O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/362
Sana11.12.2022
Hajmi6,62 Mb.
#883579
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   362
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR AUDITI 


17-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR AUDITI 
 
REJA: 
 
1.Daromad jarayonlari auditi 
2.Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlar auditi hamda riskni baholash 
3. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari 
4.Mahsulot tannarxini hisoblashni tekshirish 
5.Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish 
6.Mahsulot sotish auditi 
7. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi 
8. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo’nalishlari 
9. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda 
(ko’rilgan zarar) larni tekshirish 
10. Davr sarflarini tekshirish 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Mahsulot sotishdan tushgan tushum, asosiy faoliyat foydasi, 
umumxo‘jalik foydasi, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad va xarajatlar, favqulodda foyda va 
zararlar, soliq to‘lagunga qadar foyda, soliq bazasi, soliq va buxgalteriya foydasi, sof foyda, 
daromadlarni tekshirish amallari, xarajatlarni tekshirish amallari, kalkulyatsiya moddalari. 
1.Daromad jarayonlari auditi 
Daromad jarayonlari auditi ushbu bobning boshida ko’rib chiqiladi, chunki ushbu asosiy 
kontseptsiyani o’rganish daromad jarayonlari auditining fundamental ahamiyatiga ega. Bundan 
tashqari, auditor ijobiy xulosa berishi uchun daromadlar GAAP standartlariga muvofiq bo’lishi 
kerak. Ishlab chiqarish daromadlari esa, odatdagi kabi mahsulot sotish yoki xizmat ko’rsatishdan 
iborat. FASB bayonotiga asosan, Moliyaviy Buxgalteriya tushunchalari 6-chi soni "moliyaviy 
jadval elementlari" daromadlarni belgilaydi: Kompaniya daromadlari yoki boshqa aktivlarning 
yaxshilanishi (yoki ikkalasining birikmasi) kompaniyaning asosiy yoki markaziy faoliyatini tashkil 
etuvchi mahsulot etkazib berish yoki ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki boshqa xizmat 
turlariga bog’liq.
Daromadlar mahsulot va xizmatlar almashinuvi qiymati bilan o’lchanadi. Umuman olganda, 
kompaniya mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlari uchun naqd pul yoki da’volarni qabul kiladi. 
Naqd pul da’volari odatda, debitor qarzdorlik sifatida ko’rib chiqiladi. FASB 5-chi Moliyaviy 
Buxgalteriya tushunchalari "savdo-sotiq bilan bog’liq tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini tashkil 
qilish va baholash" bayonotiga asosan, daromadni tan olish (yozuv) uchun u amalga oshirilishi yoki 
ishlab chiqilgan bo’lishi kerak deb talab qiladi. Daromad mahsulot yoki xizmat ko’rsatish pulga 
almashinganida, boshka aktivlarni to’lashga va’da qilinganida paydo bo’ladi. Odatda kompaniya 
tomonidan mahsulot etkazib berilganida yoki xizmat ko’rsatilib bo’linganida daromad olish 
jarayoni tugatilgan hisoblanadi. SEC in SAB №101 daromadni tan olish uchun qo’yidagi 
mezonlarni belgilaydi: 
-
Ishonarli dalillar mavjudligi 
-
Etkazib berilgan yoki xizmat ko’rsatilgan 
-
Xaridorga sotuvchining narxi belgilangan yoki aniqlangan 
-
Tahlil oqilona taqdim etilgan 
Daromadni tan olish auditorlar uchun audit xavfni tug’dirib kelmoqda va moliyaviy xisobotlar 
yaxlitligi jarayoniga ta’lluqli savollar tug’ilishi olib keldi. Aslida, firibgarlik sharoitlarida audit 
standarti firibgarlik ta’sirlar tufayli daromadni tan olish xato ekanligini faraz qilishi kerak deb 
ta’kidlaydi. (AU 316.41). 
O’g’irliklarni tekshirish bo’yicha dimlomga ega mutaxassislar Assotsiyasi ma’lumotlariga 
ko’ra, moliyaviy hisobotlarda firibgarlik sodir etishning sakkiz xil umumiy usullari mavjud. 
1. Erta daromadni tan olish; 


 
2. O’tgan hisobot davrida kitobni ochiq tutish; 
3. Soxta savdo; 
4. Qayd qilingan yozuvlarni qaytarishni ilojsizligi; 
5. Foiz bajarilishi uslubidagi firibgarlik; 
6. Tomonlar bilan bog’lik operatsiyalar; 
7. Debitor qarzdorlik va zahiralarning oshirib ko’rsatilishi; va 
8. Mas’uliyat va xarajatlarning kamchiligi.
Auditor daromadning tan olinishi bilan bog’lik firibgarlik xavfi kuzatilganida ho’shyor 
bo’lishi kerak: 
-
Tomonlar kelishuvi mijozlarni mahsulotni qabul qilishi yoki xizmat turini qabul qilishini 
rag’batlantirish maqsadida kelishuv va sotuv shartlari tartibini o’zgartirishadi. 
-
Savdo yuklash sifati marketing amaliyotida etkazib beruvchilar sotuv hajmini oshirish uchun 
ba’zan distribyutorlarni rag’batlantirish orqali ular tez sotib bo’lishi mumkin bo’lgan hajmdan ham 
ziyodroq zahirani sotib olishlariga ko’ndiradilar.
Ko’pchilik tashkilotlar uchun daromadni tan olish jarayoni qisqa muddatda sodir bo’ladi (kun, 
hafta yoki oylar), lekin ba’zi bir sohalarda, masalan qurilish, mudofaa tarmoqlarida daromadni tan 
olish vaqti ma’lum bir yillar davomida kechishi mumkin. Yuridik shaxslar daromadini tan olish 
siyosati moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. Shunday qilib, auditor yuridik shaxslar daromadini tan 
olish siyosatiga audit jarayoni daromadi sifatida qarashi kerak. 
O’quvchi uchun tushum jarayoni zahiralarni boshqarish jarayoni bilan o’zaro hamkorligi 10-2 
rasmda ko’rsatilgan. Ko’pchilik buxgalteriya tizimlari daromadlarni integratsiyalash, sotib olish, 
inson resurslari va inventerizatsiya jarayonlarini o’z ichiga oladi. 
Ushbu tekstda ishlatilgan blok-diagrammalar jarayonlarning bir-biriga bog’liqligini ko’rsatish 
uchun no’qtalar bilan ifodalangan. Aslida, IT bu diagrammalardan axborotlar oqimini hisob 
jarayonlaridan farqlash uchun ko’prok ishlatishadi.
Daromad jarayonlari bilan bog’lik mavzuni muhokama qilamiz: 
-
Moliyaviy hisobotlar hisobi va operatsiya turlari. 
-
Xujjatlar va yozuv turlari. 
-
Asosiy vazifalar. 
-
Majburiyatlarni belgilash kaliti. 
Operatsiyalarning uch turiga daromad jarayoni yordamida ishlov beriladi: 
-
Naqd pul yoki kredit uchun mahsulot sotish yoki xizmat ko’rsatish 
-
Mijozdan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmat uchun pul tushumi 
-
Buyurtmachi tomonidan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatning qaytarilishi 
Tushum jarayoni moliyaviy hisobotlarning ko’pgina hisoblariga ta’sir ko’rsatadi. 
Kelishuvning har bir turidan jabr tortganlarning eng muhim hisoblari qo’yidagilar: 

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish