313
Natijasini bir haftadan, oydan, yarim yil, bir yildan so`ng nazorat qilib borish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1.20. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi.
O
G
`
IZ
bo`shlig`i shilliq pardasi doimo endogen va ekzogen (ichki, tashqi
muhit) faktorlar ta’siri ostida bo`lib, turli xil kasalliklarning namoyon bo`ladigan
joyidir.
OG
`
IZ
bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarini sodir qiluvchi sabablar majmuasi
asosan quyidagilardir:
-tashqi muhit omillari (turli-tuman mikroorganizmlar, mexanik, fizik, kimeviy
ta’sirotlar)
-ichki muhit omillari (yoshga bog`liq bo`lgan organizm reaktivligi, irsiy moyillik,
immunitet holati, organizm a’zo va sistemalaridagi mavjud kasalliklar).
Og`iz bo`shlig`i shiliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi
ana shu muhit
omillari ta’sirini batamom bartaraf qilish yoki susaytirishga qaratilgan bo`ladi.
Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklari individual profilaktikasi
stomatologik poliklinikalarida qabul vaqtida amalga oshirilmog`i zarur. Mazkur
kasalliklarning ommaviy profilaktika usullari afsuski hali to`laqonli darajada
ishlab chiqilmagan.
Og`iz
bo`shlig`i
shilliq
pardasi
kasalliklari
aksariyat
qismining
epidemiologiyasi to`liq o`rganilmagan. Ba’zi bir kasalliklar ma’lum gurux aholi
o`rtasida o`rganilganligi va kasallik strukturasi to`g`risidagi ayrim to`liq
bo`lmagan ma’lumotlargina mavjuddir. Bu ma’lumotlar ham murojaat qilib kelgan
bemorlarda kuzatilib olingan xolos.
Kasalliklar etiologiyasini, patogenezining mexanizmlarini bilish, aniq tasavur
qilish kasalliklarni kelib chiqishining oldini olish yo`nalishida, kasallik keltirib
chiqaruvchi sabablar va ularga zamin yaratuvchi faktorlarni yo`qotish choralarini
ishlab chiqishda muhim o`rin tutadi.
Shuning uchun og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining
aksariyat kasalliklarining
etiologiyasi,
patogenezi,
epidemiologiyasi
kerakli
darajada
yaxshi
o`rganilmaganligi, profilaktika tadbir choralarining samarali, ommaviy usullarini
ishlab chiqishga imkoniyat bermaydi. Bolalar
OG
`
IZ
bo`shlig`i shilliq pardasi va
mexanik ta’sirotlar natijasida sodir bo`ladigan yara-chaqalar amaliyotda tez-tez
uchrab turadi. Buning profilaktik tadbir choralari bo`lib,
kariyes oqibatida
yemirilgan, buzilgan tishlarni oldirib tashlash, kariyes kovaklarini plombalash,
tishlarning o`tkir qirralarini silliqlash, noxush qiliqlarga (lab, lunj shilliq pardasini
tishlar orasiga olib so`rish, tishlash, tilni tishlar oralig`iga tiqish, chaynash va
boshq.) barxam berish, eski protezlar bo`lsa ularni korreksiya qilishdan iboratdir.
Bolalar o`rtasida
OG
`
IZ
bo`shlig`i shilliq pardasida uchrab turadigan qator
yuqumli kasalliklarni (o`tkir yuqumli kasalliklar, sil, zahm, virusli, zamburug`li va
boshq.) profilaktika qilish maqsadida olib boriladigan
ishlar infeksiyani bola
organizmiga tushishiga imkon bermasligi kerak. Bolalar jamoasida shifokor-
stomatolog bolalarga qarovchi tarbiyachilar, bog`cha opalarga har kuni bolalarni
albatta ko`rikdan o`tkazishni o`rgatishi kerak. O`tkir gerpetik stomatit
profilaktikasida bemor bilan kontaktda bo`lgan bolalarning burun shilliq pardasiga
314
virusga qarshi malhamlar surish (kuniga 2 mahal), profilaktika sifatida
gammaglobulin
kiritish, bemorlarni izolyatsiya qilish, idish tovoqlarga maxsus
ishlov berish va x.k. ishlarni amalga oshirmoq darkor.
Qaytalanuvchi gerpetik stomatitning patogenezi yaxshi o`rganilmaganligi
sababli profilaktika tadbirlari doimo samarali bo`lmasligi mumkin. Bu tadbir
choralar
asosan,
organizmning
nospetsifik
reaktivligini
oshirish
(immunomodulyatorlar, umumiy davo choralari, allergiyaga qarshi dori-darmonlar
bilan)ga qaratilgandir. Bunda organizmdagi (burun, tomok, quloq, tishlardagi)
surunkali infeksiya o`choqlarini bartaraf qilish, organizm sanatsiyasi yaxshi
yordam beradi.
Kandidamikoz (molochnitsa,
OG
`
IZ
oqarishi) xastaligi barcha yoshdagi bolalar
o`rtasida uchrashi mumkin.
Chaqaloklar va ko`krak yoshidagi bolalar
kandidamikozi zamonaviy
profilaktikasi tadbirlari bo`lib homilador ona organizmini kasalliklardan holi
qilish, tug`ish yo`llarini sanatsiya qilishdan iboratdir. Undan tashqari
tug`ruqxonalarda, uylarda sanitariya-gigiyena tadbirlarini o`tkazish (idish
tovoqlarni, kiyim-kechaklarni, parvarish vositalarini qaynatish) lozim.
Kandidamikoz kelib chiqishiga sabab bo`luvchi mahalliy faktorlar bo`lib
og`iz gigiyenasining yomonligi, davolanmagan tishlar, parodont kasalliklari
mavjudligi hisoblanadi. Shuning uchun og`iz bo`shlig`ining ratsional gigiyenasini
tashkil qilish, muntazam ravishda unga rioya qilish, tishlarni, milklarni o`z vaqtida
davolash, og`iz-bo`shlig`i sanatsiyasini amalga oshirish
ham kandidamikozlar
profilaktikasida muhim o`rin egallaydi.
Dori-darmon qabul qilish oqibatida sodir bo`ladigan allergik xastaliklarning
profilaktik tadbirlari asosan, antibiotiklar va boshqa dori-darmonlarni faqat vrach
ko`rsatmalariga to`liq amal qilgan holda, bir vaqtning o`zida organizm sezgirligini
pasaytiruvchi vositalar bilan birga qabul qilishga qaratilgan bo`ladi. Ba’zan
bemordan yaxshilab so`rab-surishtirishlar ularda allergik tabiatga mos xususiyatlar
borligini aniqlashga imkon beradi va noxush hollarning oldini olishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Avtoimmun kasalliklar bo`lib hisoblanadigan ko`p belgili ekssudatli eritema,
surunkali aftoz stomatit kabi xastaliklarning etiologiyasi va patogenezi to`liq
aniqlanmaganligi ularning profilaktikasida ancha qiyinchilik tug`diradi. Mazkur
xastaliklarning kelib chiqishida oshqozon-ichak
sistemasi kasalliklari, har xil
zaharli toksinlar ta’siri -intoksikatsiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Bu bemorlar
tekshirilib ko`rilganda ularda bakterial sensibilizatsiya va T-limfotsitlar tizimida
o`zgarishlar-buzilishlarni aniqlash mumkin. Ba’zi bir mualliflar kasalliklar irsiy
xususiyatga ega degan fikrlarni ham oldinga surishmoqda. Zikr qilinganlardan
kelib chiqib, profilaktika maqsadida yo`ldosh xastaliklarni erta aniqlab, davolash,
surunkali infeksiya o`choqlarini yo`qotish,
OG
`
IZ
bo`shlig`ini mukammal sanatsiya
qilish lozim. Kasallikning qaytalanishlari oralig`ida
organizmning spetsifik va
nospetsifik
reaktivligini
oshiradigan
dori-darmonlar
buyurish
maqsadli
hisoblanadi.