ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 930
Soliq organlarining maʼlumotlar markazini modernizatsiya qilish loyihasi
iqtisodiyotning "soya" va "xufiyona" sektorini qisqartirish, iqtisodiyotning shaffofligini
oshirish, teng raqobat sharoitlarini yaratish bilan bogʻliq katta umidlarga ega edi. Soliq
toʻlovchilar uchun bu "aqlli" portallar va individual faol xizmatlarni yaratish, yanada
qulay ish sharoitlari va minimal maʼmuriy yukni kasb etadi.[14-17]
Yanada raqamli texnologiyalar rolini oshirish va xufiyona iqtisodiyotiga qarshi
kurashish uchun muhim chora sifatida soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish,
davlat iloji boricha tezroq maʼlumotlar markazi loyihasi vazifalarni amalga oshirilishini
taʼminlash
kerak.[19-22]
Maʼlumotlar
markazini
kengaytirish
va
soliq
maʼmurchiligining texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish qoʻlda bajariladigan
operatsiyalar hajmini, axborotni qayta ishlash vaqtini qisqartiradi, protseduralarni imkon
qadar rasmiylashtiradi va avtomatlashtiradi hamda soliq toʻlovchi xizmati sifatini
sezilarli darajada yaxshilaydi. Toʻliq avtomatlashtirish soliq maʼmurchiligini
takomillashtirishning asosiy vektorlaridan biridir.[21]
QQS toʻlovini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi maqsadida tadbirkorlik
subyektlari tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarni joriy etish boʻyicha oʻtkazilgan
tajriba natijalari ommaga eʼlon qilinishi, mavjud muammolar umumlashtirilishi va
ularni hal etish boʻyicha favqulodda choralar koʻrilishi lozim.
Maʼlumotlar markazi axborotlaridan foydalanuvchilar doirasi va koʻlamini
kengaytirish zarur, chunki soliqni sertifikatlash tizimi toʻliq joriy etilgandan soʻng soliq
toʻlovchilar haqidagi maʼlumotlarni toʻliq qamrab olish talab etiladi.
Maʼlumotlar markazining kengayishi barcha olingan maʼlumotlar oqimlarini real
vaqtda birlashtirish imkonini beradi. Rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirish
natijasida soliq toʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish
maqsadida soliq organlari interaktiv xizmatlar ulushining bosqichma-bosqich
koʻpayishini taʼminlashi lozim. Jumladan-soliqlarni hisoblash, budjetlar bilan hisob-
kitoblar kartochkalari boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash, soliq toʻlovchiga hujjatlarni
shakllantirish va joʻnatish, soliq toʻlovchilarni tekshirish uchun dastlabki tanlash va
boshqalar.
Hozirgi kunda soliq maʼmurchiligi, shu jumladan, soliqlar va boshqa majburiy
toʻlovlarni undirish, soliq bazasini kengaytirish va soliq toʻlovchilarning huquqiy
madaniyatini oshirish sohasidagi asosiy muammolar quyidagilardan iborat:
1) soliq organlari faoliyatiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan samarali
nazorat va oʻzaro hamkorlikni, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish tizimining
yaxshi yolga qo’yilmaganligi;
2) soliq huquqiy munosabatlarining holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil
qilish, soliq siyosatining oʻrta va uzoq muddatli yoʻnalishlarini ishlab chiqish, joriy
soliq muammolarini oʻrganish, shuningdek soliq tushumlarini byudjetga ishonchli
prognozlashtirishni amalga oshirish;
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |