Microsoft Word Abdulloyev Anvar, Bitiruv malakaviy ishi doc


I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana30.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#88388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
turizm menejmentida motivlashtirishni rivojlantirish imkoniyatlari

I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 

TURIZM MENEJMENTIDA MOTIVLASHTIRISHNI  

RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 

 

1.1. Turizm menejmentida motivlashtirish tushunchasi, nazariyalari va 

modellari 

 

       Ruscha-o'zbekcha lug’atda motivatsiya, ya’ni motivlashtirish tushunchasi biror 



ish yoki harakatning yo’zaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar, isbotlar, 

bahonalar,  vajlar  yoki  sabablar  majmui  ma’nosida  talqin  qilinadi.  Bu  tushuncha 

bevosita inson omili bilan bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak : 

Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining  manbai, sababi, dalili va 

har 

xil 


turli 

ehtimollaridir. 

xodimlarni 



jonli 

mehnat 


faoliyatiga  

rag’batlantiruvchi kuchli vosita bo’lib hisoblanadi. 

       Boshqacha  qilib  aytganda,  motivlashtirish  –  bu  kishilar  faoliyatini  ruhiy 

yo’llar  bilan  maqsadga  muvofiq  yo’naltirish  hisoblanadi.  U  muayyan  ehtiyojni 

qondirish bilan bog’liq bo’lib, ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo’ladi. 

       Inson  tirik  jon  sifatida  ovqat  yeyish,  uxlash,  dam  olib  o’z  kuchini  tiklash, 

o’zini  issiq-  sovuqdan  asrash  ehtiyojlariga  ega.  Mazkur  ehtiyojlar  moddiy,  ya’ni 

kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. 

       Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, 

bo’larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va 

sog’lom  hayot  kechirib  o’zoq  umr  ko’rish  kiradi.  Aytilgan  ehtiyojlar  moddiy 

shaklga  ega bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi. Umuman:  

       Ehtiyoj  –  odamlarni  harakatga  intiltiruvchi,  qo’zg’atuvchi  motiv  bo’lib 

hisoblanadi. 

       Ehtiyoj  qat’iyan  tabaqalashgan  bo’ladi.  Ya’ni  u  kishilarning  odati,  didi  va 

ruhiyatiga  ,  yoshi  va  jinsiga  ,  oilaviy  ahvoli  va  millatiga,  mehnat  va  yashash 

sharoitlariga ham bog’liq. 

       Eng  muhimi  xilma-xil  ehtiyojni  qondirish  uchun  xilma-xil  faoliyat  va  uni 

muvofiqlashtiruvchi  boshqaruv  talab  qilinadi.  Ehtiyoj  orqali  kishilarni 



 

motivlashtirish  jarayonini  quyidagi  chizmamizda  ifodalashimiz  mumkin  bo’ladi 



(1.1-chizma): 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1-chizma. Ehtiyoj va u orqali kishilarni motivlashtirishni ifodalovchi model 

 

 

 



1.1- chizma. Ehtiyoj va u orqali kishilarni motivlashtirishni ifodalovchi model 

 

       Ko’rinib  turbdiki,  motivatsiya  jarayoni  qandaydir  ehtiyojga  bo’lgan 



yetishmovchilikdan  yoki  qoniqishning  yetarli  yoxud  umuman  yo’qligidan  

boshlanadi.  So’ngra  shu  qoniqishga  erishish  uchun  maqsad  sari  harakat  qilinadi. 

Agar  u  muayyan  narsadan qoniqish  hosil  qilsa,  u  xolda keyingi  motiv  uni boshqa 

yuqoriroq ehtiyojga rag’batlantiradi. 

       Kishilarni boshqarayotganda, albatta , qator savollar xayoldan o’tadi. Masalan, 

nima  uchun  odamlar  ishlaydi?  Nima  uchun  biri  yengil  ishni  bajaradi  va  qoniqish 

olmaydi,  boshqasi  esa  mamnuniyat  bilan  og’ir  ishni  bajaradi?  Kishilar  yaxshiroq 

va  unumliroq  ishlashlari  uchun  nima  qilmoq  kerak?  Ish  jarayoni  qiziqarli  bo’lishi 

uchun  nima  qilish  kerak?  va  shu  kabi  savollar  .  Mehmonxona  rahbariyati  ajoyib 

rejalar va ustuvorlikni ishlab chiqishi, eng maqsadga muvofiq to’zilmani qo’llashi 

va  samarali  o’zatish  tizimini  tashkil  etishi  va  axborotga  ishlov  berishi, 

mehmonxonani  eng  zamonaviy  jihozlar  bilan    jihozlashi  va  o’ta  zamonaviy 

texnologiyalarni  ishlatishi  mumkin.    Ammo  tashilot  a’zolari,  ya’ni  xodimlar 

kerakli  darajada  ishlamasalar,  o’z  vazifalarini  bajara  olmasalar,  jamoada  o’zlarini 

mos ravishda tuta bilmasalar, o’z mehnatlari bilan  mehmonxonaning maqsadlariga 

erishishiga  va  uning  bosh  vazifasining  bajarilishiga  hissa  qo’shishga  intilmasalar 

barcha imkoniyatlar yo’qqa chiqib ketadi. 

 

Ehtiyojlar 



(yetishmov-

chiliklar) 

Motiv 

yoki 


istaklar 

Harakat 


(tutgan 

yo’l) 


Maqsad 

 

 



Ehtiyojni qondirish natijalari: 

1.  Qoniqdi 

2.  Qisman qoniqdi 

3.  Umuman qoniqmadi 




 

       Kishining  o’z  ishiga  tayyorligi,  xohishi  va  uni  bajara  olishi  mehmonxonani 



muvaffaqiyatli  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  muhim  omil  hisoblanadi.  Xodimlarni 

samarali  boshqarishga  ularning  moyilligi,  ya’ni  o’z  ishini  xush  ko’rishi,  rag’bati, 

ixlosi, kayfiyati, hafsalasi, xohishini tushunish orqali erishiladi. 

       Insonning  faoliyatga  moyilligi  deganda  harakat  kuchlar  yigindisi,  ma’lum 

harakatni amalga oshirishga kishini undash yoki majbur qilish kabilar tushuniladi. 

        Bu  kuchlar  kishidan  tashqarida  yoki  ichida  bo’lib,  uni  anglashga,  tushunib 

yetishga majbur qiladi yoki anglamagan xolda ba’zi nojo’ya harakat sodir qildiradi. 

Bunda  alohida  kuchlar  orasidagi  bog’liqlik  va  inson  harakati  bevosta  juda 

murakkab  tizimda  o’zaro  ta’sir  etadi,  shu  sababli  turli  kishilar  bir  ta’sirga,  tashqi 

bir xil kuchga mutlaqo har xil natija ko’rsatishlari ham mumkin. 

       Yuqoridagi  fikrlarni e’tiborga olib,    moyillikka aniqroq  ta’rif  berish  mumkin. 

Motivatsiya  –  bu  kishini  faoliyatga  undovchi  ichki  va  tashqi  harakatlantiruvchi  

kuchlar yig’indisi, faoliyatga undovchi bu kuch unga chegaralar va shakllar beradi 

va  bu  faoliyatga  yo’nalish  ko’rsatadi,  ma’lum  maqsadlarga  erishish  yo’lini 

mo’ljallaydi.  Motivatsiyaning  inson  xulqiga  ta’siri  ko’p  omillarga  bog’lik, 

shuningdek,  ko’p  holatlarda  inson  faoliyatidan  kelib  chiqib  ta’sirlar  o’zgarishi 

mumkin. 

       Motivatsiya  tavsifini  tushunish  uchun  inson  ehtiyoji,  sababi,  vaj  –  sabablari, 

rag’batlantiruvchi  omillar,  rag’batlantirish,  zo’r  berish,  urunish,  qat’iyat,  halollik, 

biror maqsadga qaratilganlik kabi faoliyat tavsiflarini aniqlay bilish lozim. Albatta, 

ular  orasiga  aniq  chegara  qo’yish  qiyin,  lekin  ma’nolarining  asosiy  tushunchasini  

anglash muhim hisoblanadi. 

       Rag’batlantirish  yoki  qiziqtirish  odamlarning  vaj-sabablari  uchun  har  xil 

rag’batlantiruvchi omillardan foydalanish jarayonidir. 

       Motivatsiyaning  ta’siri  ostida  kishi  faoliyatida  aniqlanishi  mumkin  bo’lgan 

faoliyat  tavsiflari  quyidagilar:  zo’r  berish,  harakat  (hafsala)  qilish,  qat’iyat, 

halollik, maqsadga qaratilganlik kabilar. 

       Motivatsiyaning  faoliyatga  ta’sir  etishining  keyingi  tavsifi  –  bu  boshlagan 

ishini qunt bilan davom ettirish va rivojlantirishdir. 



 

       Ishni  bajarishda  mehmonxonadagi  barcha  zarur  talablar  va  me’yorlarini  



hisobga olib, halollik bilan vijdonan ishni ijro etish ko’plar uchun muhim shartdir, 

aynan  shunday  xodimlarning  mavjudligi  mehmonxonada  ishni  muvaffaqiyatli 

bajarilishiga asos bo’la oladi. Xodim yuqori malakali va bilimli, qobiliyatli bo’lishi 

mumkin,  ko’p  ishlashi  mumkin.  Mehmonxona  rahbariyati  buni  yaxshi  anglagan 

holda  moyillik  tizimini    shunday  ishga  solishi  lozimki,  bu  orqali  xodimlarning 

ushbu xulqiy tavsiflari, xususiyatlari taraqqiy etib borishi kerak. 

       Xodim  o’z  ishini  bajarishi  jarayonida  o’zida  ma’lum  qoniqish  hosil  qilsa,  u 

ushbu  o’zi  ishlayotgan  mehmonxonasining  maqsadlariga  erishishiga  yordam 

bergan  bo’ladi.  Mehmonxonada  ham  xodimlarni  boshqarish  uchun  xodimlar 

harakati  nimaga  qaratilganligini  bilish  boshqaruvchi  uchun  juda  muhim 

hisoblanadi.  Chunki  moyillik  yordami  bilan  bu  harakatlar  yo’nalishini  aniq 

maqsadlarga mo’ljallаsh mumkin.  

       Motivatsiya  nazariyasining  yo’nalishlari  ichida  “ichki  moyillik  ”  va  tashqi 

moyillik“  larning  munosabati  haqidagi  savollar  yetarlicha  o’rganilmagan. 

Haqiqatdan ham ularning chegarasini aniq ajratib bo’lmaydi. 

       Motivatsiya  jarayon  bo’lib,  nazariy  jihatdan  navbatma  -  navbat    keluvchi  olti 

bosqichdan iborat (1.2 - chizma) : 

       Birinchi bosqich. Inson ehtiyojlarining paydo bo’lishi. 

       Ikkinchi bosqich. Ehtiyojni barataraf etish yo’llarini izlash. 

       Uchinchi bosqich. Harakatlar yo’nalishini   aniqlash. 

       To’rtinchi  bosqich.  Harakatni  amalga  oshirish  –  bu  bosqichda  xodim 

harakatini amalga oshirishi uchun katta kuch sarflaydi, oqibatda moyillikka teskari 

ta’sir etadi va ehtiyoji qondiriladi. 

       Beshinchi  bosqich.  Harakatni  amalga  oshirgani  uchun  rag’bat  olish,  ehtiyojni 

bartaraf etishga qadar bo’lgan holat. 

       Oltinchi  bosqich.  Ehtiyojni  bartaraf  etish.  Bu  bosqich  amalga  oshganidan 

so’ng,  yangi  bir  ehtiyoj  paydo  bo’lgunga  qadar,  xodimlar  o’z  faoliyatlarini 

kamaytirishlari  yoki  oldingi  kabi  intilish  darajasining  yo’qligi  sezilishi  mumkin. 

Motivatsiyaning mohiyati ham shundadir. 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                                                                               

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1.2 – chizma. Moyillik   jarayoni  bosqichlari 

 

       Motivatsiya  nazariyasi  ruhiy  omil  bo’lib,  xodimlar  harakatiga  maqsadlilik  va 



aniq  yo’nalishga  egalik  baxsh  etishi  bilan  xarakterli  hisoblanadi.  Bu 

nazariyalarning  diqqat  markazi  ma’lum  darajada  ehtiyojlar  va  ularni  moyillikka 

tasirini tahlil qilishda mujassamlashadi. 

       Boshqaruv  vazifasi  –  bu  boshqaruvchining  aqli,  uning  markaziy  asab  tizimi, 

boshqarish  vazifasi  qanchalik  murakkabroq,  tabaqalashganroq  bo’lgani  sari  

rahbarlik  qilish  oldida  har  qanday  vazifa  ichida  ham  va  vazifalararo  yo’nalishda 

ham boshqarishni takomillashtira olish vazifasi turadi. 

       Natijada 

boshqarish 

vazifasidan 

asta 

– 

sekin 



boshqarishni 

takomillashtirishning  mustaqil  vazifasi  sifatida  xususiy  vazifa  ajralib  chiqadi.  Bu 

vazifa  moyillikdir.  Bunda  xodimni  boshqarishdan  maqsad  uning  samarali  va 

mahsuldor ishlashi uchun  xodim qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratishdir. 

       Motivatsiya mazmunining nazariyasi inson ko’nglini uning faoliyatiga majbur 

etishga  qaratilgan.  Bu  guruh  moyillikning  nazariyalari  ichida  keng  tarqalganlari 

quyidagilar: 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish