Xo‘jalik oboroti
Xo'jalik oboroti deganda baliqchilik xo'jaligida chavoqdan tortib to
tovar massasigaclia yetkazish tushuniladi. Baliqni
to tovar massasigacha
yetkazgunga qadar boqiladigan davomiylik faoliyati (xo'jalik oboroti)
turlicha bo'lishi mumkin.
Hovuz baliqchilik xo‘jaligida ikki yozgi yoki ikki yoshli oborotga
asoslangan, ya’ni baliq tovar massasi 0,8—1,0 kg yetgunga qadar bo-
qiladi. Bunday og'irlikka yetkazish uchun 16-17 oy (bir yil to'liq va
bir yoz boqiladi). Birinchi yili o‘tkaziladigan material-segoletka (baliq-
cha) og'irligi karp 30-35 g, oq amur 150—200 g va do'ngpeshana 70—
80g. Ikkinchi yil davomida tovar baliq yetishtiriladi. Karp 450—500 g,
do'ngpeshana 600—800 g, oq amur 1000 g gacha og'irlikka ega bo'ladi.
Agarda tovar baliq aytilgan og'irlikka yetmasa uchinchi yili ham boqish
mumkin. llozirgi kunda ikki yillik oborot amal qilmoqda. Uch yillik
oborot ham tashkil qilish mumkin.
Uch yozli karplarni yetishtirish
Respublika hovuz baliqchilik xo'jaliklarida asosan ikki yozli karp
yetishtiriladi. Baliqchilik qoidasiga muvofiq
ikki yozli karpning massasi
450—500 g bo'lishi kerak. Ammo xo'jalikda yo‘l qo'yilgan xatoliklar sa-
babli (tig'iz o'tkazish 3—5 ming ta/ga), yoki to'yimli omuxta yem bilan
boqmaslik, o'z vaqtida oziqlantirmaslik, tabiiy ozuqaning yetishmasligi
sababli karpning massasi 200—250 g ga yetadi. Hattoki bundan ham
kichik bo'ladi. Bularning foiz ko'rsatkichi 30—50 ni tashkil qiladi. Bun-
day mayda karpchalarni «uvildiriq»lar deyiladi. Kuzda tovar baliqlar ov-
langanda me’yoriga yetmagan karplar qishlash hovuziga ko'chiriladi va
uchinchi yoz ham boqiladi. Karplarning og'irligi 700-800
g ga yetishi
mumkin. 1 s 350—400 g ikki yozli karp yetishtirish uchun 336 ta sego-
letka kerak bo'lsa, 1 s uch yozli — 750 g li karp yetishtirish uchun 211
ta ikki yoshli karp yetarli. Uch yoshli karpning sergo'shtligi ikki yoshli
karpga nisbatan 2—3 foizga yuqori bo'ladi. Shu sababli bozor talabini
inobatga olib 700—800 g karp yetishtirish uchun uch oborotli baliqchi
lik former xo'jaliklari ham shakllanadi. Xuddi shu tarzda oq va chipor
do'ngpeshana, oq amur ham boqilishi mumkin.
Baliq yetishtiruvchi hovuzlarning biologik va te.xnik xarakteristikasi
Baliq o'stirish uchun mo'ljallangan hovuzning chuqurligi, maydoni,
suv
almashinib turishi, o'stiriladigan baliq turining biologik xususi-
yatiga bog'liq.
50
Issiq suvli hovuzlarda boqiladigan baliq turlari issiqsevar bo'iib, oziq
moddalarga boy bo'lgan hovuzlar talab qilinadi. Issiq hovuzlarda oziq
moddalar tez yetiladi va ko'p miqdorda bo'lishi kerak (10—12 g/m 3).
Karp kabi turlarga moijallangan hovuzlar chuqurligi 1,0—1,5 rnetr,
tuprog'i organik moddaga boy bo'lib, umumiy maydonining 10—15%
da yuksak suv o'simliklar tashkil qilinishi kerak (suv tubi o'simliklari —
rdest, xara, unit, shoxbarg). Dag'al suv o'simliklari (lux, qamish) ning
bo'lishi shart emas.
Baliq hayotining turli davrlarida, ular biologik xususiyati va muhit
sharoitiga nisbatan o'zgaruvchandir. Shu xususiyatlarni hisobga olib,
turli xil yoshdagi baliqlar uchun hovuzlar quriladi.
To'liq sistemali issiq suv hovuz xo'jaliklari suv bilan ta’minlanishiga
qarab belgilanadi:
1) bosh hovuz; 2) yetishtiruvchi — yozgi
va qishki hovuzlar; 3) sa-
nitar — profilaktik — karantin — izolatsiyalashgan hovuzlar va hovuz
sadoq yordamchi xo'jaliklar bo'ladi. Mahalliy sharoitda baliq yetishti-
rishning to'liq sistemasining sxemasi 16-rasmda ko'rsatilgan. Bu sxema
zovur yoki sug'orish kanallari orqali suv bilan ta’minlashga asoslan-
gan. 17-rasmda daryo orqali suv bilan ta’minlangan hovuz baliqchilik
xo'jaligi ko'rsatilgan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: