O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
NAZORAT SAVOLIARI 
1. Voyaga yetmaganlik nima? 
2. Voyaga yetmaganlik tushunchasining jinoyat subyekti yoshi tushunchasidan farqi nima? 
3. Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo turlari va ularga jazo tayinlashning xususiyatlarini 
bayon eting. 
4. Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va uning qanday turlari mavjud? 
5. Majburlov chorasi sifatida yetkazilgan zarar miqdorini qoplashning jarima jazosidan farqi nimada? 
6. Qanday hollarda sud tomonidan tayinlangan jazo chorasi yengilroq turdagi boshqa jazo chorasi bilan 
almashtirilishi mumkin? 
7. Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari nimalarda ifodalanadi? 
8. Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo tizimi va uning umumiy jazo tizimidan farqi nimada? 
9. Nima uchun voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'shimcha jazo chorasi qo'llanilmaydi? 16 yoshga to'lgan shaxs 
amaldagi qonunga asosan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib, shu faoliyat bilan bog'liq jinoyatni sodir 
qilgan hollardachi? 
10. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashning xususiyatlari va hisobga olinishi lozim bo'lgan holatlar 
nimalardan iborat? 
19-bob. TIBBIY YO'SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI
19.1. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari tushunchasi 
 
 
Tibbiy yo'sindagi maburlov choralari 
sud psixiatriya ekspertizasi xulosasiga asoslangan holda muayyan ruhiy 
kasallikka chalingan va Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko'rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini sodir 
etgan, shuningdek, alkogolizm, giyoh-vandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan qo'llanadigan, 
majburiy ruhiy davolashdir. «Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari o'z tabiatiga ko'ra, deb yozadi tadqiqotchi 
M.Usmonaliyev, davlatning majburlov chorasi hisoblanadi. Bunday majburlov choralari faqat sud tomonidan taynlanadi 
va qo'llanadi. Bunda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxsning xohish-irodasi e'tiborga olinmaydi va unga nisbatan 
bir qator huquqiy cheklashlarni joriy qilinadi». 
Jinoyat kodeksining 92-moddasida tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashning umumiy asoslari 
belgilab berilgan. Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida yoki hukm chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o'tash 
vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida o'z harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o'z harakatlarini 
boshqara olmaslik holatida sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiya-tiga 
ko'ra, jamiyat uchun xavfli, deb topilsa, sud tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin. 


154 
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi shaxsiy davolash maq-sadida qo'llaniladi. 
Davolash deganda, 
tibbiy 
yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsni ijtimoiy hayotga moslashuvi, uning ruhiyatini o'zgartirish maqsadida 
qo'llaniladigan ta'sir chorasi tushuniladi. 
Bunday usulda davolash, shaxsning to'la tuzalishini maqsad qilib qo'ymasa-da, ammo shaxsni jamiyat uchun 
xavf tug'dir-maydigan darajada ruhiy jihatdan tuzatishga qaratiladi. Shu yo'sinda tibbiy majburlov chorasi asosida 
davolash metod va usullari, bu ta'sir chorasi bilan bog'liq bo'lmagan holda davolanayotgan shaxslarga nisbatan 
qo'llanilayotgan choralar qo'llaniladi. 
Yuqoridagi qoidaga muvofiq, tibbiy yo'sindagi majburlov choralari jazo chorasi hisoblanmaydi. Tibbiy 
yo'sindagi majburlov choralari sud tomonidan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasi bo'lib hisoblanadi. Bu 
majburlov chorasi sud hukmi bilan emas, balki sud qarori bilan begilanadi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi ruhiy 
kasallikka chalingan shaxsning qilmishini baholovchi xususiyatga ega emas, u qayta tarbiyalash maqsadini ko'zlaydi, 
ruhiy kasallikka chalingan shaxs tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli qilmishni oldini oladi, ularni 
davolash va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasining aniq bir turini 
qo'llashdan oldin sud belgilangan maqsadlarning har biriga erishish mumkinligiga e'tibor qaratishi lozim. Shunday qilib, 
tibbiy yo'sindagi majburlov choralari jinoiy jazo chorasidan o'z asosiga, tuzilishiga va yuridik oqibatiga ko'ra farq 
qiladi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish