Soliq xarajati
Odatdagi faoliyatdan olinadigan foyda yoki zararga tegishli soliq xarajati
77
Odatdagi faoliyatdan olinadigan foyda yoki zararga tegishli bo’lgan soliq xarajati
(daromadi) foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda
foyda va zarar tarkibida aks ettirilishi kerak.
77A
[O’z kuchini yo’qotgan]
Xorijiy valyutada ifodalangan muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va aktivlari
bo’yicha valyuta kursidagi farqlar
78
BHXS 21 valyuta kursidagi muayyan farqlarni daromad yoki xarajat sifatida tan
olinishini talab qiladi, lekin bu farqlar umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotning
qaysi bo’limida aks ettirilishi kerakligini aniqlashtirmaydi. Binobarin, xorijiy valyutada
ifodalangan muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari yoki aktivlari bo’yicha valyuta
kurslaridagi farqlar umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda tan olinganida, ushbu
farqlar muddati uzaytirilgan soliq xarajati (daromadi) sifatida tasniflanishi mumkin, agar
ularning bunday taqdim qilinishi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun foydali
deb hisoblansa.
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR
MAVZULARI
181
Ma’lumotlarni ochib berish
79
Soliq xarajati (daromadi)ning asosiy tarkibiy qismlari alohida ochib berilishi kerak.
80
Soliq xarajati (daromadi)ning tarkibiy qismlariga quyidagilar kirishi mumkin:
(a)
joriy soliq xarajati (daromadi);
(b)
oldingi davrlarga tegishli joriy soliq bo’yicha tan olingan har qanday tuzatishlar;
(v)
vaqtinchalik faqlarning paydo bo’lishi va tiklanishiga tegishli muddati uzaytirilgan
soliq xarajati (daromadi)ning summasi;
(g)
soliq stavkalaridaga o’zgarishlar yoki yangi soliq turi kiritilishi bilan bog’liq bo’lgan
muddati uzaytirilgan soliq xarajati (daromadi)ning summasi;
(d)
oldin tan olinmagan soliq zarari, soliq imtiyozi yoki oldingi davr vaqtinchalik
farqidan kelib chiqadigan ulardan foydalanish imkoniyati summasi, ushbu summa joriy soliq
xarajatini kamaytirish uchun ishlatilsa;
(e)
oldin tan olinmagan soliq zarari, soliq imtiyozi yoki oldingi davr vaqtinchalik
farqidan kelib chiqadigan ulardan foydalanish imkoniyati summasi, ushbu summa muddati
uzaytirilgan soliq xarajatini kamaytirish uchun ishlatilsa;
(j)
muddati uzaytirilgan soliq aktivinining qiymatini 56 bandga muvofiq kamaytirish yoki
oldin kamaytirilgan qiymatining tiklanishidan kelib chiqadigan muddati uzaytirilgan soliq
xarajati; va
(z)
BHXS 8 muvofiq retrospektiv tarzda hisobga olinishi mumkin emasligi tufayli foyda
yoki zarar tarkibiga kiritilgan hisob siyosatidagi o’zgarishlar yoki xatolarning tuzatilishi
bilan bog’liq bo’lgan soliq xarajati (daromadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |