shahar-davlatlar
deyiladi. Masalan, Vatikan, Singapur, San-
Marino.
O‗zbekistonda qadimda poytaxtlar, yirik ma‘muriy va diniy markazlar,
savdo-sotiq markazlari shahar deb yuritilgan va miqdoriy ko‗rsatkichlar asos
qilib olinmagan. Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgach bir necha bor shahar maqomi
berish tartib-qoidalari qabul qilindi. 1972 yildan buyon eng kamida 7 ming
aholiga ega bo‗lgan (ungacha 12 mingdan kam bo‗lmasligi lozim edi) hamda
ular aholisining 2/3 qismi qishloq xo‗jaligi bilan bog‗liq bo‗lmagan sohalarda
band bo‗lgan aholi manzilgohi
shahar
deb yuritiladi.
Boshqaruv (ma‘muriy) nuqtai nazaridan shahar aholi manzilgohlari
respublikaga, viloyatga va tumanga bo‗ysunuvchi shaharlarga ajratiladi.
9
Respublikaga bo„ysunuvchi shaharlarga
aholi soni 500 mingdan ortiq
bo‗lgan yirik ma‘muriy, iqtisodiy, madaniy markazlar kiradi. Odatda bunday
shaharlar qatoriga poytaxt shaharlar, millioner shaharlar, muhim iqtisodiy va
harbiy strategik ahamiyatga ega bo‗lgan shaharlar kiradi, masalan, O‗zbekistonda
Toshkent shahri, Qozog‗istondagi Almati, Astana shaharlari shular jumlasidandir
.
Viloyatga bo„ysunuvchi shaharlar –
aholi soni 30 mingdan kam
bo‗lmagan, muhim sanoat ahamiyatiga ega bo‗lgan, iqtisodiy va madaniy
markazlardir. Ba‘zan, aholisi 30 mingga yetmasada, aholi soni jadal o‗sayotgan,
alohida sanoat, madaniy-siyosiy ahamiyatga ega bo‗lgan shaharlar ham ushbu
toifaga kiritiladi. Bunga Qoraqalpog‗iston Respublikasi va barcha viloyat
markazlari, ulardan tashqari, masalan, Kattaqo‗rg‗on, Chirchiq, Taxiatosh, Kogon
kabi yirik shaharlar kiradi. O‗zbekistonda hozir ularning soni 23 ta.
Tumanga bo„ysunuvchi
shaharlar jumlasiga sanoat korxonalari, uy-joy
fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari, savdo shahobchalari, umumiy
ovqatlanish va maishiy xizmat ob‘yektlariga ega bo‗lgan, aholisi 7 mingdan kam
bo‗lmagan, aholisining 2/3 qismi qishloq xo‗jaligiga tegishli bo‗lmagan sohalarda
band bo‗lgan shaharlar kiradi.
Ayrim hollarda yirik shaharlar boshqaruvi tarkibiga hududiy jihatdan ushbu
shaharga tegishli bo‗lmasada, rivojlanishi (boshqaruvi) shahar bilan bog‗liq
bo‗lgan bir yoki bir necha shahar, shaharcha yoki qishloq ham kiritiladi va u
shahar kengashi
deb ataladi. Samarqand shahri o‗z atrofidagi Xishrav,
Kimyogarlar, Farhod kabi shaharchalar bilan Samarqand shahar kengashiga,
Nurobod, Krasnogorsk shaharchalari Angren shahar kengashiga qaraydi.
Shaharchalar ham shahar aholi manzilgohlari qatoriga kiradi.
Shaharcha-
sanoat korxonalari, kommunal xo‗jalik, qurilish, temir yo‗l stansiyalari hududida
joylashgan, aholi soni 2 mingdan kam bo‗lmagan va ular oila a‘zolarining 2/3
qismi noqishloq xo‗jalik sohalarida band bo‗lgan aholi manzilgohlaridir. Ba‘zi
hollarda, alohida ahamiyatga ega bo‗lgan, sanoat korxonasi, davolanish yoki dam
olish muassasasi bo‗lgan, qulay ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlariga ega
9
Shaharsozlik kodeksi.-T., 2006.
18
bo‗lgan, aholisi 2 mingga yetmagan aholi manzilgohi ham shaharcha deb
yuritilishi mumkin.
Ko‗pgina xorijiy mamlakatlarda shahar o‗z ma‘muriy hududiy chegaralari
doirasida
yuridik shahar
deb ataladi. Ushbu doiradagi aholi mazkur shahar
aholisi hisoblanadi. Ko‗pincha, aholi shahar atrofiga kelib o‗rnashadi, ayniqsa,
qulay yo‗l bo‗ylari tez o‗zlashtiriladi. Ya‘ni, aslida, shahar o‗z chegarasidan
atrofda ham davom etadi, bunday shahar
Do'stlaringiz bilan baham: |