3-jadval
O„zRTXBda o„tkazilgan elektron katalog savdolari natijalari
29
№ Ko„rsatkichlar
2015 y. 2016 y. 2017 y.
1.
Elektron katalogda tuzilgan bitimlarning
hajmi,
mlrd. so„m
46,7
71,6
59,5
2.
Moliyaviy mablag‗larining tejalishi,
mlrd. so‗m
12,0
28,1
35,4
3.
Boshlang‗ich
bahoga
nisbatan
moliyaviy
mablag‗larning
tejalishi,
foizda
20,4
28,2
37,3
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PQ-
3237-sonli Qarori bilan O„zRTXBda o„tkaziladigan elektron katalog
savdolari bekor qilindi, 2018 yil aprel oyidan takomillashtirilgan elektron
auksion tizimi joriy etildi
Jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, davlat xaridlari tizimida
elektron katalog orqali savdolarini joriy qilinishi natijasida 2015 yilda
byudjet mablag‗larining 12 mlrd.so‗mi yoki byudjet tashkilotlarida ushbu
tovar(ish,xizmat)larni sotib olish uchun rejalashtirilgan mablag‗larning 20,4
foizi, 2016 yilda 28,1 mlrd.so‗m (28,2 %), 2017 yilda 35,4 mlrd.so‗m (37,3
%) byudjet mablag‗i tejaldi.
O‗tgan yillar davomida elektron auksion savdolarini tashkil etish orqali
davlat va korporativ xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta‘minlash uchun
ularni takomillashtirish choralari ko‗rildi.
29
O‗zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi sayti ma‘lumotlari asosida
muallif tomonidan tayyorlangan
41
Mamlakatimizda davlat va korporativ xaridlari mexanizmini yanada
takomillashtirish, tender savdolarining ochiqligi va shaffofligini ta‘minlash
bo‗yicha izchil va kompleks ishlar amalga oshirildi. Tovarlar (ishlar,
xizmatlar) xaridi bo‗yicha, shu jumladan, investitsiya loyihalari doirasida
ko‗p pog‗onali idoralararo tender komissiyalari tashkil etildi. Shu bilan birga,
o‗tkazilgan tahlil ko‗rsatdiki, davlat va korporativ xaridlarining hamda tender
savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob
bermaydi, turli xil korrupsiya ko‗rinishlari uchun sharoit yaratadigan ko‗plab
kelishish bosqichlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar va sansalorlik
holatlari mavjud. Bundan tashqari, tender jarayonlarining cho‗zilishi, narx-
navoni manipulyatsiya qilish, tovarlarning sifati, tavsifi haqidagi
ma‘lumotlarni buzib ko‗rsatish va elektron savdoda tuzilgan bitimlar
bo‗yicha tovarlarni etkazib bermaslik holatlari ko‗plab kuzatildi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridining
amaldagi me‘yorlari va tartibi tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan,
ularning eng zarurlari (kantselyariya buyumlari, kompyuter texnikasi va
avtotransportni ta‘mirlash) bilan normal va barqaror ta‘minlashda
qiyinchiliklar tug‗dira boshladi.
Qolaversa, amaldagi tartib xorijiy va xalqaro moliya institutlari
mablag‗lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy investitsiya loyihalari
amalga oshirilishining ham kechiktirilishiga sabab bo‗lmoqda edi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari tizimini
tubdan takomillashtirish, ushbu sohada suiste‘mollik holatlarining oldini
olish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‗nalishi
bo‗yicha
Harakatlar
strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2017 yil 23
avgustda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning
zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi PQ-3237-sonli Qarori qabul qilindi.
Qaror o‗zida:
-
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga
oshirilayotgan, bitta kontrakt bo‗yicha 5 million AQSh dollaridan yuqori
ekvivalentdagi
investitsiya
loyihalari
doirasida
tovarlar
(ishlar,
xizmatlar)ning xaridi yuzasidan tarmoq idoralararo tender komissiyalarini
tugatishni;
-
loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan tender va loyihaoldi
hujjatlarini taklif etilayotgan texnologiya va asbob-uskunalar bo‗yicha
texnologiya, asbob-uskunalarni tanlash va narxlarni shakllantirish qismida
42
ekspertizadan o‗tkazish funktsiyasini bajaradigan ixtisoslashgan tarmoq
ekspert kengashlarini tugatishni;
-
bitta kontrakt bo‗yicha 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh
dollarigacha ekvivalentdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va
korporativ xaridlarini O‗zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi
tomonidan tashkillashtiriladigan elektron savdolar orqali amalga oshirishga
oid talabni bekor qilishni nazarda tutdi.
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yangidan
tashkil etilgan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligiga resurslar yagona milliy ma‘lumotnomasi va
davlat xaridlari yagona axborot portali yaratilishi hamda 2018 yil 1
yanvardan ishga tushirilishini ta‘minlash, shuningdek, qisqa vaqt mobaynida
«Davlat xaridlari to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini
ishlab chiqish topshirildi.
Qolaversa, 1 ming AQSh dollaridan kam bo‗lgan bitta kontrakt - narxi,
sifati va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berish muddati bo‗yicha eng
maqbul keladigan shartlarni taklif qilgan etkazib beruvchi bilan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri shartnomalar tuzish orqali; 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha
bo‗lgan bitta kontrakt - buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari
tomonidan baholanadigan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali; 100
ming AQSh dollaridan yuqori miqdordagi bitta kontrakt -buyurtmachi
tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‗yicha davlat
qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«O‗zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining
tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini majburiy jalb etgan holda
tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov
(tender) savdolarini o‗tkazish orqali amalga oshiriladigan bo‗ldi.
Shu bilan birga, qarorda davlat organlari va boshqa tashkilotlar
rahbarlarining mas‘uliyatini kuchaytirish maqsadida ularning tender
savdolarini tashkil etish bo‗yicha talablarni buzganligi hamda o‗tkazilgan
davlat va korporativ xaridlarining maqsadga muvofiqligi uchun jinoiy
javobgarlikka tortishgacha bo‗lgan shaxsiy javobgar bo‗lishi ko‗rsatildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori davlat va
korporativ xaridlarining ilg‗or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
loyiha boshqaruvi tamoyillaridan foydalanishga asoslangan zamonaviy shakl
hamda uslublariga bosqichma-bosqich o‗tish yo‗lidagi yana bir qadam
hisoblanadi.
Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va takomillashtirish
yuzasidan qabul qilingan mazkur Qaror bilan amaliyotga kiritilgan
43
Do'stlaringiz bilan baham: |