Moliyaviy hisobot auditi


majburiyatlarining balans qiymatlari hisobot davri oxirida qay tarzda qoplanishi yoki



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

majburiyatlarining balans qiymatlari hisobot davri oxirida qay tarzda qoplanishi yoki 
to’lanishi kutilayotganligiga bog’liq ravishda kelib chiqadigan soliq oqibatlarini aks 
ettirishi kerak. 


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR 
MAVZULARI
174 
51A 
Ba’zi mamlakatlarida, tadbirkorlik sub’ektining aktivi (majburiyati)ning balans 
qiymati qay tarzda qoplanishi (to’lanishi) quyidagilarning birisiga yoki ikkitasiga ham ta’sir 
qilishi mumkin:
(a) 
tadbirkorlik sub’ekti aktivining (majburiyatining) balans qiymati qoplanganida 
(to’langanida) qo’llaniladigan soliq stavkasi; va 
(b) 
aktiv (majburiyatning) soliq bazasi. 
Bunday holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti muddati uzaytirilgan aktivlar va muddati 
uzaytirilgan majburiyatlarni aktiv (majburiyat)ning qoplanishi (to’lanishi) kutilayotgan 
tarzga mos bo’lgan soliq stavkasi va soliq bazasi asosida baholaydi. 
51B 
Agar muddati uzaytirilgan soliq majburiyati yoki muddati uzaytirilgan soliq aktivi 
BHXS 16da keltirilgan qayta baholash modeli bo’yicha baholanadigan eskirishi 
hisoblanmaydigan aktivga nisbatan kelib chiqsa, muddati uzaytirilgan soliq majburiyati yoki 
muddati uzaytirilgan soliq aktivi ushbu eskirishi hisoblanmaydigan aktiv balans qiymatining 
sotish orqali qoplanishining soliq oqibatlarini aks ettirishi kerak, ushbu aktivning balans 
qiymatini baholash asosidan qat’iy nazar. Shu tufayli, agar soliq qonunchiligi aktivni 
sotishdan olingan soliq solinadigan daromadga tegishli soliq stavkasini belgilasa, va bu 
stavka aktivdan foydalanish natijasida hosil bo’ladigan soliq solinadigan summaga 
qo’llaniladigan stavkadan farq qilsa, eskirishi hisoblanmaydigan aktivga tegishli bo’lgan 
muddati uzaytirilgan majburiyatlar va aktivlarni baholash uchun keltirilgan stavkalardan 
birinchisi qo’llaniladi. 
51V 
Agar muddati uzaytirilgan soliq aktivi yoki muddati uzaytirilgan soliq majburiyati 
BHXS 40 muvofiq haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish modeliga asosan baholanadigan 
investitsion mulkka nisbatan yuzaga kelsa, bunday investitsion mulkning balans qiymati uni 
sotish orqali qoplanadi degan, rad etilishi mumkin bo’lgan, faraz mavjud bo’ladi. Demak, 
agar bunday faraz rad etilmasa, muddati uzaytirilgan soliq aktivi yoki muddati uzaytirilgan 
soliq majburiyati investitsion mulkni faqat sotish orqali balans qiymatining qoplanishining 
soliq oqibatlarini aks ettirishi kerak. Bunday farazni rad etish mumkinki, agar investitsion 
mulkka eskirish hisoblanib, bu investitsion mulk, uni sotishdan emas, balki undan ma’lum 
davr mobaynida foydalanishdan, kelib tushadigan deyarli barcha iqtisodiy nafni olishni 
ko’zlaydigan biznes modeli doirasida saqlanib turgan bo’lsa. Bunday faraz rad etilsa, 51 va 
51A bandlarida keltirilgan talablarga rioya etilishi kerak. 
51G 
51V bandda keltirilgan rad etilishi mumkin bo’lgan faraz, shuningdek, muddati 
uzaytirilgan soliq majburiyati yoki muddati uzaytirilgan soliq aktivi investitsion mulkni 
biznes birlashuvida baholash natijasida yuzaga kelganida qo’llaniladi, agar tadbirkorlik 
sub’ekti ushbu investitsion mulkni keyinchalik hisobga olishda haqqoniy qiymat bo’yicha 
hisobga olish modelini qo’llasa. 
51D 
51B–51G bandlari mazkur Standartning 24-33 bandlar (kelgusida chegiriladigan 
vaqtinchalik farqlar) va 34–36 bandlardagi (foydalanilmagan soliq zararlari va 
foydalanilmagan soliq imtiyozlari) tamoyillarni qo’llash bo’yicha talablarni, muddati 
uzaytirilgan soliq aktivini tan olishda va baholashda, o’zgartirmaydi. 
52 
[51A bandiga o’tkazilgan] 
52A 
Ba’zi mamlakatlarda, sof foyda yoki taqsimlanmagan foyda butunligicha yoki uning 
bir qismi tadbirkorlik sub’ekti hissadorlariga dividend kabi to’langanida, foyda soliqlari 
yuqoriroq yoki pastroq stavka bo’yicha to’lanishi lozim bo’ladi. Boshqa mamlakatlarda, sof 
foyda yoki taqsimlanmagan foyda butunligicha yoki uning bir qismi tadbirkorlik sub’ekti 
hissadorlariga dividend kabi to’langanida, foyda soliqlari to’lanishi yoki byudjetdan 
qaytarilishi mumkin. Bunday hollarda, joriy va muddati uzaytirilgan soliq aktivlari va 
majburiyatlari foydaning taqsimlanmagan summasiga nisbatan qo’llaniladigan soliq stavkasi 
bo’yicha baholanadi. 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish