Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   414
Bog'liq
Туплам

Adabiyotlar ro‟yxati: 
1.AbirqulovQ.N., RafiqovA.,HojimatovA.N., Ekologiya. O‘quv qo‘llanma. T.: 2004. 
2.Rafiqov A.A., Abirqulov Q.N., Hojimatov A.N. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. o‘quv qo‘lllanma 
- T.: Yozuvchilar uyushmasi nashriyoti, 2004 
3.Jumaev T. Ekologik ekspyertiza, o‘quv qo‘llanma - T: 2001. 
 
KARTOSHKA M-VIRUSINI INDIKATOR O`SIMLIKLAR YORDAMIDA
BIOLOGIK TOZALASH 
Axmadaliyev B.J, Fayziyev V.В, Tangriyev T.Ch. 
O`zbekiston Milliy universiteti 
Inson hayoti davomida tanovul qiladigan oziq-ovqatlar orasida sabzavot va poliz ekinlarining 
o`rni beqiyos. Ulardagi vitaminlar odam organizmi uchun juda muhim hisoblanadi. Mana shunday 
sabzavotlardan biri kartoshkadir. Kartoshka nafaqat oziq-ovqat sifatida balki, kraxmal, spirt, glyukoza, 
dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xomashyo sifatida sanoatda foydalaniladi. Kartoshka tuganagi 
tarkibida 75-80 % suv, 23,7 % quruq modda, shu jumladan, 17,5 % kraxmal, 1-2 % oqsil, 0,5 % qand 
moddasi,1 % mineral tuzlar, shuningdek, B
1
, B
2
, B
6
, C, PP, D vitaminlari mavjud. Fiziologik tavsiya 
normalariga ko`ra, bir kishi uchun yillik kartoshka iste‘moli miqdori 45 kg ni tashkil etadi. Lekin 
yildan-yilga kartoshka mamlakatimizda ancha tanqis bo`lib bormoqda. Bunga asosiy sabab kartoshka 
o`simligi turli mikroorganizmlar, shu jumladan, fitopatogen viruslar bilan kasallanishidir [Oripov,1]. 
Respublika kartoshka zaxirasining sezilarli qismini Toshkent va Samarqand viloyatlari 
yetishtirib beradi [Abdukarimov,3]. Hosil asosan fermerlar va fermerlik yerlari hamda tomorqalarda 
mahalliy dehqonlar tomonidan yetishtiriladi. So`ngi 2-3 yildan buyon ushbu viloyatlarda kartoshka 
o`simligining turli hasharotlar, mikroorganizmlar bilan xususan, viruslar bilan kasallanish darajasi 
sezilarli darajada ortib, jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu kasallik qo`zg`atuvchilari 
orasida fitoviruslarga alohida e‘tibor qaratish lozim hisoblanadi. Sababi fitoviruslar kartoshkaning 
rivojlanish vegetatsiyasi yoki hosildorlikka ta‘sir ko‘rsatibgina qolmay balki, tuganagida saqlanib, 
kelasi yil yanada ko`proq zarar yetkazishi aniqlangan [Гнутова,4].
Tuganakda saqlangan virus hosilni saqlashda ham bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. 
Dehqon o`zi yetishtirgan hosilni saqlab qolish uchun, yig`ib olingan hosilga o`zi bilganicha turli 
kimyoviy vositalarni ishlatmoqda. Inson salomatligi uchun juda zararli bo`lgan kimyoviy vositalar 
sepilgan bunday mahsulotlar inson salomatligiga va tabiatga zarar keltirmay qolmaydi albatta. 
Butun dunyoda kartoshka o`simligini 40 dan ortiq viruslar kasallantirishi aniqlangan bo`lib, 
ularning nomlanishi turli lotin harflari bilan belgilangan: X, S, M (K), A, Y, F (G), L va boshqalar 
[Barker,5]. Ana shunday patogen viruslardan biri kartoshkaning M-virusi bo‘lib, bu virus hosildorlikni 
40% gacha pasaytirib xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Shuning uchun ushbu ishda KMVni 


204 
xo‘jayin o‘simlikdan ajratish va biologik tozalash yo‘llarini ishlab chiqishni asosiy maqsad qilib 
olindi. 
Kartoshkaning M-virusi (KMV) o`simlikda bargning qayiqsimon yuqoriga buralishi va mozaika 
kabi alomatlarni keltirib chiqaradi. Bu virus mexanik usulda va tashuvchi hasharotlar yordamida oson 
tarqaladigan viruslar qatoriga kiradi. Viruslar olamida virus genomining mutatsiyaga uchrashi 
natijasida turli hududlarda shu virusning bir-biridan farqlanuvchi izolyatlari hamda shtammalari paydo 
bo‗lishi mumkin. Paydo bo‗lgan shtammlar bir-biridan biologik va fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan 
farqlanadi. Bu izolyat va shtammlarni aniqlash, biologik tozalashda, ajratish va identifikattsiya qilishda 
indikator o‗simliklar usuli juda yaxshi samara beradi. Bu ish keyinchalik virusning toza preparatini 
olishda, qulay to‗plovchi o‗simliklarni aniqlash uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Tabiatdan ajratib olingan virus namunasidan indikator o`simliklar to`plamini to`g`ri tanlab, 
agrotexnika shart-sharoitlariga va tozalikka rioya qilib, ularni inokulyatsiya qilinsa ma‘lum muddatdan 
so`ng virus yuqtirilgan o`simlikda shu virusga xos bo`lgan alomatlar hosil bo`ladi [Vahobov,2]. 
Har bir o`rganilayotgan fitopatogen viruslar uchun shunday indikator o`simliklar tanlash kerakki, 
o`simlik bu virusga xos spetsifik simptomlar hosil qilishi kerak. Bir xil virusning har xil shtammlari 
indikator o`simliklarda turli alomatlarni yuzaga keltirishi mumkin. KMV ni biologik tozalash uchun 
ushbu virus bilan kasallangan kartoshka bargidan olib inokulyant tayyorlab olindi. ―Tozalovchi‖ va 
―to`plovchi‖ o`simliklar sifatida 
Vigna sinensis, Datura metel 
o`simliklaridan foydalanildi va quyidagi 
sxema bo`yicha olib borildi (sxema). 
 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish