95
Inson psixikasi
–
psixika
taraqqiyotning eng
oliy bosqichidir
Psixika (yunoncha
psychiros-ruhiy)
- yuksak
darajada tashkil topgan
materiya - miyaning
funksiyasi
Psixika – bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xususiyati, sub’ekt
tomonidan ob’ektiv
borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’ekt o’zidan
uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqini
va faoliyatini shaxsan boshqarishdir.
Evolyusion taraqqiyot davomida psixikaning eng
sodda ko’rinishidan
inson
ongigacha
taraqqiyoti
bir
qancha
bosqichlardan
iborat
bo’lgan. Tirik organizmlarda uzluksiz o’zgarib turuvchi hayot
sharoitlariga muvofiqlashuvini ta’minlaydigan harakat fikrlari instinktiv, individual va harakatning
intellektual shakli maydonga kela boshlagan. Tirik organizmni psixik
rivojlanish jarayoni bir-
biridan tamomila ajralib turuvchi 2 davrni o’z ichiga oladi: hayvonlar psixikasining rivojlanishi
biologik qonuniyatlarga: irsiyat, o’zgaruvchanlik, tabiat, saralanish qonunlariga bo’ysunadi va
odam ongi rivojlanadi.
Psixikaning riojlanishini, umuman tirik organizmlar rivojlanishi kabi 2
reja asosida
o’rganish mumkin: filogenez va ontogenez.
Erda hayotning paydo bo’lishi materiya taraqqiyotidagi yangi bosqich, materiya tuzilishiga
ko’ra ancha murakkab alohida xossalarga ega bo’lgan.
Seskanuvchanlik
- psixikaning paydo bo’lishida zaruriy xususiyat, majburiy shart-
sharoitdir.
Hayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi - sezuvchanlik paydo
bo’ladi. A.N. Leont’evning farazlariga ko’ra sezuvchanlik genetik jihatdan
qaraganda muhitning
organizmni boshqa taassurotlar bilan bog’lovchi, organizmni muhitda mo’ljal olishiga yordam
beruvchi, signallik vazifasini o’tovchi ta’sirlariga javob ta’siridan bo’lak narsa emas.
Ta’sirlanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish hayot tarzining o’zgachaligi bilan bog’liqdir. Yuksak
taraqqiyot etgan
hayvonlarda sezuvchanlik oshib, sezgi organlari shakllanadi. Taraqqiyotning
elementar sensor bosqichidan komplesk kuzgatuvchilarning, predmetlarning butunligiga aks ettirish
bilan ifodalanadigan qobiliyatiga, ya’ni perseptiv aks ettirishga o’tish amalga oshiriladi.
YAshash
sharoitlarini murakkablashuvi tirik organizmlarini muhitga moslashuvi zaruriyatini, materiyani sifat
jihatdan o’zgarishi aks ettirish usullarini takomillashtiruviga xatti-harakatlarini maqsadga muvofiq,
epchil bo’lishiga olib keldi.
Hayvon va odam psixikasidagi farqlar umumlashgan holda quyidagi sxemada o’z aksini
topgan.
Inson psixikasi – psixika taraqqiyotning eng oliy bosqichidir.
Do'stlaringiz bilan baham: