konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori
va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ongi tomonidan aks
ettirilishidir
, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik hodisalarning ilk talqini
qadimi yunon olimi Aristotel’ning «Jon haqida» nomli asarida berilgan.
O’tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda,
ma’lum kontseptsiya asosida o’rgangan bo’lsalar ham, albatta, o’z asarlarida psixik holatlarning aks
etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirishgan. Bular
4 xil manbada uchraydi:
1) Xalq ijodiyotida – rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar;
2) Maxsus ijodkor kishilar o’git – nasihat va hikoyatlarida;
3) Qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida;
4) Turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullarida, ya’ni ilmiy-
badiiy asarlarda.
2.
Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirish shakllari.
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya hisoblanmish kishi
miyasiga qadar barcha materiya moddiy olamning yalpi xususiyati – in’ikos etish xususiyatiga,
ya’ni ta’sirotga javob qaytarish qobiliyatiga egadir.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexaniq, fizikaviy yoki kimyoviy ta’siri
tarzida yuz berishi mumkin. Noorganiq tabiatdagi harakatning oddiy misollariga e’tibor qiling:
dengizdagi qoya suvning ta’siriga muayyan qarshilik ko’rsatadi – to’lqinlar qoyaga urilib qaytadi,
lekin qoyaning o’zi ham sekin – asta emirila boshlaydi; quyosh nuri suv yuzasiga kelib urilgach,
sinib qaytadi; elektr razryadlari natijasida ozon molekulalari hosil bo’ladi.
Jonli materiyaga in’ikosning biologik shakllari xos bo’lib, jonli materiyaning ma’lum bir
bosqichida esa in’ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo bo’ladi.
Materiya harakatining biologik shakli hayot – tabiat rivojlanishining sifat jihatidan yangi
bosqichidir. O’lik materiyadan tirik materiyaga o’tishni izohlaydigan qator gipotezalar mavjud.
Ulardan biri A. I. Oparinga tegishli bo’lib, unga ko’ra organiq moddalar – atomlari turli shakllarla
azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atamalari bilan bog’langan modda
uglerod negizida hosil bo’lgan birikmalarning paydo bo’lishi jonli materiya paydo bo’lishining
zarur sharti hisoblanadi. Oparinning gipotezasiga ko’ra taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosferada erkin
kislorod ajralib chiqib, organik moddalarda fotoximiyaviy reaksiyaning va fotosintezning yuz
berishiga olib keladi. Organik birikmalarning rivojlanishi jarayonida uglerodning juda ham
murakkab birikmalari benihoya katta molekulalar paydo bo’ladi. Bu molekulalar muhit bilan
doimiy modda almashinuvi bo’lib turishini taqozo qiladi. Bir-biri bilan qo’shilib kattalashuvi, yoki
maydalashib ko’payib turishi mumkin deb taxmin qilinadi. Bu o’ta katta molekulalar koatservantlar
deb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: o’sish, parchalanish.
Uzoq vaqt davom etgan evolyusiya natijasida hozirgi organizmlarda in’ikosning
qo’zg’aluvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak darajadagi shakllari–psixik hayotning
ifodalanishi shakllari bo’lmish sezgilar idrok, xotira, tafakkurga qadar turli xildagi shakllarini
ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |