Diqqat savol: Bir necha so'z bilan bu holatni topib bering?
Javob:
Quyoshning botish arafasi
Savol - 24
Rimning butun uzoq tarixi davomida ko‘zoynaklar bor yo‘g‘i bir martagina tayyorlangan, aniqrog‘i ko‘zoynaklar emas,
bittagina oynak – monokl. Va uni shishadan emas, zumraddan yasashgan. Mana shu zumrad orqali ikkinchi ko‘zini yopib
turgan xolda bu uzoqni yaxshi ko‘ra olmaydigan inson gladiatorlar
jangini kuzatar edi
Diqqat savol: U kim edi?
Javob: Neron
Savol - 25
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida unga shunday ta’rif beradilar: «U gul va boshqa narsalarning ustiga tushadigan,
ko‘zga ko‘rinmas shudringdir, u shunday bir bug‘ki, yuqoriga ko‘tarilib, havoda yetiladi va
kechasi quyuqlashib pastga
tushadi»
Diqqat savol: U nima?
Javob: Asal
Savol - 26
Eski davr o‘zbek topishmog‘ini tinglang! U oq dasturxonda odamlarga quvonch ulashadi?
Diqqat savol: U nima?
Javob: Oq choyshabni devorga ilib qoyib, odamlar film tomosha qilishadi. Togri javob film edi
Savol - 27
Abdulla Oripovning shunday satrlari bor:
Men ham yashayapman o‘z zamonamda,
Davrimdan qayga xam tushardim yiroq.
Va lekin
bilmadim mening qonimda
Qaysi bir bobomning hislati ko‘proq
Diqqat savol: Yuqoridagi satrlarning mazmunidan kelib chiqqan holatda aytingchi, ushbu she’r qanday nomlanadi?
Javob: Genetika
Savol - 28
www.zakovat-savollari.com - Eng sara savollar to'plamlari
© zakovat-savollari.com
Sahifa 5 / 7
Bu surat 20-asr 80-yillarida
chop etilgan bolib, nomi "Ayollar qadri" ekan. Amerikada ayollar gozalligi, qomatiga qarab qadr
toparkan, Sobiq Ittifoqda mehnatiga qarab qadr topgan ekan. Uchinchi suratdagi ayol esa aqlliligi va
qalbiga qarab belgilanishi
aytiladi. Uchinchi suratdagi ayol bironta davlat va millatga taaluqli emas
Diqqat savol: Uchinchi suratda davlati va millati ahamiyati bolmasa qanday ayol?
Javob: Ona har bir millatda bor,
Amerikadayam bor, Rossiyadayam bor. Lekin bu yerda sozni nishabi qayerga ketayotganligini
sezganinglar yoq. Qalb va aql musulmon ayoliga xos
Savol - 29
O‘rta asrlarda Angliya kamonchilari mahorat bobida tengsiz bo‘lganlar. O‘q-yoy borasida ularga teng keladigani bo‘lmagan.
O‘sha vaqtlarda Angliya qiroli
maxsus bir farmon chiqaradi, bu farmonga ko‘ra tunda o‘q-yoy yasash ta'qiqlanadi. Ushbu
farmonni buzgan ustalar qattiq jazolangan ham
Diqqat savol: Nima sababdan, ustalarga tunda o‘q-yoy yasash taqiqlangan?
Javob:
Chunki tunda, gulxan yoki chiroq yorug‘ida yasalgan o‘q-yoylarning sifati kunduz kuni yasalganlaridan pastroq bo‘lgan.
Kamonchilar qo‘shinining nufuzini saqlab qolish va ularning sifatini ta'minlash maqsadida mana shu farmon chiqarilgan
Do'stlaringiz bilan baham: