2-ko‘chma mashg‘ulot
Mavzu: Biologiya darslarini kuzatish va tahlil qilish.
Ko‘chma mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad: Tinglovchilarning
biologiya darslarini kuzatish va tegishli mezonlar asosida tahlil qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik tajribalarini
o‘rganish.
Tinglovchilar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar
Mazkur mashg‘ulot umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.
Bunda darslarni tegishli mezonlar asosida tahlil qilish orqali o‘qituvchilarning
ilg‘or pedagogik tajribalarini o‘rganish tashkil etiladi.
Bu jarayonga ko‘chma mashg‘ulot tashkil qilingan maktab o‘qituvchilarini
jalb etish, ularning darslarini tahlil qilish orqali ularga metodik yordam ko‘rsatish
ham ko‘zda tutiladi. Mashg‘ulot natijasi sifatida quyida keltirilgan dars tahlili
varag‘i to‘ldiriladi va malaka ishiga ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |