shakar jo‘natilgan. Yuk ortilgan vagon belgilangan stansiyaga 21.12.da kelgan va yuklarni
tushirishga berilgan. Shakarni qabul qilish paytida 23.12 kuni dalolatnoma rasmiylashtirilib,
komissiya tarkibiga ombor mudiri T.Nizomov va O.Egamovlar va buxgalter N.Qosimovlar
kiritilgan. Dalolatnomada ko‘rsatilishicha mol yetkazib beruvchining hujjatiga muvofiq 25000 kg
shakar, har bir kilogrammi 120 so‘mdan umumiy so‘mmasi 3000000 so‘mni tashkil qiladi. Shakarni
tortib ko‘rilganda 150 kg shakar so‘mmasi 18000 so‘m kam kelganligi ko‘rsatilgan. Qabul qilish
dalolatnomasiga asosan 24850 kg shakar buxgalteriyada kirimga olingan. Kamomad so‘mmasi
2010 «Ishlab chiqarish xarajatlari» schotiga hisobdan chiqarilgan. Dalolatnoma hech kim
tomonidan tasdiqlanmagan. Shakarni tashish paytidagi tabiiy kamayish normasi 0,15% etib
belgilangan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring
va holatga baho bering.
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor quyidagilarni aniqladi: Hisobot davri boshiga
materiallar qoldig‘i 2000 ming so‘m bo‘lib, hisobot davrida asosiy ishlab chiqarish uchun 1000
ming so‘mlik, yordamchi ishlab chiqarishga 200 ming so‘mlik, transport vositalarining remonti
uchun 50 ming so‘mlik, boshqaruv extiyojlari uchun 10 ming so‘mlik, yotoqxonani ta’mirlash
uchun 70 ming so‘mlik material sarflangan. Ushbu muomalalarni aks ettirish uchun buxgalteriya
hisobida quyidagi yozuvlar qilingan:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» -1000 ming so‘m;
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» -200 ming so‘m;
Debet 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» -60 ming so‘m;
Debet 9410 «Sotish xarajatlari» -70 ming so‘m;
Debet 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» -180 ming so‘m;
Kredit 1000 «Materiallar» -1330 ming so‘m.
Talab qilinadi: Materiallarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq noto‘g‘ri buxgalteriya
provodkalarini aniqlang. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tomonidan ikki kamerali
sovutkich 800 ming so‘mga sotildi. Uning xarid qiymati 620 ming so‘mni tashkil qiladi. Ushbu
tovarda yashirin nuqsonlar borligi aniqlanganligi sababli xaridor bir haftadan keyin uni qaytarib
berdi, o‘z navbatida, unga o‘zi to‘lagan to‘lov so‘mmasi qaytarildi. Korxonada tovarlar hisobi
sotish narxi bo‘yicha yuritilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi operatsiyalar
quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan:
Do'stlaringiz bilan baham: