42
Yuqoridagilarning har biri uning manbalari hisobga olingan holda bir ne-
cha elementlardan tashkil topadi 3-ilova O‘zbekiston
Respublikasi Bankla-
rida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari rejasining uchinchi bo‘limga
qarang).
Bankning ustav kapitali asosan uning oddiy va imtiyozli aksiyalarini so-
tishdan kelib tushgan mablag‘lardan tashkil topadi. Qo‘shilgan kapital bank
aksiyalarining real va nominal qiymatlari o‘rtasidagi farqlardan tashkil to-
padi.
Zaxira kapitali bank daromadi hisobidan turli riskli aktivlarni qoplash
uchun tashkil etilgan jamg‘armalar, kichik korxonalarni
imtiyozli kreditlash
jamg‘armasi, asosiy vositalar bahosi, boshlang‘ich qiymatidan o‘sgan qismi
kabilardan tashkil topadi.
Taqsimlanmagan foyda o‘tgan yilgi olingan foydaning taqsimlanmagan
qismi yoki ko‘rilgan zararlar hamda joriy yilning foyda yoki zarari hisobidan
tashkil topadi.
Bank tizimining barqarorligini ta’minlash, bank
kreditlari va omonatchi-
lari manfaatlarini himoyalash, banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatla-
rini mustahkamlash nuqtayi nazaridan, dastavval bank faoliyatini boshlash
uchun Markaziy bank tomonidan bank kapitalining
minimal miqdoriga ta-
lablar o‘rnatilgan.
3.1-jadval
Bank ustav kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talablar
Yillar
Tijorat banklari uchun
Chet el kapitali
ishtirokida ochilayotgan
banklar uchun
Xususiy banklar uchun
1-
yanvar
1998
1,5 mln. AQSh dol.
ekv. so‘mda
1,5 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
0,3 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
1- yanvar
1999
2,0 mln. AQSh dol.
ekv. so‘mda
2,0 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
0,3 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
1- yanvar
2000
2,5 mln. AQSh dol.
ekv. so‘mda
2,5 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
0,3 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
1- yanvar
2002
2,5 mln. AQSh dol.
ekv. so‘mda
2,5 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
1,25 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
1- yanvar
2005
5,0 mln. AQSh dol.
ekv. so‘mda
5,0 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
2,5 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
1- yanvar
2008
5,0 mln. AQSh dol.
ekv. so‘mda
5,0 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
2,5 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
1 yanvar 2009
10,0 mln. AQSh dol.
ekv. so‘mda
10,0 mln. AQSh dol.
ekv. so‘mda
5,0 mln. AQSh dol. ekv.
so‘mda
43
1 yanvar 2010
10 ,0 mln. Yevro ekv.
so‘mda
10,0 mln. Yevro ekv.
so‘mda
5,0 mln. Yevro ekv.
so‘mda
1 yanvar 2011
10 ,0 mln. Yevro ekv.
so‘mda
10,0 mln. Yevro ekv.
so‘mda
5,0 mln. Yevro ekv.
so‘mda
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda
Banklari va chet el kapitali ishtirokida tashkil etiladigan banklar ish bosh-
lashlari uchun 10,0 mln. yevro ekvivalentidagi so‘m mablag‘lariga
xususiy
banklar esa 5,0 mln. yevro ekvivalentidagi so‘m o‘z mablag‘lariga ega
bo‘lmog‘i lozim.
Banklari kapitali ularning o‘ziga «himoya yostiqchasi» vazifasini ba-
jarilish bilan birga, bugungi kunda ular tomonidan uzoq muddatli investitsi-
yalar amalga oshirish va uzoq muddatli kreditlar ajratishning manbai bo‘lib
qoladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Respublikamiz Banklar-
ning kapitali miqdorini oshirib borishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Birgina
2009-yil davomida Hukumat dasturi doirasida 6 ta yirik banklarning ustav
kapitaliga jami 460,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi.
Shu jumladan;
1.O‘zsanoatqurilishbankka – 64,5 mlrd so‘m;
2.Mikrokreditbankka – 72,0 mlrd so‘m;
3.Xalq bankiga – 50,0 mlrd so‘m;
4.Agrobankka – 50,0 mlrd so‘m;
5.Asaka bankka – 147,1 mlrd so‘m;
6.Qishloq qurilish bankka – 76,0 mlrd.so‘m.
Banklar kapitali tahlilida asosiy e’tibor kapitalning tarkibi va dinamikasi,
uning barqarorligi, yetarliligi va samaradorligi masalalariga qaratilmog‘i zarur.
3.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: