73
yalarining kreditni sug‘urtalash yo‘li bilan amalga oshiradilar. Kredit ta’minoti
sifatida mijozlarning mol-mulkini garovga qo‘yish juda ko‘p ishlatiladi. Mi-
jozning
binolari, inshootlari, asbob-uskunalari (turli xil ko‘chmas mulklari),
transport vositalari, tovar-moddiy boyliklari garov bo‘lishi mumkin. Mulkni
garovga qo‘yishda, o‘zgarib turuvchi bozor narxi sharoitida, mulkni to‘g‘ri
baholash muhim ahamiyatga ega.
Respublika aksioner-tijorat «Ipak yo‘li» banki hisobotiga ko‘ra 2008-yilda
kreditlarining ta’minlanganligi 68,3 foizi mulkni garovga qo‘yish bilan, 21,0
% boshqa subyektlarning kafolatlari bilan va 10,7 % esa ta’minlanganlikning
boshqa turlari bilan amalga oshirilgan.
Bank kreditlarini mulkni garovga quyishda,
bu mulklarni turlarini, ular-
ning sifat holatlarini yaxshi o‘rganish lozim. Mijozning garovga qo‘yilayotgan
mulkini maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lgan mustaqil baholovchi mutaxassis-
lar baholab, ularning qiymatini aniqlaganliklari ma’qul. O‘zbekiston Respub-
likasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 22-fevralda tasdiqlangan «Tijorat
banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi Nizomda ga-
rov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymat, uni sotish lozim
bo‘lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar o‘rnini
qoplashi lozim-
ligi, aniq yoritilishi zarurligi ko‘rsatilgan.
Tijorat banklari kreditlarining ta’minlanganligini tahlil qilganda, garovga
qo‘yilgan mulkning turlari bo‘yicha, ularning o‘zgarishi bo‘yicha, hamda
ta’minlanganlik turlari bo‘yicha o‘zgarishni o‘rganish lozim.
Bundan tashqari, kredit ta’minoti sifatida mol-mulk garovi qabul qilini-
shida quyidagi tahlil jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmog‘i
zarur hisobla-
nadi:
-garovga olinadigan mol-mulkning kredit qaytmagan taqdirda bank tasar-
ru
fi
ga o‘tkazilishi uchun huquqiy asoslarning to‘liq mavjudligi. Buning uchun
garov shartnomasi albatta huquqiy ekspertizadan to‘liq o‘tkazilishi lozim;
– garovga olinadigan mol-mulkning likvidliligi, ya’ni uni zudlik
bilan
pulga aylantirish imkoniyatlari;
– garovga
olinadigan mol-mulkning bahosi, uning haqiqatdan ham bo-
zor bahosiga mosligi. Bu yerda e’tibor garovning hozirgi davrdagi va kredit
qaytishi lozim bo‘lganidan keyingi muddatdagi baholariga e’tibor qaratilishi
lozim.
Kafolat yoki uchinchi bir shaxsning ka
fi
lligi kredit ta’minoti olinishi
lozim bo‘lgan
taqdirda bank, avvalambor, kafolatchi yoki ka
fi
lning kimligini
bilishi va uning kreditga layoqatliligi yoki kredit qaytmagan taqdirida uni
kafolatchi yoki ka
fi
ldan to‘liq undirish imkoniyatlari o‘rganilmog‘i va ular-
ning moliyaviy holati hamda to‘lov qobiliyatiga to‘liq ishonch hosil qilmog‘i
lozim.
74
Hozirgi paytda sug‘urta tizimining rivojlanganligini e’tiborga olib,
kreditlarni sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalash yo‘li bilan
ta’minlanganlikni amalda qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bunda bank al-
batta sug‘urtalovchi kompaniyaning reytingi, to‘lov qobiliyati va sug‘urta
shartnomasining qonuniy asoslarini tahlil qilib ko‘rishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: