Ovlanadigan baliqlar biologik talabining asoslari
Ozuqa.
Suv havzasining ixtiofaunasi tarkibi va baliqlarning ha-
yot faoliyatining ma’lum darajasi suv havzasidagi ozuqaning miqdori,
tarkibi va lining sifati bilan chambarchas bog‘liq.
Agarda suv havzasidagi baliqlarning ozuqasi fiziologik talab dara-
jasida bo‘lmasa, ya’ni yetarli miqdorda bo‘lmasa, unda baliqlarning
o‘sish sur’ati, semizligi va serpushtligi pasayadi va baliq mahsuldorligi
keskin kamayadi.
Baliq ozuqasini shartli ravishda to‘rtta kategoriyaga bolish mumkin:
1) asosiy ozuqa baliq turining morfologiyasi va biologik xususiyatlariga
mos keladi yoki baliq sevib iste’mol qiladigan ozuqa turlari; 2) ikkinchi
darajali ozuqa ozuqaning bu turi baliqning ovqat komponentining tarki-
bida tez-tez uchraydi, lekin ko‘p miqdorda emas; 3) tasodifiy ozuqa, kam-
dan kam uchraydi va 4) majburiy ozuqadan iborat, mavjud baliq turiga
xos boimagan ozuqa obyekti. Asosiy ozuqa bo‘lmagandan keyin baliq
301
boshqa ozuqa obyektiga majburiy o‘tadi. Masalan, zog‘oraning yumshoq
suvo'tlari bilan oziqlanishga o‘tishi, demak, mavjud suv havzasiga zoo-
bentosning kamligi yoki baliq talabini qondirmasligidir. Xuddi shunday
hodisani lesh, vobla, turkiston
m o ‘y lo v d o r id a
ham uchratish mumkin.
Agar suv havzasida ozuqa yetarli va xilma-xil bo‘lsa, baliq tanlab oziqla-
nadi. Baliqning tanlab oziqlanish sharoiti yaratilsa, baliq mahsuloti yetarli
bo‘ladi. Suv havzasida ozuqa obyekti qanchalik xilma-xil bo'lsa, baliqlarda
ozuqa obyektlarini qamrab olishga moslashishi ham shakllanadi.
Baliqlar oziqlanishiga qarab ikkita katta guruhga bo‘linadi: yirtqich
baliqlar va tinch yoki yirtqich bo‘lmagan baliqlar. Yirtqich baliqlardan
sudak va jerex kabilarning og‘zi harakatchan emas, jag‘larda tishlar
ko‘p sonli bo‘lib, shakli esa konussimon. Tishlar o'ljani olish va tutish
uchun xizmat qiladi. Jabra plastinkalari kalta va qisman kichik bo‘ladi.
Bu tishlar jabra varaqlarini ovqat bo‘laklaridan himoya qiladi. Yirtqich
baliqlar ancha harakatchan, jag‘lar kuchli bo'lganligi uchun o'ljani bit-
tadan oladi.
Tinch yoki yirtqich bo‘lmagan baliqlarni oziqlanishini shartli ra-
vishda bentos bilan oziqlanuvchi, plankton bilan oziqlanuvchi va o‘simlik
bilan oziqlanuvchi baliq turlariga boiinadi. Bentosxo‘r baliqlarni oziq
lanishiga qarab turlicha adaptatsiyalashgan baliqlar guruhi kiradi. Bu
guruhga tishlari turlicha darajada rivojlangan, xarakatchan va ozuqa
obyektini tutishga moslashgan haqiqiy bentosxo‘r baliqlar (zog‘ora karp,
lesh) kiradi. Bularning og‘izlari yarim pastga qaralgan, harakatchan,
unchalik katta bo‘lmagan nayga o‘xshaydi. Tishlar tomoq bo‘shlig‘ida,
halqkum suyagida joylashgan bo‘lib ozuqani maydalash xususiyatiga
ega. Jabra qopqog‘i ancha katta. Bu xususiyat og‘iz bo‘shlig‘ining tutish
xususiyatining rivojlanganligini ko'rsatadi. Bularning lichinkalarining
soni va kattaligi yirtqich baliqlarga nisbatan ancha katta.
Plankton bilan oziqlanadigan baliqlarda og‘iz harakatchan emas,
tishlar yaxshi rivojlanmagan yoki umuman bo'lmaydi. Bu guruhga man-
sub baliqlarning morfologik belgilariga xos xarakter jabra plastinkalari-
ning uzun va ko‘p sonli bo‘lishi, ozuqani ajratib olish uchun xizmat
qiladi. Fitoplankton bilan oziqlanadigan oq do‘ngpeshanada plastinka-
lar xuddi lentaga o‘xshagan o‘zaro tutashib ketgan. Zooplankton bilan
chipor do‘ngpeshana, pelyad, karp hamda barcha baliqlarning chavoq-
lari ham oziqlanadi. Jabra plastinkalari boshqacha tuzilishga ega.
0 ‘simlikxo‘r baliqlar ancha kam. Bularga oq amur, turkiston
mo'ylovdori, xramulya, marinka kabi baliq turlari mansub. Bularning
og'izlari ba’zilari pastga qaragan, ko‘ndalang yoriq ko‘rinishida, pastki
3 0 2
lab o‘tkir kesuvchi qirraga ega. Ko‘pincha shoxsimon g'ilof bilan qop-
langan jag‘larda tish yo‘q.
Loyqa suvda yashaydigan baliqlar yoki nisbatan ancha chuqur joyda
yashaydigan baliqlarning og‘iz atrofida mo'ylovlari bo‘ladi. Mo'ylovlar
his qobiliyati a’zosi va ozuqani topib olishni ta’minlaydi. Masalan,
katta kurak burun — pecudoscapuiruchus kaufmanni (Bogd), golets —
Nemachilus malaptorus logicauda (Kessler), laqqa (som) — Gilurus gla-
nis Linne va boshqalarda yaxshi rivojlangan.
Ko‘pchilik karpsimonlar, masalan, karp — Carpio carpio, zog'ora
— Cyprinus carpio, lesh — Abramis brama orientalis kabi turlar ozuqa
qidirish uchun suv tubi balchig‘ini 10-15 sm kavlaydilar, bularning
lablari shunga moslashgan.
Yirtqich va tinch baliqlarning hazm sisteinasi bir xil emas, yirt-
qich baliqlarda katta hajmdagi oshkozon bo'ladi, tinch baliqlarda
ichak bo'ladi. Karpsimonlar oilasiga tegishli boigan baliqlarda ozuqa
qizilo‘ngachdan to‘g‘ri ingichka ichakka tushadi. Ba'zi bir baliqlarda
ichaklarda uchi berk o'simtalar hosil bo'ladi — losossimonlarda 200 ta
gacha, planktonxo‘rlarda 40 ta gacha boiadi.
Yirtqich baliqlarning ichagi (oshqozon) ancha kalta bo‘ladi.
O'simlikxo'r (ok do'ngpeshana, oq amur) baliqlarda ichak uzun bo'ladi
— 13 martagacha, xramulyada—Varicor Ninus heratensis steindach-
nere (Kessler) 7-10 marta tanaga nisbatan uzun bo'ladi. Akvarium ba-
liqlarida ichaklar kalta bo'ladi. Sabab ular asosan hayvon (gammarid,
artemia) bilan oziqlanadi.
Yirtqich va tinch baliqlarning hazm jarayoni ximiyaviy va mexanik
jihatidan farq qiladi. Yirtqich baliqlarda oksilni parchalovchi ferment
ustunlik qilsa, tinch baliqlarda uglevodlarni parchalovchi ferment us-
tun bo'ladi. Yirtqich baliqlarda ozuqa maydalanishi asosan oshqozonda
xlorid kislotasi ta’sirida boradi. Tinch baliqlarda ozuqa parchalanishi
ichaklarda sodir bo'ladi, xlorid kislotasining ishtirokisiz amalga oshiri-
ladi. Oksilning so'rilishi ichakning oxirgi boiim ida amalga oshiriladi.
Voyaga yetgan baliqlarning ozuqani olish usuli xilma-xil ekanligi-
ni hamda ozuqa ko'pligi bilan hazm sistemasining bog'liqligini ko'rib
chiqdik. Lekin individual rivojlanish stadiyasining turli bosqichlarida
kuchli o'zgarish yuz berishini kuzatish mumkin. Ichak sistemasi mor-
fologik jihatdan ham o'zgaradi. Mayda baliqlar asosan zooplanktonni
iste’mol qiladi. Katta yoshdagi baliqlar esa zoobentosni iste’mol qiladi.
Barcha baliqlar xoh yirtqich, xoh tinch baliqlar bo'lmasin ular chavoq-
lik stadiyasida asosan zooplankton va qisman fitoplankton bilan oziqla-
303
nadi. Baliq chavoqlarning og‘zi tanaga nisbatan katta va og‘iz oldinga
qarab harakatchan emas. Katta bo‘lgan ozuqa obyektini yakka-yakka
oladi. Oziqlanish usuliga qarab yirtqichlarga o'xshab ketadi, ammo
ozuqa obyekti kattaligi tinch baliqlar ozuqa obyektiga yaqin turadi. Quy-
idagi baliqlar lesh, vobla va zog‘ora uchun rivojlanishning 4 ta bosqich
farqini aniqlaydi (V.V. Vosnetsov, 1948): 1) sariqlik bilan oziqlanish bos-
qichi; 2) mayda razmerli ozuqa obyekti bilan (sodda hayvonlar) oziqlani-
shi bosqichi; 3) o‘rtacha kattalikdagi ozuqa obyekti (dafniya, siklop) bilan
oziqlanish bosqichi; 4) zoobentos bilan oziqlanish bosqichi. 0 ‘rganilgan
turlarining hammasi voyaga yetgandan keyin o‘ziga xos maxsirs ozuqa
obyektiga ega bo‘lib, bu maxsuslik ozuqani qamrab olish usuli bilan
bogMiq. Baliqchalarning har bir ozuqa obyektining almashinishi ichak
o‘zunligining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. Masalan: daryo, kanalda ba
liqlar turli xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi, ko‘l sharoitiga tushib qol-
ganda oziqlanish xarakteri keskin o'zgaradi. Sudak segoletkalari (malki)
vaqtli yirtqichlikka o'tadi (5—8 sm), ungacha umurtqasizlar bilan oziqla
nadi. Bentosxo‘r baliqlar avvaliga zooplankton bilan, keyinchalik ben
tos bilan oziqlanadi. Planktonxo‘r baliqlar uchun yosh unchalik ta’sir
etmaydi, chunki oziqlanishning birinchi kunidan boshlab umrining
oxirigacha zooplankton va fitoplankton bilan oziqlanadi (pelyad, chipor
do‘ngpeshana, ok do‘ngpeshana), chipor do'ngpeshana qishda zoobentos
bilan oziqlansa, yozda esa zooplankton bilan oziqlanadi.
Hovuz baliqchilik xo‘jaligini to‘g‘ri yuritish uchun baliqning turli xil
rivojlanish stadiyasi davrida ozuqa tarkibi va sifat jihatdan o'zgarishini
bilish bilan bir qatorda ularning ozuqa ratsionini bilish ham zarurdir.
Hozirgi kunda ko'pchilik baliqlar uchun ozuqa ratsioni aniqlan-
gan, ozuqa ratsioni baliqni sutka davomida sarflangan energiyasini
qoplash uchun tuziladi. Ozuqa ratsioni sutka davomida zarur bo‘lgan
ozuqa miqdori bo‘lib hisoblanadi. Ozuqa ratsioni baliqning yoshiga va
o'sishiga qarab tuziladi. Tolg‘ri tuzilgan ozuqa ratsioni quyidagi ta-
lablarga javob berishi kerak. Tez hazm bo'ladigan oqsil, mineral mod-
dalar, vitaminlar, mikroelementlar va uglevod yetarli darajada bo‘lishi
shart. Protein 23-28% dan iborat. Protein nisbati 1:2. Suv harorati
sovib qolsa, ozuqa tarkibidagi protein to 1:3 gacha oshiriladi. Masalan:
bir yoshli sudak segoletkasi bir kunda tana og'irligiga nisbatan 16-17%
ozuqadan iborat — zooplankton 15—33%, xironomid 15—25%, mizid
11—12% va baliq 3—5% iste’mol qiladi. Zog‘ora tana og‘irligining 2,9%
ni ozuqa tashkil qiladi. Ozuqaning asosiy qismi yumshoq suvo‘tlaridan
iborat. Sutkalik ratsion aktiv oziqlanish davrida tana og'irligini 1\32,
304
boshqa vaqtda 1\50 qismini tashkil qiladi. Zog'ora, karp kabi baliqlar
zoobentos (xiromad, oligoxeama)ni yaxshi o'zlashtiradi. Bular tana
og'irligini 2,5—3,0% ni tashkil qiladi. Eng tez hazm bo'ladigan ozuqa
bu — xironomid lichinkasi, mizid, buloqchi lichinkalari hisoblanadi.
Ozuqa obyektining hazm trakti orqali o‘tish tezligi baliq yoshiga,
suv haroratiga, ozuqa turiga va oziqlanish chastotasiga bog'liq. Karpsi-
monlarning segoletkalari xironomid lichinkalarini 3—3,5 soat oralig'ida
xazm qiladi. Uch yashar baliqlar esa 10 soatdan ortiq vaqt sarflaydi.
Baliqlarning oziqlanishi intensivligi eng avval baliq organizmining
fiziologik holatiga bog‘liq. Ko‘pchilik baliqlar ayniqsa karpsimonlar ner-
est paytida oziqlanishdan to‘xtaydi. Baliqlarning semizligi ham (baliq
tana og'irligining baliq tana uzunligiga munosabati) lining oziqlantirish
intensivligiga ta’sir etadi. Ichaklarning toiash indeksi (ichakdagi ozuqa
og‘irligining baliq og‘irligiga nisbati) ko‘pchilik karpsiinonlarda kuzda
pasayadi, ammo semizlik koeffitsienti oshadi. Semizlik koeffitsienti
3,0-3,5 ga yetganda baliq oziqlanishidan to'xtaydi. Har bir baliq turi-
ning o'ziga xos intensiv oziqlanishining optimal harorati bo'ladi.
Odatga ko'ra suv harorati pasayishi bilan oziqlanish intensivligi ham
pasayadi. Semizlik koeffitsienti yetarli bo'Isa, yog' to'plami 4—5 bal
bo'lganda baliqlar qishlash migratsiyasiga o'tadi. Daryo, ko'l yoki suv
omborlarning chuqur joylarida (4—6 m) yig'iladi va harakatsiz holatda
bo'ladi. Agarda yog' zaxirasi yoki semizlik koeffitsienti yetarli daraja-
da bo'lmasa, baliq qishlashga bormaydi. Karpsimonlar uchun optimal
harorat 23—26°C, sudak uchun 16—18°C bo'lib hisoblanadi. Suv havza-
sining isib ketishi (30—ЗГС) baliqlarga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli
kunduzi suvliklar kuchli isishi sababli ular kechasi oziqlanadi. Kunduzi
esa kam harakat bo'lib oziqlanmaydi va yuksak suv o'simliklari orasida
harakatsiz turaveradilar.
Ozuqa intensivligiga ta’sir etuvchi faktorlardan yana biri bu ozuqa
sifati va miqdoridir. Ozuqa qanchalik koloriyali bo'Isa, u shunchalik
kam iste’mol qilinadi. Agarda ozuqa resurslari ham kam bo'Isa oziqla
nish intensivligi pasayadi.
Kislorod. Suvdagi erigan kislorod miqdori ham xuddi ozuqa singari
nihoyatda zarur. Suvdagi erigan kislorod miqdori baliqning yashashini
bclgilaydi. Chunki suvda erigan kislorod ham asosiy faktorlardan biri
hisoblanadi. Kislorodga bo'lgan talab turli xil baliq turlarida hayotning
mill davrlarida turlicha bo'ladi. Lekin to'xtagan suvda erigan kislorod-
iiing keskin kamayishi va defitsit bo'lishi tez-tez kuzatiladi. Natijada
/am or
(dimiqish) hodisasi yuz beradi va keyinchalik baliqlar nobud
305
bo'ladi. Baliqlarning nafas a’zosi jabra hisoblanadi. Ammo kislorod
yetishmasligi sababli ba’zi bir baliq turlarida qo'shimcha nafas a’zolari
orqali atmosfera havosidan foydalanish yoki gaz almashinish yuzasini
kengaytirishdan iborat. Masalan: ilonbosh (Ophiocephlus argns rearpa-
choisskii Berg) da ichaklarda maxsus kapillarlar hosil bo'ladi. Havodan
olingan gaz ichaklarga boradi va qo'shimcha ravishda gaz almashi-
nuvi sodir bo‘ladi. Shu sababli ilonbosh nam joylarda ham bemalol
yashaydi yoki bir suvlikdan ikkinchi suvlikka o'tadi. Yana ilonboshning
o'pkasi bo'lsa kerak, degan fikrdan uzoqda bo'lish kerak. llonboshda
havodan nafas olish uchun, maxsus jabra usti a'zolari boiadi. Bu ba’zi
qon kapillariga boy bo'ladi. Xuddi shunga o'xshash jabra usti a’zosi
do'ngpeshanada (Hypophtalmiohthys molytrix) ham bor. Karplardan
karas (Carassius auratus (Bloch) kislorod etishmaganida suv yuzasiga
chiqadi va og'iz orqali atmosfera havosidan nafas oladi.
Kislorod defitsit bo'lgan sharoitda yashaydigan baliqlar teri orqali
ham nafas olishga moslashgan. Teri orqali nafas olishga nisbatan 17
dan to 22% gacha kislorodni karpsimonlarning segoletkalari ma’lum
sharoitlarda olishlari mumkin.
Kislorod miqdoriga bo‘lgan talabga asosan normal yashash uchun
baliqlar 4 kategoriyaga bo'linadi: 1) kislorodga talabchan baliqlar (7—11
sm3 litr). Bu kategoriyaga sovuq va oqar suvda yashaydigan baliqlar
mansub, masalan, forel. Solma trutta m faro Linne; 2) suvdagi kislorod
miqdori (5-7 ml/1) kislorodga talabchan baliqlardan turkiston peskari
— Gobio gabio lepidolaemus Kessler; 3) kislorodga nisbatan unchalik
talabchan bo‘lmagan baliqlar (4 ml/1). Bu kategoriyaga vobla-Rutulus
rutulus aralensis; 4) kislorod sharoiti yomon bo'lgan (0—0,5 ml/l)da
yashaydigan baliqlar. kumushsimon karas kiradi.
Kislorodga bo'lgan talab yoshga qarab o'zgaradi. Baliq qanchalik
yosh bo'lsa kislorodga nisbatan shunchalik talabchan bo'ladi. Ayniqsa,
nerest paytida baliqlar kislorodga boy bo'lgan joylarni qidiradi. Uvildi-
riq va chavoqlarini normal rivojlanishi uchun kislorodga bo'lgan talabi
oziqlanish intensivligi bilan bog'liq. Oziqlanish qanchalik yuqori bo'lsa
kislorodga bo'lgan talab ham yuqori bo'ladi. Qish paytida baliq och
bo'lganda, ovqatlanish talabiga nisbatan kislorodga bo'lgan talab 2 mar-
taga kamayadi. Umuman baliqlarda kislorodga nisbatan talab ularning
aktiv harakati bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun ham suvdagi
erigan kislorod miqdorini, ayniqsa ertalab aniqlab turish nihoyatda
zarur. Normada har bir litr chuchuk suvda 7 ml/1 kislorod bo'lishi
kerak.
3 0 6
Do'stlaringiz bilan baham: |