Bibliografik xabar — bibliografik axborot elementi va
ma’lum bir tartibda keltirilgan hujjat qismi yoki hujjatlar
guruhi haqidagi asosiy ma’lumot bo‘lib, u og‘zaki yoki yozma
shaklda beriladi. Kutubxonalar har qanday voqea, hodisa,
siyosiy yangilik, ishlab chiqarish muammolari va ularni hal etish
yo‘llari, ilg‘or tajribalar, ixtirolar, kashfiyotlar hamda asarlar
haqidagi ma’lumotlarni ana shu shaklda tezkorlik bilan bajaradi.
Ayniqsa, tezkor axborotga muhtoj, ammo imkoniyatga ega
bo‘lmagan tashkilot va muassasalar maqsadiga xizmat qiluvchi
bibliografik xabarlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, birinchidan,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, o‘zaro
hamkorlikni ta’minlaydi, uchinchidan, kutubxonalar faoliyatiga
yordam beruvchi homiylarni jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |