Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t
qilishda katta ahamiyat kasb qildi.
4. Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning munosabati Auditorlar mas’uliyati va iste’molchilar kutushlari bilan bog’liq firibgarliklarni muhokama
qilish. Firibgarlik tarqalishini e’tiborga olib, auditor faoliyati firibgarlikni aniqlash bilan
bog’liqligini hisosobga olish lozim. 2010 yil oktyabr oyida Audit sifatining markazi (CAG)
Moliyaviy firibgarlikni jilovlash va aniqlash – 2 xarakat uchun platforma nomli xujjatni nashr qildi.
CAG firibgarlik bilan bog’liq mas’ulikni tashqi auditorni jamiyatga kiritgan xissasini yaxshilash va
auditor kasbiga bo’lgan xurmatni oshirish uchun mazkur xujjatni yaratdi. Shu bilan birga CAG
fiibgarlikni oldini olish va aniqlash faqat tashqi auditorning ishi bo’lmasligini tani oldi.
Firibgarlikni odini olishda va aniqlashda auditorlik tekshiruvi xisobotini kutgan barcha tomonlar
katta rol o’ynashi lozimligi qayd qilingan.
CAG ma’ruzasida moliyaviy xisobot jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar (boshqaruv, audit
bo’yicha qo’mita, ichki audit, tashqi audit, tartiblashtiruvchi organlar) uchun moliyaviy xisobot
tayyorilashda moliyaviy riskni kamaytirish bo’yicha uchta yo’l ko’rsatilgan.
-
Mazkur shaxslar tashkilot tepasida kuchli etikaga oid tushuncha xukum surishi, bu
ma’naviyat korporativ madaniyatga shu jumladan firibgarlik riskini boshqarish samarali dasturiga
ham kirib borishi kerakligini tan olishi lozim.
-
Mazkur shaxslar moliyaviy xisobotni tayyorlash va baholashda xolisonalikni
kuchaytiruvchi kasbiy tanqidiy yondoshuvni amalga oshirishi lozim.
-
Mazkur shaxslar moliyaviy xisobotni tayyorlash jarayoniga jalb etilganlar o’rtasida kuchli
muloqat nixoyatda muhim ekanligini esda tutishi lozim.
Audit standartlari auditorlardan mohirona amalga oshirilgan firibgarliklarni aniqlashni talab
qilish mumkin emasligi to’g’risidagi tushunchani aks etardi. Shu bilan birga jamoachilik RSAOV
ko’rsatmasida belgilanganidek auditorlar quyida ko’rsatilgan ahamiyatli firibgarliklarni aniqlab,
ular to’g’risida ma’lumot berish kerakligin kutushadi.
Investorlar va jamiyatnining mustaqil auditorlik kompaniyalariga ishonchini tiklash
RSAOVning vazifasidir. Shubha yo’qqi, buxgalteriya bilan bog’liq bo’lgan majoralar va auditdagi
nomuvoffiqlar jamiitning auditga bo’lgan ishonchini ancha susaytirib yubordi. Firibgarlikni
aniqlash auditlashtirilgan moliyaviy xisobot istemolchilarining oqilona kutishini oqlashdir. Jamiyat
firibgarlik natijasida moliyaviy ma’lumot jiddiy ravishda o’zgarmaganligini kutadi va u nga ishonch
bilan qaraydi. Agar mustaqil auditor xech qanday kafolat bermasa bunday hisobot jamiiyat uchun
o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Auditorlarga iste’molchilar tomonidan yuborilgan xatning mazmuni tushunarli: auditorlar
firibgarlikni aniqlash uchun mas’liyatni o’z zimmasiga olishi va moliyaviy xisobotda ahamiyatli
firibgarlik unsurlari yo’q ekanligi to’g’risida ishonchga kafolat berishi kerak.
Auditning kasbiy standartlari firibgarlik natijasida yuzaga kelgan jiddiy noto’g’riliklarni
aniqlavchi auditni rejalashtirish va amalga oshirishni auditordan talab qiladi. Bu talabning bir qismi
sifatida auditorlar auditni aqliy xujumdan boshlashi lozim. Bu xarakat firibgarlik tashkilot
faoliyatining qaysi jihatlari bilan bog’liq ekanligi to’g’risida ma’lumot berishi mumkmin.
Auditorolar shuningdek Audit bo’yicha qo’mita va firibgarlik riskini boshqarish bo’yicha
boshqaruv bilan aloqa qilib turishi lozim. Auditor tashkilotning firibgarlikka moyilligiga munosabat
bildiruvchi auditni rejalashtirishi lozim. Quyidagi boblarda auditning turli bosqichlarida sodir
bo’lgan firibgarliklarga munosabat bildiruvchi aniq usullarga to’htalamiz.