4. Amaliy ishlar. O‘quv yili mobaynida o‘rganiladigan materiallar bilan
bog‘liq bo‘lib, o‘simliklarni ekish, parvarishlash, ko‘paytirish, maktab hovlisini
ko‘kalamzorlashtirish kabi ishlarni olib borishdan iborat bo‘ladi.
5. Ko‘rgazmalar, mavzuiy kechalar, musobaqalar tashkil etish.
Bunday ishlar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, mustaqil ravishda qo‘shimcha
bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojlarini va qiziqishlarini rivojlantiradi. Masalan,
o‘quvchilar o‘zlari uylarida parvarish qilgan xona o‘simliklarining ko‘rgazmasini
tashkil etishlari mumkin. Bunda o‘quvchilar o‘zlari o‘stirgan o‘simlikning nomi,
vatani, sistematikada tutgan o‘rni, parvarish qilish qoidalari, o‘simlikning
ahamiyati kabi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |