Nurullaboy saroyi majmuasi.
Xiva shahrida joylashgan
Nurullaboy saroyi
kompozitsiyasida o’zbek uy joy qurilishi, xovlilar tuzilishiga doir an’anaviy
hususiyati: ichkari va tashqari xovlilar tuzilishi kabi, o’zining murakkab ifodasini
topgan va murakkab me’moriy majmuaga aylangan.
Bu saroy Xivani so’ngi xonlaridan biri Muhammad Raximxon II (Feruz)
tomonidan o’z valiahdi 1871 yilda tug’ilgan Asfandiyorxonga atab 1901-1908
yillarda qurilgan. 1912 yilda Moskva arxitektori Roopning bevosita ishtiroqi bilan
Asfandiyorxonning rasmiy qabullar saroyi qurilgan. Aynan shu yili Nurullaboy
saroyining shimoli-g’arbiy burchagida 17 xonali va ayvonli imorat qo’shib quriladi,
bog’-hovli burchagida esa ho’jalik xonalari qurilgan.
Saroy Xiva xoni Feruz tomonidan qurilgan bo’lsada, uning nomi “Nurullaboy
saroyi” deb ataladi. Sababi, saroy qad ko’targan joyda, avval Nurullaboy bog’i nomi
bilan mashhur katta bog’ bo’lgan. Bu bog’ni Nurullaboy ismli boy barpo qilgan va
unda turli hildagi mevali hamda har hil manzarali daraxtlar, o’simliklar va gullar o’z
joyini topgan holda, chiroyli qilib ekilgan va bog’ o’rtasida sakkiz burchakli xovuz
joylashgan. Hovuzning janibi-g’arbida Nurullaboy turar joylari joylashgan bo’lgan.
Bu bog’ga ishqi tushgan Muhammad Rahimxon II Nurullaboydan bog’ni unga
sotishini so’raydi va shu joyda o’g’li Asfandiyorxon uchun saroy qurish niyati
borligini aytadi. Shunda Nurullaboy agar sotadigan bo’lsa, shu joyda uning nomi
saqlanib qolsagina sotishini bildiradi. Xon bunga rozi bo’ladi. Shu bilan bu joy
Nurullaboy saroy-bog’i deb atalib kelgan. Xon esa, bu bog’ni sotib olgach, birinchi
navbatda saroy qismini qura boshlaydi.
Nurullaboy saroy-bog’i katta majmuani tashkil etadi. Unda yirik binolardan
tortib, oddiy binolargacha bor. Majmuada to’qqizta katta va kichik binolar mavjud.
Bular: asosiy bino bo’lmish - saroy, qabulxona, arzxona, madrasa, hizmatkorlar va
soqchilar uchun turar joy, gulxona, xolis xovlilardan va darvozaxonadan iborat. Saroy
majmuasi tashqi dunyodan tepasi qo’ng’ira qilib ishlangan, burjli baland g’ishtin
devorlar bilan ajratilgan. U to’rtta hovlili bo’lib, ular perimetral qurilgan binolar va
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
300
ustun-to’sinli ayvonlardan tashkil topgan. SHu bilan inshootlar kompozitsion
yahlitlikga ega bo’lgan.
Nurullaboy majmuasiga tegishli turar-joy hovlisi umumiy ko’rinishi
Nurullaboy saroyi kompozitsiyasida o’zbek uy joy qurilishi, xovlilar tuzilishiga
doir an’anaviy hususiyati: ichkari va tashqari xovlilar tuzilishi kabi, o’zining
murakkab ifodasini topgan va murakkab me’moriy majmuaga aylangan.
Saroyda Xiva monumental arxitekturasi tamoyillari va ovrupo arxitekturasining
ta’siri uyg’unlashtirib qurilganligi ko’zga tashlanadi.
Saroy ichki inter’eri
Saroy qurilishda mahalliy ustalar bilan bir qatorda, rus injenerlari, Xiva yaqinida
turuvchi olomon kolonistlari ham qatnashgan. Lekin asosiy ishlar xorazmlik ustalari
tomonidan bajarilgan. Ular orasida: g’isht teruvchi Quryoz Bobojonov, ganch
o’ymakorlari: usta Nurmat, Xudoybergan Xoji, Ro’zmat Masharipov, yog’och
o’ymakorlari: Bobojon Qalandarov, Ismoil Abduniyozov, Ota Shixov va boshqalar
bor edi. Shuning uchun saroy kompleksi quruvchi ustalar mahorati, ularning
umumlashuvi natijasining Xiva me’morchiligidagi ko’zga ko’ringan mahsuloti
sifatida namoyon bo’ladi.
Nurullaboy saroy majmuasi umumiy xajmi; - 185,6 x 143m, qabulxona o’lchami
- 27,8x32,1m, arz xona - 52x71 m, saroy - 87,1x65m, saroyning tashqi devor
balandligi - 7,5m, asosiy peshtoq balandligi - 10 metr.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
301
Nurullaboy saroy majmuasi tarkibiga kiruvchi Asfandiyorxon saroyi
umumiy ko’rinishi
Nurullaboy saroy majmuasi tarkibiga kiruvchi Asfandiyorxon saroyi tarxi.
1-soqchilar uchun xona; 2- tadbirlar o’tkaziladigan xona; 3-mexmonlarni qabul
qilish xonasi; 4-kutish xonasi; 5-musiqa eshitish xonasi; 6-dam olish xonasi.
Chodra hovli.
XIX asrlarda Xiva tumanida qurilgan to’rt qavatli “Chodra hovli”
dam olish uyi hovli-saroy andozasida qurilgan bo’lib, shahar tashqarisidagi xon
avlodlarining turar joy binosi vazifasini ham bajargan. Hovli-saroy Xivadan 11 km
sharqda Yangiariq yo’li bo’ylab joylashgan. Noyob shaklga ega bino 1871 yilda
Muhammad Raximxon tomonidan yozgi qarorgoh sifatida qurilgan.
Inshoot ko’p qavatli sidirg’a turar joy binolarining yo’q bo’lib ketgan noyob
namunalaridan hisoblanadi. Tuzilishi jihatidan yodgorlik xom g’isht va paxsa
konstruktsiyasi asosida to’g’ri burchak minorasimon istehkom shaklida hovli-bog’
kompozitsiyasining namunasidir. Qariyalarning aytishicha hovli ikki yuz yil ilgari
qurilgan, ayrim manbalar inshootni XIV - asr boshlarida qurilganligi to’g’risida
dalolat beradi. Olloqulixon (1825-1842) va Muhammad Rahimxon Feruz davrida
qayta ta’mirlangan.
Balandligi 30 metrga yaqin bo’lgan bu bino tashqi ko’rinishidan minoraga ham
o’xshab ketadi. Chodra hovli maydoni 8 gektarga ega bo’lgan xonning Sayot bog’i
hududida joylashgan. Chodra hovli binosi yuqoriga dinamik ravishda torayib borishi,
hamda proportsiya jihatidan gormonik asosda qurilishi bilan Xorazmliklar uy-joy
qurilishining noyob turi sifatida qiziqarlidir.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
302
Bugungi kunda yuqoridagilardan tashqari hovli atrofida an’anaviy uslubdagi
zamonaviy choyxona va mehmonxona joylashgan.
Chodra hovlining xozirgi holatidagi ko’rinishi
Chodra xovlining arxitekturaviy-rejaviy va konstruktiv yechimlari to’g’risida
to’xtalib o’tadigan bo’lsak, hovli to’rt qavatli qilib 24 qator paxsa devor bilan
tiklangan. Uning barcha qavatlaridagi xonalari to’rt tamonga (derazalari orqali)
ochilib, har bir xona yonida ayvoncha bo’lgan. Ayvonchalarning fasadlari shimol va
sharqka qaragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |