Baliqlar migratsiyasi
Baliqlar va boshqa hayvonlar o‘z yashash joylarini faol ravishda yoki
passiv ravishda almashtirib turish xususiyatiga ega. Bunday xususiyatga
migratsiya deyiladi.
Baliqlar bir suv havzasining u yoki bu tomoniga ko‘chib yashaydilar.
Hayot siklining u yoki bu stadiyasini suv havzasining turli zonasida
o‘tkazadilar.
Baliqlar migratsiyasining o‘ziga xos xususiyati, asosan moslanish
xulqini namoyon qiladi. Turning yashashi uchun qulay joy qidiriladi.
Migratsiya hayot siklining asosiy zvenolaridan biridir.
Baliqlarning migratsion sikli quyidagilardan iborat:
1) nerest migratsiyasi, ya’ni baliqlarning yaylov yoki ozuqa zo-
nasidan yoki qishlash joyidan ko‘payish joylariga, nerest o‘tadigan joy-
larga o'tishi;
2) nagul (yaylov) yoki ozuqa joyga qarab migratsiya;
3) qishlash joyiga qarab migratsiya;
4) suviikning chuqur joylariga qarab migratsiya.
Baliqlarning migratsiya siklini sxematik ravishda quyidagicha tas-
virlash mumkin.
Turli xil baliqlarning migratsiya siklining sxemasi (G.V. Nikolskiy,
1974) 71-rasmda ko‘rsatilgan.
71-rasm .
Baliqlarda kuzatiladigan migratsiya sxemasi
3 1 2
Baliqlarning migratsiya siklini amalga oshirish xarakteriga qarab
migratsiyalanuvchi baliqlarga va o‘troq baliqlarga bo‘linadi. Ammo
kamdan kam baliqlar bir joyda yashaydi, uzoq masofalarga bormaydi.
Bunday baliq turlariga bichoklar (buqachalar) oilasi Gobiiolae, gam-
buziya — Gambusia affinis kiradi. Barcha baliqlarda migratsiya sikli bir
xilda bo'lmaydi. Bir xil baliqlarda nerest migratsiyasi va nagul (yaylov)
migratsiyasi bo‘lib qishlash migratsiyasi bo‘lmaydi. Nagul davri tugashi
bilan qishlash migratsiyasi boshlanadi. Boshqa tur baliqlarda nagul joyi
nerest joyi bilan to‘g‘ri keladi. Baliqlar suvlikning 8—10 metr chuqur
joylarida qishlaydilar. Bir tur baliqlardan ozuqa yoki nagul migratsiyasi
voyaga yetishi bilan boshlanadi, yosh baliqlar nerest joylaridan yay
lov joylariga faqat voyaga yetganda taxminan 2—3 yoshlikda boradilar.
Bunday migratsiya dengizlarda kuzatiladi. Tabiiy koMlarda esa uvildiriq
qo‘yish joylari ko‘lning qirg‘og‘i makrofitlar orasida sodir bo‘lib to yil-
ning oxirigacha migratsiyalanmaydi.
Ko‘pchilik baliqlarda nerest migratsiyasi voyaga yetish stadiyasi bi
lan boshlanadi. Bu davrda baliq tanasida gormonal aktivlik faoliyati
namoyon bo‘lib, baliq xarakter va xulqida o'zgarish yuz beradi. Natijada
yangi tabiiy ta’sirlagichlar shakllanadi va nerest migratsiyasi uchun sig
nal hisoblanadi.
Baliqlarda qishlash migratsiyasi semizlik va yog‘ to‘plami bilan bog‘liq.
Semizlik va yog‘ zapasi normada bo‘lgan baliqda qishlash yaxshi yoki
muvaffaqiyatli o‘tadi. Qish mavsumiga tayyor bo‘lgan zog‘ora, sla, lesh,
turkiston mo‘ylovdorinnig semizlik koeffitsienti 3,0 ga yaqin bulishi kerak.
Demak, semizlik koeffitsienti va yog‘ zaxirasi yetarli bo'lishi bilan darhol
migratsiya boshlanadi. Oriq baliq yoki semizlik koeffitsienti 1,0—1,5 yoki
2,0 ga yaqin bo'lgan baliqlar qishlash migratsiyasiga bormaydi, yoki yog‘
zaxirasi to‘g‘ri kelmasa ham qishlash migratsiyasi boshlanmaydi.
Migratsiyaning barcha turlari (nerest, nagul va qishlash) o‘zaro uz-
viy bog‘langan bo‘ladi. Bu sikllar oldingi hayot siklining zvenolari bilan
bog'liq. Chunki migratsiya holatiga o‘tish baliqning semizlik, yog‘ za
xirasi, jinsiy bezlar yetilishi bilan hamma vaqt bog‘liq bo‘ladi.
Migratsiya turga xos xususiyat bo‘lib, evolutsiya jarayonida shakl-
langan va har bir turga xos bo'ladi.
Migratsiya masofasi va davomiyligi migratsiyalanuvchi baliq tuzili-
shi va holati bilan aloqada bo‘ladi. Katta baliq kuchli va semiz bo‘lsa,
oqimga qarshi va uzoq masofaga migratsiyalanadi. Masalan, oq amur —
Ctenoph arigoolon idella (Valen), oq do‘ngpeshana — Hipophetlmich-
tys molitrix (Valen) Amudaryoning quyi va o‘rta oqimlaridan to yuqori
313
qismlariga minglab kilometr masofani bosib o‘tadi. Migratsiyadan oldin
yog’ zaxirasi tana og’irligini 8-9% ni tashkil qiladi, baliqlar og’irligi
8—12 kg, uzunligining 1,0—1,2 metrga yetadi. Baliqlar migratsiyasidan
so‘ng yog‘ zaxirasi tana og‘irligini 1,5—2,0 % gacha tashkil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |