Xomashyo omili.
Ayrim mahsulotlarni olish uchun xomashyo ko’proq
sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Xomashyoga
asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o’rganish eng avvalo, mamlakat
tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi.
Yoqilg’i-omili.
Ishlab chiqarishning deyarlik barcha sohalari faoliyatini
tashkil etishda, ularni sanoatining dastlabki bosqichini joylashtirishda asosiy rol’
o’ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim etakchi kuchga ega emas. Bunday hol neft
va uning mahsulotlari, hamda tabiiy gaz asosida ishlovchi agregatlar va uskunalarni
ishlatishga taalluqli bo’ladi. Yoqilg’i omili iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim
strategik omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |