Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
7.4.1. Bednar yarasi 
Ba’zi bir hollarda organizmi kuchsizlangan bolalarda shilinish va yaralar 
yumshoq va qattiq tanglayning tutashgan chiziqlarida ponasimon suyakning (os 
sphenoidalis) tanglay o`siqlari proyeksiyasida simmetriya ravishda yuzaga kelishi 
mumkin. Bunga sun’iy ravishda ovqatlantirilayotgan bolalarga beradigan 
so`rg`ichning uzunligi va qo`polligi, ba’zi bir hollarda ona ko`kragining dag`alligi 
ham sabab bo`ladi. Bu xil turdagi shilinish va yaralarni 
Bednar aftasi
deb 
yuritiladi. Tanglay shilliq pardasidagi bunday jarohatlar to`qima oziqlanishi 
jarayonining buzilishi, yomonlashuvi oqibatida vujudga kelgani uchun anchagina 
uzoq (3-4 xafta) vaqt davom etadi. Ana shunday holat ko`pincha bola umumiy 
ahvolining o`zgarishiga, injiqlanishiga, tana haroratining ko`tarilishiga, uyqusining 
buzilishiga va ovqatlanishdan bosh tortishiga sabab bo`ladi. Bola bexol bo`lib 
darmonsizlanadi. Ko`krak yoki so`rg`ichni so`rishdan tezda to`xtab chinqirib 
yig`lay boshlaydi. Jarohatning uzoq cho`zilishida ikkilamchi infeksiya vujudga 
keltirgan yallig`lanish jarayoni aloxida o`rin tutadi. 
Shularni nazarda tutgan holda, davolash chora-tadbirlari avvalambor keltirib 


216 
chiqaruvchi sabablarni yo`qotishdan boshlanadi. Uzun so`rg`ichlar qisqartirilib, 
yumshoq va nozikroqlari tanlanadi. Ona ko`krak- so`rg`ichi emizishdan oldin 
yog`lab yumshatilishi shart. 
Ikkilamchi infeksiyaga qarshi kurashish bilan bir qatorda, yuqorida bayon 
qilingan o`simlik moylari va malhamlar bilan yara atrofidagi to`qimaning 
tiklanishiga e’tibor beriladi. Bulardan tashqari kasallikning asosiy noxush belgisi 
bo`lib hisoblangan og`riqka qarshi muolajalar o`tkazilishi lozim. 
Og`riqsizlantirish maqsadida, ayniqsa bolani ovqatlantirishdan oldin jarohat 
va uning atrofiga o`simlik moylariga yoki vazelin yog`iga aralashtirilgan anestezin 
surtish yaxshi natijalar beradi. Yallig`lanish jarayonining susayishini tezlashtirish 
uchun uyqudan oldin kuniga 3-4 marta jarohat va uning atrofi antiseptik eritmalar 
yoki dorivor o`simliklar damlamasi bilan yuvilib, unga oblepixa moyi, na’matak 
moyi, vanilin kabi malxamlar surtish zarur. Bolaning shaxsiy gigiyenasi va u 
o`ynaydigan predmetlar - o`yinchoqlarni toza tutish, so`rg`ichlarni qaynoq suvda 
yoki rangsiz KMnO
4
eritmasida chayish, ona ko`kragi gigiyenasiga amal qilish 
tuzalish jarayonini tezlashtiradigan omillardan hisoblanadi. 
Bolaga shifokor maslahatisiz mustaqil davo - tadbirlarini qo`llash noxush 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Maktab yoshidagi bolalardagi noxush qiliqlar: lab, lunjlarni tishlar orasiga 
olib so`rish, tilni tishlar orasiga olib o`ynash, tishlash, qalam, ruchkani og`ziga 
solish natijasida og`iz shilliq pardasining turli sohalarida surunkali travma ta’sirida 
jarohatlar yuzaga keladi. Bunday hollarga bolalarda hali asab sistemasining 
turg`unlashmanligi sabab bo`ladi. Oqibatda kelib chiqadigan jarohatlar shilinish 
yoki yara belgilari ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xildagi yaralar chegarasi notekis, 
atrofi qizargan, paypasla6 tekshirilganda asosi qattiq va og`riqli bo`ladi. Surunkali 
yallig`lanish jarayonida shilliq parda xususiy qavatida himoya hujayralar yig`ilib, 
infiltrat hosil qiladi va ko`pgina hollarda chandiqli jarohatlar paydo bo`ladi. 
Davolash tadbiri tishlarning o`tkir qirralarini charxlab silliqlash, yallig`lanish 
jarayonini susaytirish, jarohatni og`riqsizlantirish, ikkilamchi infeksiyaga va eng 
asosiysi noxush qiliqlarga qarshi kurashishdan iboratdir. Chandiq hosil bo`lgan 
hollarda ortodontik himoya plastinkalar taqib yurish buyuriladi. Ba’zi bir hollarda 
nevropatologdan maslaxat olish lozim. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish