Ospa (chechak).
Virus tabiatli kasallik bo‘lib, kasallik etiologiyasi
to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q va aniq bayon qilinmagan. Baliqning
terisida suzgichlari va hattoki ko'zida o'simtalar paydo bo'ladi. Nati-
279
jada epiteliy to'qimasi o‘sadi. Suyak to'qimasi yumshoq bo‘ladi. Bunday
kasallik asosan suvo'tlari bilan kuchli qoplangan, balcliiqlashgan suv
havzasida uchraydi. Ko'pincha segoletkalar va katta yoshdagi baliqlarda
ko‘proq uchraydi.
Profilaktika choralari.
Eng avval hovuz melioratsiyasiga e’tibor be-
rish lozim. Hovuzni yuksak suv o'simliklaridan tozalash, suv havzasi
tubini tozalash, hovuzlarga dam berish (letovanie), ohaklashtirish, ba-
liqlarni to‘la kimmatli ozuqa bilan boqish, asosiy zotlarni ayirib olish
va chiqarib tashlash.
Baliq suzgich pufagi kasalliklari
Bu kasalliklarning qo'zg'atuvchisi baliq parazitlari hisoblanadi.
Ammo kasallik etiologiyasi aniqlanmagan. Tashqi belgilari quyidagicha:
suzgich pufagi shakli patologik jihatdan o'zgaradi. Suzgich pufagining
orqa qismi kichrayadi (ba’zi bir sabablarga ko'ra yo'qoladi) yoki suzgich
pufagining oldingi qismi yoki ba’zan orqa qismi kengayadi. Suzgich
pufagining markaziy qismi suyuqlik bilan to'lgan bo‘ladi va ba’zan yo-
riladi. Natijada baliqning normal fiziologik holati buziladi. Kislorodga
bo‘lgan talabi oshadi. ROE ko‘rsatkichi kattalashadi. Bu kasallik eng
avval yosh baliqlarni ishdan chiqaradi, ayniqsa karp, karas va bular-
ning gibridlariga katta ziyon yetkazadi. Ko’pincha, baliqlar 100% no
bud bo'ladi. Surunkali kasallikda 20—30% nobud bo'ladi. Kasai bo'lib
sog'aygan baliqlarda immunitet hosil bo'ladi.
Baliq dushmanlari
Baliq dushmanlari boiib, asosan hayvonlar hisoblanadi. Elayvonlar
ular bilan oziqlanadi, ozuqa uchun konkurentlar hisoblanadi yoki ka
sallik qo'zg'atuvchisini paydo qiladi. Bu dushmanlar turli xil sistema-
tik guruhga tegishlidir. Masalan, baliqlar sut emizuvchilar orasida
keng uchraydigan ondatra, vidra, suv sichqoni va boshqalar, qushlar
(saplya, baklan, o'rdak, chayka va boshqalar), sudralib yuruvchilar
(suv iloni, suv baqasi), hasharotlar (suv qo'ng'izi, suv kanasi, ninachi
lichinkasi), qisqichbaqasimonlar (qalqondor, sikloplar va zuluklar)
dushmanlari hisoblanadi. Baliqlar ovqatiga raqobatchi bo'lib, itbaliq
ham hisoblanadi. Eng xavfli kasalliklar tarqatuvchisi chayka bo'lib,
u gelmintlar uchun oxirgi xo'jayin hisoblanadi. Kurakoyoqlilar, chu-
valchanglar, molluskalar gelmintlarning oraliq xo’jayini hisoblanadi.
Baliq uvildirig'ini va chavoqlarni yeydigan suv umurtqasiz hasharotlari
70-rasmda ko’rsatilgan.
280
70-rasm. Baliq chavoq va malki (baliqcha)Iarini iste’mol qiluvchi
qo‘ng‘iz va ularning Iichinkalari:
Baliq dushmanlari. 1,2 — katta suvsevar; 3 — lining Iichinkalari; 4, 5 — ki-
chik suvsevar; 6 — uning lichinkasi; 7, 8 — suvsevar; 9 — uning lichinkasi;
10 — balchiqchi; 11 — uning lichinkasi; 12 — plasaun; 13 — uning lichinkasi;
14 — tinnik; 15 — uning lichinkasi; 16 — eshkakli suzuvchi; 17 — uning
lichinkasi; 18 — chipor eshkakli; 19 — uning lichinkasi; 20 — hovuz qo'ng'izi.
Do'stlaringiz bilan baham: |