‘zbekiston respublikasi L,1y va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tirnoqgul ctishtirisli agrotexnikasi



Download 7,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/144
Sana16.12.2022
Hajmi7,98 Mb.
#888201
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   144
Bog'liq
O\'rmon dorivor o\'cnvlirlari. Berdiqulov E.T

Tirnoqgul ctishtirisli agrotexnikasi. 
Timoqgulni respublika- 
mizning barcha tuproq-iqlim sharoitlarida ekib o ‘stirish mumkin. 
Lekin u unumdor va nami yetarli, mexanik tarkibi o ‘rtacha tupro- 
qlarda yaxshi hosil beradi. Timoqgulning yaxshi rivojlanishi, undan 
sifatli va m o i to ‘pgullar yetishtirish maqsadida ulami o ‘g ‘itlash, 
sug‘orish muddatlarini to‘g ‘ri belgilash, zararkunanda va begona 
o ‘tlarga qarshi kurashga e ’tibomi qaratish lozim bo‘ladi.
Timoqgul ekiladigan yerlar kuzda yer haydash oldidan gektariga 
20-30 tonnadan mahalliy o ‘g ‘it va fosfor o ‘g ‘itini yillik normasini 
70% ni berib, 25-30 sm chuqurlikda haydab qo'yiladi. Timoqgul 
kech kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Urug‘lami ekishga tayyor- 
lashda quyidagi standart qoidalariga rioya qilish zarur: urug‘ kon- 
ditsiyaga yetgan va 1 yoki 11 klass b o iish i kerak; tozaligi 94-96% va 
unuvchanligi 70-75% dan kam bo‘lmasligi kerak.
235


Timoqgulning urug‘ini crta bahorda ekishdan oldin yerlarni 
tekislab, begona o ‘tlardan tozalab, tuproq harorati 20-22°S bo‘lganda 
urug‘lar 2-3 sm chuqurlikka qadaladi va gektariga 10-12 kg urug‘ 
sarflanadi. U rug‘lar ekish seyalkalari yordamida qator oralari 60 sm 
qilib ekiladi va u ru g ia r 7-8 kundan keyin unib chiqishi muinkin. 
Tirnoqgulni parvarish qilish dastlabki ko‘chatlarining hosil bo‘lishi 
bilan boshlanadi.
Timoqgul unib chiqqandan keyin, paykallar o ‘toq va yaga- 
na qilinib, qator oralariga 15-20 sm masofada har bir uyaga 1-2 
tadan o ‘simlik qoldiriladi. Qatordagi begona o ‘tlar ketmon yor­
damida tozalanib turiladi. Qator oralarida esa traktorli kultivatorlar 
qo‘llanilishi ham mumkin. 0 ‘simliklami birinchi oziqlantirish ni- 
hollar unib chiqqandan keyin, gektar hisobiga 30 kg azot va fosfor 
o ‘g ‘iti berishdan boshlanadi.
Timoqgul ozuqa elementlarga juda talabchan bo‘lgani uchun 
ikkinchi oziqlantirishni o ‘simlik shonalash davridan boshlanadi va 
gektariga 40 kg dan azot va 30 kg dan kaliy o ‘g ‘iti berish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Oziqlantirish har bir sug‘orishdan oldin amalga 
oshirilishi tavsiya qilinadi. Sug‘orishdan keyin timoqgulning qator 
oralari yumshatiladi va begona o'tlardan tozalanadi.
Oxirgi oziqlantirish timoqgul yoppasiga gullaganda gektariga 
40 kg dan azot va 30 kg dan fosfor berish bilan tugatiladi. Timoqgul 
kuzda ekilganda aprel oylarida maysalari paydo b o ‘ladi. Har tup 
k o ‘chatda 3-4 ta barg chiqqanida egat olinadi. Iliq kuz cho‘zilib 
ketganida urug‘laming bir qismi ko‘karadi va tupbarg tarzida qish- 
ni o ‘tkazadi. U lam i k o ‘pincha sovuq urmaydi. Qishdan chiqqan 
k o ‘chatlar 35-40 kunda y a’ni may oyining boshlarida gullay bosh- 
laydi.
Timoqgul sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda ekilgan 
b o ‘lsa, namgarchilik ko‘p bo‘lgan yillarda yer yuzasida qatqa- 
loq hosil bo‘lishi mumkin. Bu esa ko‘chatlar sonini kamay- 
ishiga olib keladi. Qatqaloqni y o ‘qotish uchun aylanma motiga, 
mayda mola va ignali g ‘altaklar qo‘llaniladi. Bunday tadbirlar 
o ‘tkazilsa nihollar zararlanmaydi. Iyun va iyul oylarida timoqgul 
tuplab ketishi natijasida uning qator oralariga ishlov berish an-


cha qiyinlashadi va vegetatsiya davomida juda tc/. o'sadi va ko‘p 
k o ‘k massa hosil qiladi. Shuning uchun ham u o/uqa element- 
larga juda talabchan o ‘simlik hisoblanadi. Shularni c ’tiborga olib, 
timoqgulni almashlab ekish dalalariga joylashtirish tavsiya cti- 
ladi. Mavsum davomida timoqgul ekinzorlari havo harorati va 
namgarchilikni hisobga olgan holda 9-10 marta sug‘oriladi.
Unumdor yerlarga ekilgan, begona o'tlardan tozalangan va kuz 
oylarida qator oralariga 70-80 kg fosfor o ‘g ‘iti bilan oziqlantirilgan, 
chuqur kultivatsiya qilingan timoqgul ekinzorlarini 2-3 yil saqlab 
foydalanish mumkin b o ia d i. Bunda qayta ekish talab etilmaydi. 
Har yili timoqgul u m g ‘i to ‘kilishi natijasida qishda va bahorda o ‘sib 
chiqqan k o ‘chatlardan foydalanish mumkin. Timoqgulni vegetatsi­
ya davrida yaxshi parvarish qilinsa (o ‘g ‘itlash, sug‘orish, zararku- 
nanda va kasalliklarga qarshi kurash) may oyidan kech kuzgacha 
(sovuq tushguncha) gullari ochilib turadi.
Vegetatsiya davomida uning gulini 15-20 marotaba terib olish 
mumkin. Terib olingan gulsavatchalaming hosildorligi gektaridan 
10-18 sentnerni va undan ham ko‘proqni tashkil qilishi mumkin. 
Timoqgulning hosilini gullay boshlagandan terishga kirishiladi. 
Yangi ochilgan gullarini birinchi navbatda, q o ‘lda teriladi. Gul 
savatchalari tez-tez ochilishi munosabati bilan har 3 kunda, kechi 
bilan 4-5 kunda terib turiladi. 0 ‘simlikdan terib olingan to ‘pgullar 
qizib ketmasligi va uning sifati buzilmasligi uchun savatchalarda va 
to ‘plamlarda 3-4 soatdan ortiq saqlanmaslik kerak.
Terilgan mahsulot maxsus quritgich uskunalari (SPK), va havo 
(VPT-400, 600) quritgichlarda +40-45°S gacha quritiladi, 4-6 kun 
davomida quritilgan mahsulot bosilmasdan maxsus qog‘ozdan ya- 
salgan qopchalarda 20 kg dan qilib joylashtirib saqlanadi. Mahsulotni 
quruq omborlarda saqlash muddati 2 yildan oshmasligi kerak.

Download 7,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish