O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


-jcidvcil Tirik va sog‘lom hovuz baliqlarini yetishtirishning texnologik sxemasi



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

70-jcidvcil
Tirik va sog‘lom hovuz baliqlarini yetishtirishning texnologik sxemasi
2 8 3


Barcha texnologik nazorat jarayonlari laboratoriya sharoitida amalga 
oshiriladi.
Baliqlar sifatiga ta’sir etuvchi omillar.
Tur: ba’zi bir baliq turlari issikda tez ayniydi — Turkiston mo'ylovdori, 
Samarqand xramulyasi. Shu sababli bularni kuz va qishda ovlash ma’qul. 
Yog’liligi: baliqlar semizligi jihatdan, ya’ni yog‘li baliqlar: laqqa, oq 
amur, yog’siz baliqlar vobla, sudak hamda baliqlarning katta-kichikligi.
Ozuqlanishi: bentosxo’r — zog‘ora, karp, lesh, karas. Planktonxo‘r 
- do‘ngpeshana, relyad, vobla, shemaya. 0 ‘simlikxo‘r — oq amur. Yirt- 
qich — sudak, jerex, laqqa.
Masofa: baliq ovlangan joydan to realizatsiya qilinadigan joygacha- 
suv harorati, transport sharoiti, havo harorati.
Jins va nerest: nerestning kimyoviy va fizikaviy xususiyatiga ta’siri va 
urg‘ochi — erkak zotlarining go‘sht sifatiga ta’siri.
Parazitlar: sodda hayvonlar, lentasimon, yumaloq chuvalchanglar, 
bakteriyalar, zamburug‘lar.
Patogen mikroorganizmlar: odamning zararlanishini sodir qiladi- 
gan bakteriyalar.
284


XI 
bo‘lim. MCHJ BALIQCHILIK FERMER
XOMALIKLARIDA HOVUZ BALIQCHILIK FAOLIYATINI
TASHKIL QILISH YA UNING VAZIFALARI
Qishloq xo‘jaligi sharoitiga oid bo‘lgan barcha masalalar bilan max- 
sus hovuz baliqchilik xo‘jaligi shug'ullanadi. Respublika qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirligi tomonidan baliqchilik xo‘jaligi faoliyati boshqarib tu- 
riladi. Vazirlik qoshida maxsus boshqaruv «Tabiiy va sun’iy hovuzlar- 
da baliqchilik xo'jaligini tashkil qilish va boshqarish» boiim i mavjud 
bo‘lib, baliqchilikka oid barcha qonun va qoidalarni ishlab chiqaradi. 
Bu bolim da tajribali va oliy ma’lumotli mutaxassislari yetarli bo‘lib, 
ular Respublika hududidagi barcha tabiiy va sun’iy hovuz baliqchilik 
xo‘jaliklar faoliyatini o'rganib chiqib, ilmiy xulosalar chiqardi. Hozirgi 
kunda baliqchilikni rivojlantirish Respublika sharoiti miqyosida dolzarb 
masalalardan biridir. Chunki, baliqchilik chorvachilikning asosiy qismi 
bo‘lib, u oziq-ovqat dasturining asosiy qismidan o‘rin olgan. Shuning 
uchun ham Respublika hududida baliqchilik xo‘jaligi boshqa tarmoq- 
lar singari bir xil huquqga ega. Baliqchilikni rivojlantirishga nisbatan 
sovuqqonlik bilan qarash salbiy oqibatlarga olib keladi. Mavjud suv- 
liklardan ratsional foydalanish, baliqchilik uchun suv limitlari ajratish va 
ularni mablag1 bilan ta’minlash zarur. Xo'jaliklardagi mavjud baliq tur- 
larini seleksiya-urug'chilik qoidalariga asoslangan holda takomillashti- 
rish va ulardan oqilona foydalanish kerak. Ayniqsa, hovuz baliqchiligini 
yo‘lga qo’yish, ularning har bir gektar suvliklaridan 20 s baliq mahsuloti 
olishni yo‘lga qo‘yish, aholini baliq va baliq mahsulotiga bo’lgan tala- 
bini qondirishdan iborat. Hozirgi kunda yuqori darajali baliq mahsuloti 
olish uchun intensivlashgan baliqchilik xo’jaligini yolga qo’yish — baliq 
ovlashdan baliq yetishtirishga o‘tish dolzarb masala bo'lib hisoblanadi. 
Buxoro viloyati hududida hovuz baliqchilik xo'jaligini rivojlantirish, un- 
dan yuqori baliq mahsuloti olish, tabiiy suvliklardan baliq mahsuloti 
olish uchun har bir gektar suvlikdan 10—12 kg tovar baliq olishni yo‘lga 
qo‘yish bosh masalalardan biridir.
Ishchi xo'jalik sifatida tasdiqlab berilgan hovuz yoki suvliklarda 
yuqori darajali MCHJ baliqchilik xo'jaligi tashkil qilinadi. Xo‘jalikda 
baliqchilik brigadasi, zveno yoki oilaviy pudrat faoliyat ko‘rsatadi.
Baliqchilikka asoslangan MCHJ yoki fermer xo'jaligi quyidagi ish- 
larni bajarishi kerak:
ijaraga berilgan suvliklardan (ko‘l, suv ombori, kanal, kollektor) yoki 
hovuz baliqchilik xo‘jaligidan yuqori baliq va baliq mahsuloti olish;
285


baliqchilik-meliorativ ishlar olib borish va tashkil qilish;
sermahsul baliq zotlarini tabiiy va sun’iy ko'paytirishni yo'lga qo’yish 
va tashkil qilish;
suv parrandachiligini rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish;
imkoniyatga qarab hovuzlar maydonini kengaytirish; yordamchi 
xo‘jaliklarni tashkil qilish (bug‘doy, arpa, tariq, dukkakli ekinlar ekadi 
va kombikorm tayyorlaydi), baliq mahsulotlarini qayta ishlash (dudlash, 
polifabrikat), ov anjomlari (to‘r, nevod, breden) tayyorlash kabi ishlarni 
amalga oshiradi.
Baliqchilik MCHJ xo‘jaligi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi nizomi 
(qoidasiga) asosida tashkil qilinadi va hovuz baliqchilik xo'jaligining 
koida va qonunlarini belgilaydi. Hovuz baliqchilik faoliyatini MCHJ 
uyushmasi boshlig‘i boshqarib boradi. Hovuz yoki tabiiy suvliklar ba­
liqchilik xo‘jaligining asosiy manbai hisoblanadi. Xo’jalik ixtiyorida 
ijaraga berilgan suvlik maydoni, ov qurollari, qayiqlar va yordamchi 
xo‘jalik inshootlari, binolar, inkubatsion sex va apparatlar shartnoma 
asosida olinadi. Xo'jalikning eng asosiy assortimenti boiib mavjud in- 
ventarlarning soni va qiymati hisoblanadi. MCHJ baliqchilik jihozlari 
asosan xo‘jalikning baliq mahsulotiga asoslangan bo'ladi. Bu ko’rsatkich 
plan asosida yetishtirilgan baliq mahsuloti va suv havzasining mah- 
suldorligini hamda tabiiy ozuqa manbasi, ov zaxirasi va boshqalardan 
iborat.
Xo‘jalik rahbarining asosiy vazifasi: xo'jalik ishlarini rejalashtirish, 
reja va shartnomaning bajarishini nazorat qilishdan iborat. MCHJ ba­
liqchilik xo‘jalik rahbarlari uyushma boshlig‘iga hisobot beradi. Bun- 
day hisobotlar har uch oyda qabul qilinadi. MCHJ boshlig'i bajarilgan 
ishlar to'g'risida hisobot beradi va rejalashtirilgan ishlarning borishi va 
bajarilishini nazorat qiladi.
Uyushma boshlig'i baliqchilik sun’iy hovuz xo'jaliklaridan hamda 
tabiiy suvliklardan yuqori darajali baliq va baliq mahsuloti yetishtirish 
uchun zaruriy masalalarni ishlab chiqadi. Bu masalalar, asosan suvdan 
oqilona foydalanish va lining isroflanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat- 
dir. Tovar baliq yetishtirish uchun xo’jalikdagi sun’iy hovuzlar, ko'l va 
boshqa suvliklarni ilmiy asosda ularning gidroximiyasi, gidrobiologiyasi 
va gidrologiyasi chuqur o‘rganiladi. Xo‘jalikning mavjud suvlarini to'liq 
o‘rganilgandan keyin suv havzasining pasporti tuziladi. Hovuz pasporti 
quyida ko'rsatilgan.
Bosh baliqshunos butun suv havzasini baliqchilik instruksiyasiga 
asosan o'rganib chiqadi va hovuz yoki ko'lning pasportini to‘ldiradi. 
Pasport hovuz yoki suvlikning asosiy hujjati hisoblanadi.
286


Наг bir pasportda suv havzasining sxematik xaritasi tavsiya etiladi. 
Xaritada ko‘lning xususiyatlari belgilar orqali aks ettiriladi. Ma’lumotlar 
to’ldirilgandan so'ng bosh baliqshunos suv havzasining fizik-geojadval 
va ixtiologik-gidrobiologik jihatdan xarakterlab beradi. Hovuzlarning 
baliqchilik uchun yaroqliligini, baliq ko'paytirish, xo'jalik shakli va 
sistemasini aniqlaydi.
MCHJ baliqchilik uyushmasi xo'jalikni yillik plani har bir gektar suv 
yuzasidan baliq mahsuldorligini belgilaydi. Xo‘jalik hovuzlarida qanday 
baliq turlarini boqish, ozuqa bazasini yaratish, suv bilan ta’minlash 
kabi masalalarni hal qiladi.

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish