom
ettiraman.
11. Ota-onalar, o‘qituvchilar, trenerlarning menga tanbexlari (qoniqarsiz baxo,
xayfsan, jazo va boshqalar) mening xulq atvorimga va xolatimga ijobiy ta’sir etadi.
12. Mening ustimdan kulishganda, qaltis xazillashishganda beparvoman.
13. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanganimda diqqatimni tashqi ta’sirlarga
(gapso‘zlarga) e’tibor bermay osongina to‘play olaman va tuta bilaman.
14. O‘rganilayotgan mashqlar ustida ishlayotganimda shovqin, gap so‘zlar,
boshqa odamlarning bor bo‘lishiga qaramasdan o‘z diqqatimni bir joyga qo‘ya
olaman.
15. Musobaqalarda mendan kuchli raqibning qatnashishi mening diqqatimga,
xulq-atvorimga va sport natijalarimga ijobiy ta’sir etadi.
16. Tortishuvlar, g‘idi-bidilar va boshqa ko‘ngilsiz voqealardan keyin o‘zimni
osongina qo‘lga olaman, o‘z ishimni bajarishga diqqatimni qarata olaman.
II. Nerv protsesslarining muvozanatini ko‘rsatkichlari
17. Og‘ir va qiziqarsiz bo‘lgan ishlarni (maktabda, uyda) osoyishta va
chidam bilan bajaraman.
18. Kutish payitlarida (start oldidan, kurash, olishish, mashq bajarishdan
oldin) o‘zimni to‘play olaman.
19. Start signalini kutishda o‘zimni yo‘qotib qo‘ymayman (yugurish, olishish,
shtraf to‘pini tepish kabi mashqlarni bajarish va boshqalar).
20. Musobaqa arafasida (imtixon, sayoxat, oyilaviy bayramda) mening xulqatvorim
odatdagi kunlardagi kabi bo‘ladi.
21. Odatda og‘ir sinovlar oldidan (imtixon, musobaqalardan oldin) yaxshi
uxlayman.
22. Musobaqalarda sudyalarning ob’ektiv bo‘lmagan qarorlariga va
musobaqalarning uyushtirilishidagi kamchiliklariga osoyishta munosabatda
bo‘laman.
23. Kattalarning talabiga binoan o‘zimni tez tinchlantira olaman, o‘zimni
ushlab turishga qodirman.
24. Xis-xayajonli xolatlarda (tortishuv, kelishmovchiliklar) o‘zimni tinch
osoyishta tuta olaman.
25. Men arzimagan narsalarga jizzakilik qilib, asabimni buzaman.
26. O‘tkaziladigan musobaqa, zachyot, chiqishlar to‘g‘risida kutilmaganda
xabar topsam o‘zimni tuta olaman.
27. Qiziq yangilikni osonlikcha sir saqlay olaman.
28. Qattiq ishlashni talab qiladigan mashqlarni bajarishda ularni qayta-qayta
va turlicha bajarilishiga va tugallangan bo‘lishiga chidayman va harakatlarni aniq
bajarilishiga va tugallangan bo‘lishiga erishaman.
29. Har qanday ishni bajarilishiga sekin va qunt bilan tayyorlanaman.
30. Kayfiyatim har doim mustahkam va bir xilda bo‘ladi.
31. O‘qishda va sportdagi aktivligim ko‘tarilish va pasayishlarsiz bir xilda
namoyon bo‘ladi.
32. Mening nutqim bir tarzda, o‘z harakatlarimni boshqara olaman.
III. Nerv protsesslarining ildamligi ko‘rsatkichlari.
33. O‘quv mashg‘ulotlarida og‘ir masalalarni oson o‘zlashtirib olaman va
ularni tez bajarishga intilaman.
34. Shoshilganimda tez-tez kata xatolarga yo‘l qo‘yaman.
35. Yangi mashqlarni, priyomlarni va kombinatsiyalarni bajarishga o‘ylab
o‘tirmasdan tezda kirishaman.
36. Raqib va musobaqadosh o‘rtoqlarimning xatti-harakatiga va
musobaqadagi sharoitning o‘zgarishiga tezda javob beraman.
37. O‘quv, ish va hayotda yangi ko‘nikma va odatlarni tez o‘zlashtira olaman
va qiyinchiliklarsiz ularni o‘zgartira olaman.
38. Jismoniy mashqlar texnikasida xatolarimni tez to‘g‘rilayman (yugurish,
kurash, olishish va boshqalar).
39. Yangi o‘qituvchi, trenerlar xarakteri, talablariga, yangicha hayot va
faoliyat sharoitlariga tez ko‘nikaman.
40. Odamlar bilan bo‘lishni yaxshi ko‘raman, yangi tanishlarni oson topaman.
41. Tinch xolatda ishlashga tez kirisha olaman (o‘quv mashg‘ulotlarni, uy
vazifalarni bajarishga, trenirovka va xokazolar).
42. Bir mashqdan ikkinchi bir mashqqa, bir ishdan ikkinchisiga tez o‘ta
olaman.
43. Mashqlarni tez tez o‘zgarib turishini yaxshi ko‘raman.
44. Tez uxlayman, uyg‘onaman va turaman.
45. Omadsizlik va yoqimsiz kechinmalardan boshqa xolatga tez o‘ta olaman.
46. Mening kayfiyatim arzimagan narsadan tez o‘zgaradi.
47. Vegetativ o‘zgarish mening xis-hayajonlarimda erkin ko‘rinadi.
48. Mening nutqim va harakatlarim odatda tez, lekin o‘zimni sekin gapirishga
va harakat qilishga majbur qila olaman.
Nerv sistemasini xususiyatlarini aniqlash uchun protokol ishlab chiqiladi.
1. Xar uchchala grafadagi + va – belgisi aloxida qo‘shib chiqiladi.
2. Ballarning algebraik summasi topiladi. Buning uchun ballarning ko‘p
sonidan kam ballar soni ajratib sanaladi va tafovut oldidan tegishli ballarning ko‘p
soniga mos keladigan (+ yoki –) belgisi qo‘yiladi. Agar xamma 3 grafada algebraik
summa + belgisi bilan chiqsa u vaqtda nerv sistemasi kuchli, muvozanatli,
xarakatchan tip ekanligini ko‘rsatadi; - belgisi bilan bo‘lgan summa kuchsiz,
muvozanatsiz, sust nerv sistemasi ekanini ko‘rsatadi. Agar grafalardagi algebraik
summa turli belgilardan iborat bo‘lsa, u vaqtda nerv sistemasi xususiyatlari turli
qorishig‘ida uchraganini ko‘rsatadi, chunonchi 1 chi grafadagi algebraik summasi
nerv protsesslarining kuchini ko‘rsatkichlari plyus (+) belgisi bilan olingan bo‘lsa,
2-sida minus (-) belgisi bilan va 3chi grafada plyus (+) belgisi bilan ko‘rsatilgan
bo‘lsa, u vaqtda nerv sistemasi tipi kuchli, muvozanatsiz, xarakatchanligi bilan
xarakterlanadi.
3. Nerv sistemasi xususiyatlari ko‘rinish darajasini aniqlash uchun olingan
algebraik summalarni protsentlarga (%) aylantiramiz. Shu maqsada dastavval
100%ga qabul qilingan son aniqlanadi, buning uchun xar bir grafadagi baxolangan
savollar soni eng ko‘p ballga, demak 3ga ko‘paytiriladi.
Masalan, birinchi grafada nerv protsesslarining kuchini ko‘rsatkichlari 16
savol. Tekshiriluvchi xamma savollarni baxoladi, xech qaerda 0 qo‘ymaydi, ya’ni
noaniq javob bermadi. Demak, (16x3) sonini 100% deb olamiz. Agar
tekshiriluvchi 2 savolni baxolamay, 0 qo‘ygan bo‘lsa, u vaqtda 100%ga 16x3 emas,
balki 14x3, ya’ni 42 o‘tadi. Shundan so‘ng proporsiya tuziladi (masalan N.S.kuchi
ballarning algebraik yig‘indisi +12 balni tashkil qildi. Bunda
Shunga qarab nerv sistemasining xususiyatlarining ifodalanish darajasi
xisoblab chiqiladi.
4. Olingan ma’lumotlarga asoslanib nerv sistemasining kuchi, muvozanati va
xarakatchanligi ifodalanishi yoziladi va bunda quyidagi taxminiy chegaralarga
rioya qilinadi: agar X-50% va undan ko‘p bo‘lsa, ifodalanish darajasi yuksak; 49-
25% bo‘lsa, o‘rtacha, 24 - 0% bo‘lsa, past bo‘ladi. Nerv sistemasining
tipologiyasiga asoslanib olingan ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi sxemasiga qarab
temperament tipi aniqlanadi.
Mashg‘ulot yakunida sport turini tanlashda olingan ma’lumotlardan
foydalanish masalalari muxokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |