1.1- rasm. Avtotransportdan ajralib chiqayotgan tashlamalar.
14
2. Tadqiqod sharoitlari, ob‟ekti va uslublari
2.1. Tadqiqod sharoiti
Qismida o‗tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan,
tadqiqotning maksadi va vazifalari, ob‘ekt va predmetlari tavsiflangan, respublika
fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‗nalishlariga mosligi ko‗rsatilgan,
tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan
natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini
amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va bitiruv ish tuzilishi bo‗yicha
ma‘lumotlar keltirilgan.
Bitiruv malaka ish «Avtomobil-yo‗llar kompleksi ajratmalarining ekologik
monitoringi va inventarizatsiyasi xolatining taxlili» deb nomlangan birinchi bobida
AYK gaz ajratmalarining ekologik monitoringa va inventarizatsiyasining
zamonaviy muammolari taxlil etilgan.
Hozirgi kunda zararli ajratmalarni uskuna bilan o‗lchash va biologik monitoring
yo‗l yokasi zonalarini monitoring kilishning asosiy metoda bulib kolmokda.
Mazkur ikkala usul muayyan kamchiliklarga ega va, bundan tashkari, ular
issikxona gazlarini monitoring kilishga yarokli emas, chunki bunday gazlar
atmosferada ancha uzok vakt saklanib turadi va uning atmosferaga kelishi manbai
ma‘lum emas, bundan tashkari C0
2
bioindikatorlarga ziyon etkazmaydi. Xrzirgi
kunda inventarizatsiya asosida xisob-kitobning ikki tamoyili turadi: 1) yonilgi sarfi
bo‗yicha; 2) avtotransport vositalarining (ATV) jamiy bosib utgan yuli. Mavjud
inventarizatsiya usullarning kamchiligi shundaki, ularda fakat ATV atmosferaga
chikargan gazlar xisobga olinadi, AIKdan foydalanish (yul ta‘mirlash, ATT
materiallarni ishlab chikarish va x-k.) bilan bog‗lik jarayonlardagi ajratmalar esa
xisobga olinmaydi. Bundan tashkari, inventarizatsiya utkazish paytida monitoring
natijalaridan foydalanilmaydi[12].
Monitoring natijalari buyicha chikarilgan zararli gazlarni inventarizatsiyasini
utkazish imkoniyatini beradigan normativ kursatkichni topish atmosferaga
chikarilayogan gazlarning mivdorini baxolash ishini ancha engillashtirishi
mumkin. AYK chikaradigan gazlarni monitoringi va inventarizatsiyasi butun
15
kompleksning xolatini, ya‘ni yul va avtomobillar xolatini xisobga olgan xolda
utkazilishi kerak.
O‗zbekistan Respublikasida avtomobil yullarining xolatini baholashda ball
tizimi qabul qilingan. Avtomobil yo‗llarining umumiy xolatini aniklaydigan
ballardan tashkari, yul koplamasining tekisligini baxrlaydigan ballar xam
belgilangan. «A‘lo» bahosi 3,5-4 IRI tekislik darajasiga beriladi. Ozbekistonda
yo‗llaridagi harakat jadalligi asosan 0,5...5 ming avt./sut tashkil etadi
(2012y.ma‘lumotlari bo‗yicha). Harakat jadalligi o‗sishi ko‗rsatkichi: q=1,04.
Avtomobil transportini harakatga keltirish uchun benzin, dizel yonilg‗isi,
shuningdek, siqilgan va suyultirilgan gaz ishlatiladi. Umuman atrof muhitga AYK
ning ta‘sirini kompleks baholash usulini yaratish uchun avtomobil yo‗llarining
hayotiy sikli davomidagi barcha jarayonlarni bog‗lab turuvchi ta‘sir omilini
aniqlash zarur.
Bitiruv malaka ishining «Avtomobil-yo‗l kompleksidan chiqariladigan ajratmalarni
yo‗l qoplanmalari xolati parametrlari bo‗yicha inventarizatsiya qilish usulini
asoslashning nazariy asoslari» deb
nomlangan ikkinchi bobi Ayk atmosferaga chikaradigan gazlarni yo‗l
qoplamasining holatiga asoslangan inventarizatsiyasini o‗tkazish uchun kriteriyani
tanlash masalasiga bag‗ishlangan. Atmosferaga ajratmalarning asosiy manbasi
avtomobil bo‗lib, u bevosita yo‗l bilan bog‗lik bo‗lib, shu tariqa «yo‗l-avtomobil»
tizimini tashkil etadi. Yo‗l qoplamasining holatini avtomobil tezligi belgilaydi,
unga esa, o‗z navbatida, yonilg‗i sarflanishi va shunga muvofik, atmosferaga
chiqariladigan gaz miqdori bog‗liq. Yo‗l qoplamasining xolati ko‗rsatkichlari
qatoriga uning avtomobil tezligiga ta‘sir qiladigan tekislik darajasi va tirkalish
sifatlari kiradi. Tirkalish sifatlarining ta‘siri asosan qish davrida ko‗rinadi.
O‗zbekistan Respublikasida noldan past xaroratli davr qisqa bo‗lganligi tufayli,
qoplama tekisligini boshqa teng sharoitlardagi avtomobil chiqaradigan gazlar
miqdorining o‗zgarishlarini yuzaga keltiradigan omil deb xisoblash mumkin. Atrof
muhit ifloslanishining yo‗l qoplamasi tekisligiga matematik bog‗liqligi
quyidagicha aniqlandi: N.YA. Govorushenko uslubi asosida yakka avtomobilning
16
mumkin bo‗lgan tezligini {V
a
) yo‗l qoplamasining tekisligi darajasi bilan
bog‗laydigan tenglama chikarildi:
K
a
= 3 ,6-10
3
--- (1)
bunda t
g
– ko‗zovning vertikal tezlashuvi, m/s
2
; M -avtomobil massasi, kg; S -
amortizatorlardagi qarshilik, N.s/m; s – yo‗l qoplamasi tekisligi, sm/km
1
.
Geografik o‗rni Samarqand vohasi O‗rta Osiyoning markaziy qisimida,
Zarafshon vodiysining o‗rta oqimida joylashgan bo‗lib, shimoldan Nurota tog‗
sistemasining Oqtov va Qoratov tarmog‗i bo‗lib, u bilan janubda esa Zarafshon
tog‗ tizmasi bilan chegaralanadi. Uning sharqiy chegarasi Ravotxo‗ja yoki 1 may
to‗g‗oni bilan g‗arbda esa Oq va Qoradaryoning tutashgan Hazora qishlog‗i
atrofidan o‗tadi.
Vaho Ravotxo‗ja pasyolkasidan g‗arbga tomon kengayib boradi va ayrim
joylarda uning kengligi 50 - 55 km vodiyni tashkil qiladi.
Vodiy g‗arbga tomon pasayib allyuvall yotqiziqlaridan iborat keng
territoriyani vujudga keltiridi. Samarqand viloyatining sug‗oriladigan asosiy
qishloq xo‗jalik ekinlari ana shu tekislikda joylashgan.
Zarafshon vohasida ham landshaftlarning vertikal zonal o‗zgarishi yaqqol
namoyon bo‗lgan, bu singari o‗simlik qoplami ham o‗zgarib boradi. Voha
o‗simliklarini Q.Z. Zokirov 1955 yil quyidagicha to‗rtta zonaga ajratadi.
1. CHo‗l zonasi- balandligi 500 (600) m, relefi tekislik, iqlimi juda issiq, yaylov
sifatida yil bo‗yi foydalaniladigan territoriyalar.
2. Adir zonasi- balandligi 500-600 m 1200 (1500) m relefi tog‗ oldi iqlimi issiq
bahori, kuzgi, qishgi yaylov sifatida foydalaniladigan territoriyalardir[13].
3. Tog‗ zonasi- balandligi 1200 (1500)- 1700 (2800) m relefi tog‗li iqlimi salqin
yaylov sifatida bahorda yozda, kuzda foydalaniladi.
4. YAylov zonasi- 2700-2800 m relefi baland tog‗li, iqlimi sovuq yaylovsifatida
yozda foydalaniladi.
Nurota, Oqtov, G‗ubdintov, Ziyoddin Zirabuloq tog‗ oldi etaklarida chala
cho‗l va cho‗l o‗simliklari asosiy o‗rinni egallaydi. Bu erda shuvoq efermer
o‗simliklari ko‗pchilikni tashkil etadi. Tog‗ etaklarining ayrim joylari ko‗ziquloq
17
o‗simliklaridan iborat[8].
Rang qo‗ng‗irbosh, bug‗doyiq, qiltiq chitir kabi efemer yaylov
o‗simliklaridan hisoblanadi.
Zarafshon vohasi tabiiy sharoitining xilma - xilligi hayvonot dunyosining
xilma - xilligida ham ko‗rinadi. Bu erda qumli cho‗llarda, cho‗l-dasht zonasida,
tog‗ oldi va tog‗ zonasida, daryo vodiysida joyning landshaft sharoitiga
moslashgan hayvonot turlari yashaydi.
Zarafshon o‗rta oqimining shimoliy-g‗arbiy qismi Qizilqum territoriyasida
joylashgan. SHuning uchun bu erda yashovchi hayvonlarning rangi ko‗lga
o‗xshash bo‗ladi ya‘ni sarg‗ish rangda. Qumli cho‗llarda sudralib yuruvchilardan
cho‗l kaltakesagi, tur-tur kaltakesak, ilonlardan cho‗l bug‗ma iloni va charx ilon
efa xarakterlidir.
Qushlardan xo‗jasavdogar, chul burg‗ayi, qarg‗alar va boshqalarni uchratish
mumkin.sut emizuvchilardan ingichka barmoqli yumronqoziq, sichqon, taroq
barmoqli qushoyoq, tipratikan shuningdek bo‗ri, tulki, jayron, quyonlar ham
tarqalgan[9].
Samarqand viloyatining Zarafshon vodiysi soylarida oddiy Marinka,
Zarafshon daryosida Turkiston tangabalig‗i, Turkiston usachi, Marinka-sazan
(zog‗ora baliq), laqqa baliqlari tarqalgan.
Zarafshon vodiysining o‗rta oqimida joylashgan bo‗lib, shimoldan Nurota
tog‗ sistemasining Oqtov va Qoratov tarmog‗i bo‗lib, u bilan janubda
18
Do'stlaringiz bilan baham: |